Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari


A. Zidlanish sistem asiga k o ‘ra zidlanish turlari


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/90
Sana06.09.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1673631
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
Bog'liq
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari

A. Zidlanish sistem asiga k o ‘ra zidlanish turlari
Bu belgiga ko‘ra zidlanishlar bir o ‘lchovli va ko‘p o ‘lchovli, 
ajralgan va proporsional zidlanishlarga bo ‘linadi.
72
www.ziyouz.com kutubxonasi


Z id lan ish lar zidianuvchi a'zo larn i farqlash uch u n xizm at 
qiladigan belgilarnigina emas, balki har ikki zidlanayotgan a'zolar 
uchun um umiy bo'lgan belgini ham taqozo etadi. Bunday belgilar 
«qiyoslash uchun asos» bo ‘lib xizmat qiladi.
Qiyoslash uchun asos belgiga ega b o ‘lmagan ikki narsa o'zaro 
zidlanishi m um kin emas. Qiyoslash uchun asos b o ‘lgan belgiga 
k o ‘ra zidlanishlar ikki turli b o ‘ladi: 1) bir o ‘lchovli, 2) k o ‘p 
o ‘lchovli.
Bir o ‘lchovli zidlanishiar zidlanuvchi a'zolarnm g zidlanishlari 
uchun asos bo'lgan belgi faqat shu zidlanish uchungina xos bo'lib, 
zidlanish sistemasining boshqa a’zo!arida uchramaydi. Masalan, 
lotin grafik sistemasidagi E v a harflari zidlanishini olib ko'raylik. 
Bu harflarning zidlanishi bir o ‘lchovlidir. Chunki bu ikki harf 
o ‘rtasidagi o ‘xshash belgilar yig'indisi (vertikal chiziq va ikki gori- 
zontal chiziq) lotin alifbosidagi boshqa hech qaysi harfda uchra- 
maydi. Aksincha, P va R harflari zidlanishi esa k o ‘p o ‘lchovlidir. 
C hunki bu harflar o ‘rtasidagi o'xshash (qiyosga asos b o ‘lgan) 
belgilar (vertikal chiziq va uning ustiga o ‘ng tom ondan chizilgan 
yarim doira) faqat shu juftlikdagina emas, balki boshqa harflarda 
ham mavjud (masalan, B harfida).
Bir o ‘lchovli va ko‘p o ‘lchovli zidlanishlarning ajratilishi tilshu- 
noslikda juda katta ahamiyatga ega. Bunday zidlanishlar tilning 
barcha sathlarida uchraydi.
Bundan tashqari birinchi belgiga ko‘ra zidlanishlarning propor- 
sional va ajralgan turlari ham mavjud.
M a ’lum b ir zid lan ish a 'z o la ri o ‘rtasidagi m u n o sab at til 
sistemasining boshqa zidlanish a ’zolari o ‘rtasidagi munosabat bilan 
bir xil bo'lgan zidlanishlar proporsional zidlanish hisoblanadi. 
Masalan, o ‘zbek tili fonologik sistemasidagi k-g fonemalarining 
zidlanishi proporsionaldir. Chunki bu zidlanish a ’zolari o ‘rtasidagi 
munosabat, ya’ni jarangsizlik, portlovchilik belgisi asosida um u- 
miylikni hosil qilishi faqat shu juftlik uchungina emas, balki p-b, 
t-d kabi juftllklar uchun ham xosdir. M a'lum bir zidlanish a ’zolari 
o'rtasidagi qiyos uchun asos bo ‘lgan belgi til sistemasidagi zidlanish- 
larning hech qaysisida uchramaydigan zidlanish ajralgan zidlanish 
sanaladi. Masalan, b va /juftliklari o ‘rtasidagi zidlanish ajralgandir.
73
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chunki bllabiallik va labiodentallik belgilari boshqa hech bir juftlikda 
qiyos uchun asos bo'lmaydi.

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling