Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/90
Sana06.09.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1673631
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90
Bog'liq
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari

GLOSSEMATIKA
Struktur Iingvistikaning m uhim tarm og'i glossematikadir. Bu 
yo‘nalish F.de Sossyur konsepsiyasi asosida, lekin uning qarashlariga 
bir tom onlam a yondashgan holda maydonga keldi.
Glossematika yunoncha 
glossa «til» 
so‘zidan olingan bo ‘lib, 
bu y o ‘naIish tarafd o rlarin in g e ’tiro f etishiga k o ‘ra, obyektni 
o'rganishda o ‘ta subyektivizmga yo‘l qo‘ygan va shuning uchun 
noilmiy bo'lgan an ’anaviy tilshunoslikka qaram a-qarshi ravishda 
paydo bo‘ldi.
Glossematikaning asosiy tamoyillari V.Brendalning «Struktural 
lingvistika», L. Yelmslevnmg «Til nazariyasi tezislari», «Boshqaruv 
tushunchasi», «Lingvistikada struktur tahlil usuli», «Til va nutq» 
singari bir qator asarlarida bayon qilingan.
V.Brendal yuqorida ko'rsatilgan asarida struktural lingvistikaning 
paydo bo'lish sabablari haqida yozar ekan, bu yo‘nalish maydonga 
kelgunga qadar bo ‘lgan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, yosh gram- 
matikachilar qo'llagan tekshirish metodlariga baho beradi. Adabiy 
oqimlarning naturalizm va realizm davriga xos eng kichik dalillami 
aniq va sinchkovlik bilan tahlil etish tam oyilidan llhocnlangan 
qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sof pozitivistik xususiyatga ega bo ‘l- 
gani, u bevosita kuzatishga beriluvchi hodisalarni, ya’ni tovushli 
nutqni o ‘rganish bilan cheklanganligiga tanqidiy baho beradi.
Pozitivizm yosh gram m atikachilar davrida ham am al qilgani 
ta'kidlanadi.
XX asrda ko'zga ko‘ringan gnoseologlar pozitivistik nuqtayi 
nazarning kuchsiz tom onlarini ochib tashladi. Bunday konsepsiya 
hozirgi fanning ravnaqi uchun endi xizmat qilolmasligi aniq bo ‘lib 
qoldi.
77
www.ziyouz.com kutubxonasi


N atijada barcha fanlarda, shuningdek, tingvistikada ham
antipozitivistik ruh kuchaydi.1
Ana shunday sharoitda struktur tilshunoslik paydo bo ‘lganligini 
ta ’kidlaydi.
Strukturalizm nomi bilan m a’lum bo‘lgan yangi nuqtayi nazar- 
ning xarakterli belgisi, uning fikricha, butunlik tushunchasiga ta'kid 
berishdir.
Glossematikaning asosiy tamoyillari uning yirik vakili b o igan 
L.Yelmslev asarlarida yorqin o ‘z ifodasini topgan.
«Boshqaruv tushunchasi» asarida struktural lingvistika endigina 
shakllanayotgani, hozirgi kunda u amal qiladigan dastur haqida 
gapirish ham hali erta ekanligini ta ’kidlagan holda, bu tilshunos- 
likning muhim jihati tilga struktura sifatida yondashuv ekanligini 
bayon qiladi».2
Uning fikricha, struktura o ‘z ichki tartibiga asoslangan iyerar- 
xiya ekanligi va yagona tayanch nuqtaga egaligi bilan xarakterlanadi. 
Bu iyerarxiyani faqat deduktiv yo‘l bilan yoritish mumkin.
X uddi sh u n d a y iy e ra rx iy a n i o 'rg a n is h g a m o 'lja lla n g a n
deduktiv metodni esa empirik yoki immanent-semiologik metod 
deb hisoblaydi.
Empirik yoki immanent-semiologik metod belgilar funksiyasini 
lingvistik tadqiqotlarning asosiy predmeti deb hisoblaydi. Bu metod, 
L.Yelmslev t a ’biri bilan aytganda, sem iologik hodisalar bilan 
semiologik bo‘lmagan hodisalarni farqlamasdan, ularni aralashgan 
holda o ‘rganuvchi har qanday metoddan afzallikka ega. Empirik 
metod bu soddalik tamoyiliga asoslangan metoddir.
K .X ansenning fikriga k o ‘ra, m atem atikaga tilshunoslikni 
yaqfnlashtirish, ham m a joyda sistemani ko'rishga intilish, o'sha 
davr fizikasi ta ’sirida materiyaning mavjudligini rad etgan holda 
tilni aniq tadqiq etishda sof lingvistik predm et-im m anent tushun- 
chalarga tayanish L.Yelmslev qarashlarining negizidir.3
1 Ependajib 

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling