Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari
Sinxroniya va diaxroniya
F.de Sossyurning tilni belgilar sistemasi sifatida e ’tirof etishi, nutqiy faoliyatning til va nutq dixotomiyasidan iborat ekanligi, lingvistik belgida o'zgarmaslik va o ‘zgaruvchanlik dixotomiyasining mavjudligi, tilning ijtimoiyligi haqidagi g ‘oyalari, tabiiy ravishda, tilning vaqtga munosabati g‘oyasini keltirib chiqardi. Natijada uning sinxroniya va diaxroniya dixotomiyasi haqidagi ta'lim oti maydonga keldi. F .de Sossyur lingvistik b irlik lar o ‘rtasidagi zidlanishlarni chorrahaga qiyoslagan holda, til va nutq dixotomiyasini tilshunos d u ch keladigan b irin ch i c h o rra h a, sinxroniya va diaxroniya o ‘rtasidagi zidlanishni esa ikkinchi chorraha hisoblaydi. Ikkinchi chorrahadan kesishgan yo‘llarning birinchisi smxroniyaga, ikkin- chisi esa diaxroniyaga yetaklashini ta'kidlaydi.1 Uning fikricha, tilning bir necha qonunlari bo'lib, ularning barchasining negizida sinxroniya va diaxroniya yotadi. H ar qanday ijtimoiy qonunlar quyidagi ikki muhim belgiga ega bo ‘ladi: a) imperativlik; b) umumiylik. U barchaga majburiy va barcha holatlarda, muayyan m akon va zamon chegarasida amal qiladi. 1 Sossyur Fde. O'sha asar, 130-bet. 51 www.ziyouz.com kutubxonasi Ana shu nuqtayi nazardan tilga yondashilsa, sinxroniya va diaxroniya yuqoridagi talablarning faqat bittasiga javob beradi. Tilning sinxron holatidagi qoidalar ko'pincha umumiy bo'ladi, lekin hech qachon majburiy bo'lmaydi. Diaxron holatidagi qoidalar esa majburiy bo'ladi, lekin hech qachon umumiy bo'lmaydi. Lingvistik belgining o ‘zgarmaslik va o ‘zgaruvchanlik belgisi diaxroniya va sinxroniya zidlanishini talab qiladi. Til va til jam oasi o ‘rtasidagi m unosabatga zam on belgisi q o ‘shilishi bilan diaxroniya va sinxroniya amal qila boshlaydi. Zam on belgisining ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra fanlar ikkiga bo'linadi: vaqt belgisi m uhim boMmagan fanlar; vaqt belgisiga tayanuvchi fanlar. M asalan, astronomiya, geologiya singari fanlarning o ‘rganish obyektlari sanaluvchi samoviy yoritkichlar va yerning holatlari vaqt nuqtayi nazaridan turli o ‘zgarishlarga uchrasa ham , lekin bu o ‘zgarishiar yuqoridagi fanlarning hozirgi astronomiya va tarixiy astronomiya, shuningdek, hozirgi geologiya va tarixiy geologiya fanlariga bo‘linishiga olib kelmaydi. Aksincha, huquq, iqtisod singari fanlar zamon belgisiga tayanadi va shu belgi asosida yuqoridagi fanlar ikkiga bo ‘linadi:l) siyosiy iqtisod va 2) iqtisodiy tarix; 1) huquqshunoslik va 2) huquq tarixi. Fanning bu ikki yo‘nahshi obyektni o ‘rganishda ikki xil asosga tayanadi. Birinchisi obyektning muayyan bir davrdagi holatini o ‘rganishga asoslansa, ikkinchisi shu obyektning ikki davr oralig‘i- dagi o ‘zgarishini o'rganishga asoslanadi. Shuningdek, lingvistika ham o ‘rganilayotgan obyektga qaysi nuqtayi nazardan yondashishga ko ‘ra ikkiga b o ‘linadi: 1) sin- xron lingvistika va 2) diaxron lingvistika. Sinxron lingvistika lingvistik obyektlarning statik holatini o ‘rganganligi uchun F.de Sossyur tom onidan statik lingvistika nomi bilan ham ataladi. Aksincha, diaxron lingvistika obyektning dinamik, evolutsion holatini o ‘rganadi. Shuning uchun uni dinamik lingvis- tika, evolutsion lingvistika degan atam alar bilan ham nomlaydi. Lekin sinxron lingvistika diaxron lingvistika atamalarini boshqala- ridan ko ‘ra m a'qulroq ko‘radi.‘ 1 Sossyur F.de. O'sha asar, 114-bct. 52 www.ziyouz.com kutubxonasi Sossyurning fikricha, tilshunoslikda xuddi siyosiy iqtisodda boMgani kabi, qiymat tushunchasiga duch kelinadi. H ar ikki fanda turli tabiatga ega bo ‘lgan narsalar o ‘rtasidagi ekvivalentlik sistemasi haqida gap boradi: siyosiy iqtisodda m ehnatbilan ish haqi o‘rtasidagi ekvivalentlik, tilshunoslikda esa ifodalovchi bilan ifodalanmish o ‘rtasidagi ekvivalentlik haqida fikr yuritiladi. Barcha fanlarda ikki o ‘qni farqlash lozim bo'ladi: 1) bir vaqtlilik o ‘qi; 2) ketma-ketlik (turli vaqtlilik) o ‘qi. Bir vaqtlilik o ‘qini A va B nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq bilan, turli vaqtlilik o ‘qini esa S va D nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq bilan ifodalagan holda, yuqoridagi ikki o ‘qni quyidagi sxema bilan aks ettiriladi: Download 4.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling