Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari
S
A B D AB o ‘qi bir vaqtda hamkorlikda mavjud bo'lgan birliklarning o ‘zaro munosabatini ifodalaydi. Bu o ‘qda zamon ishtiroki istisno qilinadi. SD o ‘qida hirdan ortiq birlikni bir vaqtda o ‘rganib bo‘lmaydi. Unda birinchi o ‘qdagi har bir hodisa barcha o ‘zgarishlari bilan o ‘z ifodasini topadi. Qiymat tushunchasiga tayanuvchi har qanday fan uchun bu farqlanish amaliy zaruriyatga, ayrim hollarda absolut zaruriyatga aylanadi.1 Urring ta'kidlashicha, yuqoridagi fanlarda bu ikki o ‘qning mavjudligini e'tiborga olmasdan, qiymat sistemasini farqlamasdan va bu qiymatning muayyan bir vaqtdagi funksiyasiga tayanmasdan turib ilmiy tadqiqot olib borish mumkin emas. Ayniqsa, lingvist uchun bu farqlanish katta ahamiyatga ega. C hunki til sof qiym atlar sistem asidan iboratdir. Q iym at bir tom ondan real narsalar va ularning tabiiy m unosabatlari bilan bog‘langan. Masalan, iqtisodiy fanlarda yer uchastkasining qiymati uning daromadliligi bilan proporsionaldir. Bu qiymat vaqt 0 ‘tishi bilan o'zgarishi mumkin. Ana shu o'zgarish jarayonining ayni bir ' Sossyur F.de. O'sha asar, 113-bet. 53 www.ziyouz.com kutubxonasi paytida qiymat sistemada u bilan m unosabatda bo‘lgan boshqa qiymatlarga bog'liq bo'ladi. F.de Sossyur tildagi sinxroniya va diaxroniyani farqlar ekan, uni oson tushunish uchun bir qancha real narsalarga qiyoslaydi. Ana shulardan eng xarakterlisi shaxmat o'yinidir. Shaxm at o ‘yinidagi pozitsiyalar ko‘p jih atd an tilning holatiga o ‘xshaydi. D onalarning qiym ati ularning o ‘yin jaray o n in in g muayyan bir davrida taxtada tutgan holati bilan bog'liq. B undan tashqari qiym at o ‘yin boshlangunga qadar shaxm atchilar ongida mavjud b o ‘lgan va o ‘yin jarayonidagi har b ir yurishdan keyingi h o la tid a am al q ila d ig a n o ‘yin q o id a sig a h am b o g 'liq d ir. Shuningdek, tilda ham har bir elem entning qiym ati uning til sistem asidagi b o sh q a e le m e n tla r bilan zid lan ish ig a b o g ‘liq b o ‘ladi. Shu bilan birgalikda xuddi shaxm atdagi qoida tilda h am m avjud b o ‘lib, u se m io lo g iy an in g b a rq a ro r tam o y ili sanaladi. F.de Sossyur sistemaning oniyligi va nisbiyligini bir holatdan ikkinchi holatga o'zgarib borishini ta ’kidlaydi. Bir sinxron holatdan ikkinchi sinxron holatga o ‘tish uchun bitta donani surish kifoya. Barcha donalarni birdaniga surish shart emas. Xuddi shu o ‘rinda diaxronik dalilning barcha xususiyatlari bilan namoyon boMishining guvohi bo'lamiz: a) har bir shaxmat yurishi faqat bitta donani harakatga keltiradi. Shuningdek, tilda ham faqat alohida elem en tlar o ‘zgarishga uchraydi; b) har bir yurish butun bir sistcmaga ta'sir qiladi, o ‘yinchi har bir yurishning oqibatini oldindan aniq ko‘ra olmaydi. Muayyan yurishdan so‘ng barcha donalar qiymatining o ‘zgarishi o ‘yin holatiga qarab, juda katta yoki uncha sezilarsiz boMishi mumkin. Bitta yurish butun partiya taqdirini hal qilishi va u hali harakatga keltirilmagan donalarga ham ta ’sir qilishi mumkin. Xuddi shunday holat tilda ham amal qiladi; d) alohida donaning yurishi o ‘zidan oldingi va o'zidan keyin keladigan tenglik holatidan absolut farq qiladigan dalildir. Hosil boMgan o ‘zgarish yuqorida ko‘rsatllgan har ikki holatga ham dahldor boMmaydi, biz uchun faqat holatgina ahamiyatli sanaladi. 54 www.ziyouz.com kutubxonasi Faqat tilning sinxron va diaxron holati bilan shaxmat holati o ‘rtasidagi qiyosning bitta o ‘rnidagina nomuvofiqlik kuzatiladi. Shaxmat o ‘yinida shaxmat taxtasidagi m unosabatlar sistemasini o ‘zgartirib yuborish uchun oldindan o'ylangan va maqsadli yurish qilinsa, tilda esa uning «dona»lari, ya’ni birliklari stixiyali tarzda va tasodifan o ‘zgaradi. F.de Sossyurning uqtirishicha, sinxron tilshunoslik tilni sistema sifatida o ‘rgansa, diaxron lingvistikaning obyekti sistemani tashkil etmaydi. Boshqacha aytganda, sinxron lingvistika til bilan, diaxron lingvistika esa nutq bilan ish ko‘radi. Tildagi har bir o'zgarish individual bo ‘ladi va nutq dalili hisoblanadi. U tez-tez takrorlanib jam oa tom onidan qabul qilingach, til daliliga aylanadi. K o'rinadiki, F.de Sossyur tom onidan sinxroniya va diaxro- niyaning ajratilishi til va nutqning farqlanishi bilan bogianadi: Tilning sistemaliligini ham u elementlaming sinxron munosabati orqali izohlaydi. Olimning bayon qilishicha, til barcha qismlari sinxron m unosabatda b o ig a n sistemadir. F.de Sossyur tilni sinxron o ‘rganishni afzalroq ko‘radi. Uning e ’tirof etishiga ko‘ra, sinxron lingvistika diaxron lingvistikadan m uhim roq sanaladi, chunki so'zlashuvchi om m a uchun faqat tilnmg sinxron holatigina haqiqiy mavjudlik hisoblanadi. F.de Sossyur sinxroniya va diaxroniya zidlanishidan quyidagi xulosalarga keladi: 1. Sinxromyada bir kuch, diaxroniyada esa boshqa kuch amal qiladi. Bu kuchiarni ijtimoiy fanlardagi qonunlar kabi qonun deb b o ‘lm aydi. C hunki h ar qanday qon u n um u m iy va m ajburiy b o ‘lmog‘i lozim. Tilning sinxron holatidagi kuchlar, ya’ni qoidalar k o 'p in c h a u m u m iy b o ‘ladi. L ekin h ech q a c h o n m ajb u riy bo ‘lolmaydi. Diaxron holatidagi kuchlar esa ko‘pincha majburiy bo‘ladi, lekin hech qachon um umiy bo'lolmaydi. 2. Bir tilning sinxron plani o'zining o ‘tmish (diaxron) holatiga nisbatan boshqa bir tilning sinxron plani bilan yaqinroq keladi. Sossyuming bu ikkinchi xulosasi tillarning hozirgi holati va tarixiy taraqqiyotida o ‘z tasdig‘ini topmaydi. Masalan, hozirgi o ‘zbek tilining sinxron holati eski o ‘zbek tiliga nisbatan, aytaylik, hozirgi ms tili yoki hozirgi tojik tilining sinxron holatiga yaqin deb bo'lm aydi. 55 www.ziyouz.com kutubxonasi Shuningdek, tilning sistemaviylik tabiatini faqat sixroniya bilan bog'lab qo‘yish va sinxroniyani o ‘zgarmaslik tabiatiga ega ekanligini e 'tiro f etish ham uning nazariyasidagi ojiz tom onlardan biridir. Chunki dialektik nuqtayi nazaridan har bir sczgi a ’zolarimizga berilayotgan obyekt ichki o'zgarishda va rivojlanishdadir. 0 ‘rga- nilayotgan obyektning hozirgi holati undagi dinamik jarayonning muayyan bir davridagi ko‘rinishi sanaladi. Shunday ekan, har qanday sinxroniya diaxroniyaning muayyan bir davrdagi holati, uning uzviy bir qismi har qanday diaxroniya esa sinxron holatlar m unosabatidan tashkil topadi. Sinxroniya va diaxroniya o ‘rtasidagi m unosabatni ochishda yuqoridagi kabi kam chiliklarga y o ‘l q o ‘yishidan qat'iy nazar, tilshunoslik tarixida tilning bu ikki holati va ularning bir-biridan farqini ochib berishining o ‘zi katta ahamiyatga egadir. Shunday qilib, F.de Sossyur tilnm g sistema ekanligi, unrng b e lg ila r sistem asi e k an lig i, lin g v istik b elg in in g o ‘ziga xos xususiyatlari, uning o ‘zgarmaslik va o ‘zgaruvchanlik, dinamiklik va statiklik dixotomiyalari kabi masalalar yuzasidan izchil va ishonarli m a’lum otlar berdi. F.de Sossyurnmg lingvistik ta'lim oti dunyo tilshunosligiga katta ta ’sir qildi va struktur tilshunoslikning turli yo ‘nalishlarining shakllanishiga nazariy asos bo‘ldi. Xullas, Boduen de Kurtene va F.de Sossyurlar struktur tilshu- noslikka asos soldilar. Y uqorida ta ’kidlanganidek, keyinchalik struktur tilshunoslikning turli maktablari maydonga keldi. Quyida ularning asosiylari haqida fikr yuritiladi. Download 4.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling