Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/90
Sana06.09.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1673631
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90
Bog'liq
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari

(«FIpojioroMeHbi 
k
 Teopnn 
A3biKa») 
nomli asarida o ‘zining asosiy nazariy qarashlarini bayon 
qiladi. U o ‘z qarashlarini a n ’anaviy tilshunoslikning kamchiliklarini 
fosh qilishdan boshlaydi. Uning fikricha, a n ’anaviy tilshunoslik til 
tabiatini bilishdan ko‘ra til egalarining tarixgacha va tarix davrida 
bo'lgan sotsial sharoiti va xalqlar o ‘rtasidagi aloqasini bilishga 
k o 'p ro q e ’tiborni qaratdi. Bu tilshunoslik tildan tashqaridagi 
hodisalarga ko‘proq e ’tiborni qaratganligi uchun transsendentlik 
xususiyatiga ega b o id i. Transsendent atamasi o'zgaruvchan, ikkinchi 
darajali, o‘tkinchi kabi m a'nolarni bildiradi.
L.Yelmslevning ta'kidlashicha, haqiqiy ilmiy tilshunoslik imma- 
nentlik xususiyatiga ega b o iis h i kerak. U ning m a'nosi shuki, 
tilshunoslik tilnmg ichki xususiyatlarini o ‘rganish bilan shug‘ul- 
lanishi kerak.
Shuning uchun lingvistik nazariya tildan tashqaridagi hodisalar- 
ga bog‘liq bo'lm agan, tilni til qilib turgan barqaror birliklarni
EtibMcnee JI. Me-rcw 
CTpyicrypMoro 
ananma 
b
 
jiMHrBncTMKe, 
c. 52.
2 Yelmslev L. Olsha asar, 33-bet.
80
www.ziyouz.com kutubxonasi


qidirishdan iborat bo‘lishi lozim. Ana shu barqarorbirliklami ajratish 
va tavsiflash tamoyilini L.YeImslev empirik tamoyil deb hisoblaydi.
Uning fikricha, bu tam oyilda lingvistik birliklar tavsifi har 
qanday ziddiyatlardan holi, to ‘liq va juda sodda bo ‘lm og‘i lozim.
Chex tilshunosi V. Skalichka L. Yelmslevning m atnni tahlil 
etishda tadqiqotchilar oldiga q o ‘ygan uch talabni quyidagicha 
ifodalaydi: 1) ziddiyatsizlik; 2) tavsifning to'liqligi; 3) soddalik.1
L. Yelmslevning empirik tamoyilidagi bu uch talab izchillik
ketm a-ketlik xususiyatiga ega. Ziddiyatsizlik to ‘liqlikdan oldin, 
to ‘liqlik soddalikdan oldin keladi. Yuqoridagi uch talab, chex tilshu- 
nosi B.Trnkaning ta ’kidlashicha, m atem atik nazariyadan olingan.
Bundan ziddiyatsizlik talabi nazariyaning o ‘zida tekshiriladi. 
Chunki matem atikada ziddiyatli teorem alarning bo‘lishi mumkin 
emas.
T o ‘liqlik talabiga X. Uldall izoh berar ekan, agar o ‘rganilgan 
narsalarning belgilari qoldiqsiz tavsiflangunga qadar, ya’ni narsa 
b ir b u tu n h o ld a k o ‘rilayotgan tipga b irlash tirilg u n g a q ad ar 
tavsiflansa, u to ‘liqlik talabiga javob beradi.
Bu o ‘rinda tip tushunchasi ham m uhim ahamiyatga ega. Glos- 
sematiklar tip atamasi ostida bevosita kuzatishda turlicha namoyon 
b o ‘lu v c h i h o d is a la r n in g b a r c h a s i 
uchun 
x o s b o ‘lg a n q a n d a y d ir
umumiylikni tushunadilar.
Soddalik talabi Haqida fikr yuritganda, shuni ta ’kidlash kerakki, 
bu atama glossematiklar tom onidan «oddiylik» m a’nosida emas, 
balki tushunish va bajarishning yengilligi m a’nosida qo ‘l!anilgan.
X.Uldallning izohiga ko‘ra, o ‘rganilayotgan narsaning imkon 
qadar oz miqdordagi birliklardan tashkil topganligini to ‘liq ochib 
bergan tavsif soddalik belgisiga ega bo'ladi. Ana shu soddalikdan 
obyektivlik, izchillik, to'liqlik kabi ilmiy ideallar kelib chiqadi.2
L.Yelmslev pozitsiyasining tavsifi uchun eng muhim i ikkinchi 
band, ya’ni tavsifning to ‘liqligi hisoblanadi.3 V.A. Skalichkaning


Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling