Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/90
Sana06.09.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1673631
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
Bog'liq
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari

kom m utatsiya 
m unosabati orqali bogMangan.1 Buning m a’nosi 
shuki, ifoda planidagi o ‘zgarish m azm un planida ham o ‘zgarishga 
oKb keladi. Masalan, tol so‘zining ifoda planidagi oxirgi tovushni 
o ‘zgartirsak, m a’no planida ham o'zgarish ro‘y beradi: tol so‘zidan 
tosh so‘zi Hosil boMadi. 1
1 EjibMCAee Jl. 
M
o x h o
nn 
cH H T aT b . 
h t o
3 n a H e i i H e
c j i o b
o 6 p a 3 y i o T C T p y K - 
T y p y ? - H
o b o c
b
.a n n rB H C T iiK e . 
II. 
— 
M., 1962, c. 117.
84
www.ziyouz.com kutubxonasi


Agar ifoda planidagi o'zgarish mazm un planidagi o ‘zgarishga 
olib kelmasa, bu hodisa 
substitutsiya 
bisoblanadi. Masalan, kel 
so‘zining boshidagi k undoshini g undoshiga almashtirsak ham 
so'zning mazm un planida o'zgarish ro‘y bermaydi.
Komm utatsiyada ifoda plani elem enti bilan m azm un plani 
elementi sistemaning mustaqil elementi sifatida qaraladi. Ular o ‘zaro 
almashinish xususiyatiga ega bo ‘ladi. Bunday elem entlar invariant 
hisobianadi. Substitutsiya m unosabatida b o ‘lgan elem entlar bir 
invariantning variantlari sanaladi.
LYelmslevning fikricha, m atnning ko‘pgina joylarida bir xil 
qo'shm a gaplar, bir xil sodda gaplar, bir xil so‘zlar va boshqalar 
uchraydi. Boshqacha aytganda, har bir qo'shm a gaprring, har bir 
sodda gapning, har bir so‘zning ko‘pgina nam unalari uchraydi. 
Bu nam unalar variant, nam unalar mohiyati esa invariant sanaladi.
Masalan, Qachon u kelsa, men buni bajaraman gapidagi qachon 
u kelsa qismini qachon u aytsa bilan almashtirsak, ifoda plani 
elementlarining o ‘zgarishi m a’no planining o ‘zgarishiga olib keladi. 
Shuning uchun ular invariantlar sanaladi. Qachon u kelsa, Uqachon 
kelsa jumlalari variantlar hisoblanadi.
Bundan ko‘rinadiki, invariant-variantni belgilashda nutqiy 
jarayondagi real nutqiy birliklarni, y a ’ni variantlarni m uhim
belgilariga ko‘ra chegaralangan miqdordagi sodda elementlarga 
birlashtirish tamoyili m uhim ahamiyatga ega. Bunga murakkab 
elementlarni izchil ravishda parchalash natijasida erishildi. Masalan, 
ifoda plarrirri parchalash (m atn-pariodlar -gap — so‘z — bo‘g‘in — 
fonema), shuningdek, mazm un planini parchalash natijasida oxir 
oqibat bo ‘laklarga bo ‘linmas birlikni ajratishga erishiladi. M azmun 
plarridagi ana shunday eng kichik birlikrri L.Yelmslev figura atamasi 
bilan nomlaydi.
Figuralar lingvistik belgi tarkibiga kiruvchi, belgi bo ‘lmagan 
qismi sanaladi. Ular belgilar sistemasiga belgining qismi sifatida 
kiradi.
Uning fikricha, til shunday shakllanganki, bir siqim figuralar 
va uning yangi-yangi joylashuvi orqali qator belgilar hosil qilinishi 
mumkin. Figuralar L.Yelmslev tushunchasiga ko‘ra, eng kichik 
m azm u n iy birlik b o ‘lib, u la rn in g k o m b in atsiy asi belg in in g
85
www.ziyouz.com kutubxonasi


mazmuniy tomonini hosil qiladi. Masalan, y/g/7so‘zining mazmuniy 
tuzilishidan quyidagi figuralarni ajratish mumkin: «shaxs», «yosh», 
«erkak». Keyingi figuraning o ‘zgarishi esa qiz belgisini beradi.
L.Yelmslevning ta ’kidlashicha, tilshunoslikka figura tushun- 
chasining kiritilishi tilning ichki tuzilishini yoritishga qulay 
imkoniyat: yaratadi.
Llning figura haqidagi t a ’lim oti Praga lingvistik m aktabi 
vakillari: N.S. Trubetskoyning fonologik sathda farqlovchi belgilar, 
V. Skalichkaning gram m atik sathda sema (eng kichik gram m atik 
birlik) tushunchalari bilan ham ohang sanaladi va u til semantik 
tuzilishidagi eng kichik birlikni ajratish yuzasidan qilingan 
harakatning natijasidir.
L.Yelmslev substansiyani lingvistikaning o ‘rganish obyektidan 
chiqaradi va lingvistik birliklarning yagona tahlil usuli lingvistik 
birliklar o ‘rtasidagi munosabatni o ‘rganish, deb hisobiaydi.
Lingvistik birliklar o ‘rtasidagi tobe munosabatni ifodalash uchun 


Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling