— bajaruvchi-korporatsiyalarni tanlash;
— loyihani amalga oshirish chizmasini qurish;
— moliyalashtirish manbasini tanlash;
— loyiha rahbarini tanlash;
— natijalami nazorat qilish.
Texnologik tizimni tuzishga qaratilgan masalani qo‘yish
algoritmi
bu texnologik tizimning keyinchalik harakati uchun dasturiy bo‘lgan
dastlabki hujjatdir.
Texnologik jarayonda har doim ijobiy va salbiy natijalar mavjud
bo‘ladi. Ijobiy natijalarga tovar va xizmatlar sifati, foyda,
aholining
bandligi kiradi. Ehtimol qilinadigan salbiy natijalar esa — nuqsonlar,
yo‘qotishlar, ishsizlik. Ushbu salbiy natijalar texnologik tizim uchun
ijobiy ahamiyatga ega bo'lishi, ammo jamiyat uchun salbiy ta’sir etishi
mumkin. Deyarli
barcha boshqaruv qarorlari, hatto ijobiy tavsifga
egalari ham, m a’lum salbiy natijalarga ega. Aniq bir tashkilotda
samaradorlikni oshirish, masalan, ushbu tashkilot yoki turdosh sohada
ishchilar o'm ini qisqartirishga olib kelishi mumkin.
Samaradorlikni
qiyosiy baholashda rahbarlar haqiqiy samaradorlikni aniqlash uchun
salbiy natijalar bilan bog'liq to ‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni hisobga
olishlari kerak.
Samaradorlik mezoni bo‘yicha boshqarish — boshqarish jarayonini
amalga oshirishning va boshqaruv ta’sirini
shakllantirishning shunday
olib borilishiki, bunda mezonda ta’riflangan vaziyatda texnologik tizim
faoliyatida maqbul daromad olish uchun xarajatlaming maqbul siyosatini
shakllantirishdir.
Texnologik tizimni tashkil etish jarayoni menejmentning ajralmas
qismini tashkil etadi.
Bizning fikrimizcha, u quyidagilardan iborat
bo‘lishi tavsiya etiladi:
— tashkiliy tuzilmani kelishish;
— samaradorlik rejasini kelishish;
— sarmoyadorlarni qidirish;
— tizim bo‘yicha boshqaruvchini tayinlash;
— pul mablag‘larini ohsh va faoliyat yuritishni boshlash.
Do'stlaringiz bilan baham: