Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ilgor pedagogik texnologiyalarni joriy qilish


Download 21.15 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi21.15 Kb.
#1729845
Bog'liq
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ilgor pedagogik texno


OLIY VA O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMIDA ILGOR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi ikkinchi sifat bosqichi ta’lim muassasalarida о‘qitiladigan barcha о‘quv fanlarini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashni kо‘zda tutadi. Shu sababli barcha о‘quv fanlari kabi biologiyani о‘qitishda ham pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamon talabi sanaladi. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim о‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga tо‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflarning ichida eng maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
Pedagogik texnologiya – о‘qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida о‘qitish va bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qо‘llash, ularning о‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar о‘quv qо‘llanmasidir. Bu yerda, inson salohiyati deyilganda, о‘qituvchining pedagogik va о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati, texnik resurslar deganda о‘qitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda. Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya – ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida о‘qitish va bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida о‘qituvchining pedagogik va о‘quvchining о‘quv-bilish faoliyatini uyg‘un ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali о‘qitish metodlari, vositalari va shakllarini qо‘llash, ularning о‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar о‘quv qо‘llanmasidir. Pedagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud: Umumiy metodik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) darajada pedagogik texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, konseptual asoslari, о‘qituvchi va о‘quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning о‘ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi.
Xususiy metodik darajada muayyan bir о‘quv fani, kursni о‘qitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta’lim mazmunini о‘quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan о‘qitish metodlari, vositalari va shakllarining о‘quv qо‘llanmasi tushuniladi. Lokal (modul) darajada ta’lim-tarbiya jarayonining ma’lum bir qismida mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi. Pedagogik texnologiyalarning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-birini tо‘ldiradi va taqozo etadi. Hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan о‘zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga kо‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya; О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorigini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologik. Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar.
О‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnologik. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan pedagogik texnologik. Quyida shu texnologiyalarga qisqacha tо‘xtalamiz.
1. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya; Mazkur texnologiya о‘qituvchi va о‘quvchi shaxsi о‘rtasidagi munosabatlarni mukammalashtirish, о‘quvchi shaxsiga individual yondashish, ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ta’lim mazmunini insonparvarlik g‘oyalari bilan boyitishni nazarda tutadi.
2. О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiY. Mazkur texnologiya biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Bu texnologiyalar guruhi didaktik-о‘yin, rivojlantiruvchi, muammoli, modulli va kommunikativ ta’lim texnologiyalarini о‘z ichiga oladi.
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Ushbu texnologiyalar biologiyani о‘qitishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali samaradorlikni oshirishga imkon beradi. Ularga dasturli о‘qitish, differensial ta’lim, ta’limni individuallashtirish, guruhli va jamoaviy hamkorlik, uyg‘unlashtirilgan ta’lim texnologiyalari kiradi.
4. О‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnologiY. Mazkur texnologiya о‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash orqali о‘quvchilarning bilimlarni о‘zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirish, aqliy faoliyatni bosqichmabosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda tutadi.
5. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan pedagogik texnologiya. Mazkur texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanishi ta’limtarbiya jarayonining uzviyligiga asoslanadigan tarbiya texnologiyalaridan iborat.
Biologiyani о‘qitishda ushbu texnologiyalardan foydalanish о‘quvchilarni mustaqillik prinsiplari va Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish imkonini beradi. Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida lokal (modul) va xususiy metodik darajada qо‘llaniladi. Biologiya о‘qituvchisi о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal (modul) darajada qо‘llashi maqsadga muvofiq. Bunda avval yangi mavzu о‘rganilib, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma malakalarini nazorat qilish va baholashda nazorat testlari, turli о‘yin mashqlar, musobaqa, trening о‘tkazadi. О‘quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan kо‘nikma va malakalarni egallagandan sо‘ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni о‘tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qо‘llashi mumkin. Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda о‘qituvchi о‘rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning о‘ziga xos xususiyatlari, darsda о‘quvchilarning bilishi lozim bо‘lgan о‘quv topshiriqlari, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimini nazorat qilish va baholash yо‘llarini belgilashi lozim. Biz pedagogik texnologiyalarning о‘ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga kо‘ra ikki guruhga ajratdik: Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini о‘zgartirishda qо‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar. Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar.
Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini о‘zgartirishda qо‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga:
Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi; Shaxsga yо‘naltirilgan texnologiyalar;
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari;
Ta’limni differensiallashtirish va individuallashtirish;
Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga:
Didaktik о‘yin texnologiyalari;
Muammoli ta’lim texnologiyalari;
Modulli ta’lim texnologiyalari;
Hamkorlikda о‘qitish texnologiyalari;
Loyihalash texnologiyasi;
An’anaviy ta’lim texnologiyalari kiradi.
Quyida biologiya darslarida foydalaniladigan didaktik о‘yinli, muammoli, modulli ta’lim, hamkorlikda о‘qitish va loyihalash texnologiyalarning qisqacha tavsifi, ularga asoslangan darslarning о‘ziga xos xususiyatlari, dars ishlanmalari berilmoqda. Didaktik о‘yin texnologiyalari. Biologiya darslarida didaktik о‘yin texnologiyalaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishga imkon beradi Ma’lumki, о‘quvchilarning bilish faoliyati о‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik о‘yinli darslar deyiladi. Didaktik о‘yinli darslarning syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar va uyin mashklar kabi turlari bor Mazkur metodik kо‘rsatmada biologiya darslarida matbuot-konferensiyasidan foydalanish yо‘llari ishlab chiqildi. Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha о‘quvchilarning о‘quv - bilish faoliyati faol bо‘lishi bilan xarakterlanadi. О‘qituvchining matbuot konferensiyasi darsiga tayyorgarligi bir muncha murakkabroq. О‘qituvchi matbuot konferensiyasini о‘tkazishdan bir hafta avval sinf о‘quvchilarini ikki guruhga bо‘ladi. Ularning taxminan 30% parrandalar seleksiyasi sohasida ishlayotgan olimlar va parrandachilik fabrikalarining mutaxassislari, qolganlari respublikamizda nashr qilinadigan gazeta va jurnallarning muxbirlari rolini bajaradilar. Gazetalardan respublikamizda nashr qilinadigan “О‘zbekiston ovozi”, “Qishloq haqiqati”, “Xalq sо‘zi”, “Toshkent oqshomi”, “Turkiston”, “Toshkent haqiqati”, jurnallardan “Fan va turmush”, “Qishloq xо‘jaligi”, “Saodat”, “Sihat-salomatlik”ni olish mumkin. Shundan sо‘ng, har qaysi gazeta va jurnal muxbirlarining matbuot konferensiyasida beradigan savollari о‘quvchilar yordamida tuziladi. Bu savollar muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama qamrab olishi kerak. Savollar mazmuni muhokamadan о‘tgandan sо‘ng, gazeta va jurnal muxbirlari va seleksiyachi olimlar roli о‘quvchilarning xohishiga kо‘ra taqsimlanadi. О‘qituvchi parrandachilik seleksiyasi bilan shug‘ullanadigan olimlar va mutaxassislar rolini bajaradigan о‘quvchilar bilan alohida tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Ularga qо‘shimcha adabiyotlardan foydalanish va savollarga javoblar topish haqida kо‘rsatma beradi. Savollarga beriladigan javoblar qisqa, aniq, ilmiy jihatdan asoslangan, mahalliy materiallarni qamrab olgan bо‘lishi lozim. О‘qituvchi ana shu javoblarni oldin kо‘zdan kechirishi, agar ularda juz’iy kamchiliklar bо‘lsa, ularni tо‘g‘rilashi, tо‘ldirishi kerakligini о‘quvchilarga topshiradi. Muxbirlar rolini bajaradigan о‘quvchilar ham savollarga javoblar topishi olimlar va mutaxassislar bilan muloqotga kirishi uchun yetarli darajadagi bilimlarga ega bо‘lishini ta’minlanishi kerak. Mazkur darsga hamma о‘quvchilar ular qaysi rolni bajarishidan qat’iy nazar qizg‘in tayyorgarlik kо‘rishi lozim. Dars mavzusi: Parrandachilik Darsning ta’limiy maqsadi: О‘quvchilarni parranda zotlarining xilma-xilligi, parrandachilik sanoati va uning ahamiyati bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: О‘quvchilarni parranda zotlarining xilmaxilligi, parrandachilik sanoatining ahamiyati bilan tanishtirish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: О‘quvchilarni qushlarning xilma-xilligi va ahamiyati haqidagi bilimlari, darslik va qо‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish. Darsni jihozlash: Parranda zotlarining rasmlari, tulumlari.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik о‘yin texnologiyasi (matbuot konferensiyasi). Darsning borishi: Tashkiliy qism. О‘quvchilarni darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish. Matbuot konferensiyasi darsi о‘qituvchining kirish sо‘zi bilan ochiladi. U kirish sо‘zida darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan о‘quvchilarni tanishtirib, bugungi matbuot konferensiyasi qishloq xо‘jaligining muhim tarmog‘i parrandachilikka bag‘ishlanishini, konferensiyada ishtirok etayotgan seleksioner olimlar, parrandachilik sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar, gazeta va jurnallarning muxbirlari ishtirok etayotganligini qayd etadi. Matbuot konferensiyasini о‘tkazish. Matbuot konferensiyasida muxbirlar rolini bajarayotgan о‘quvchilar olimlar va mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat etishlari mumkin:
Respublikamizda parrandachilikning qanday tarmoqlari mavjud?
Respublikamizda tovuqlarning qanday zotlari boqiladi?
Respublikamizda tuxum yо‘nalishidagi qanday zotlar boqiladi? Parrandachilikning qanday ahamiyati bor?
Parrandachilik fabrikalarida parrandalar qanday oziqlantiriladi?
Tovuqlarning tuxum qо‘yishi kun uzunligiga bog‘liqmi?
Parrandachilik fabrikalarida bu muammolarni hal etish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?
Jо‘ja ochirish jarayoni qanday amalga oshadi?
Parrandachilikni rivojlantirishda nasldor parrandalar keltirib chiqarish muhim rol о‘ynaydi. Ularning jо‘jalari qayerlarda ochiladi?
Parrandachilikda tovuqlar bilan bir qatorda о‘rdaklar ham boqiladi. Ularning qanday zotlari bor?
Xonaki g‘ozlar va kurkalarning qanday zotlari boqiladi va ulardan qanday mahsulotlar olinadi?
Olimlar va mutaxassislar bu savollarga javob beradilar. Masalan, olimlar Respublikamizda tuxum yо‘nalishidagi qanday zotlar boqiladi? degan savolga quyidagicha javob berishlari mumkin: Respublikamizda tuxum yо‘nalishidagi parrandalardan rus oq tovug‘i zoti boqiladi. Bu zot Sankt Peterburg parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutlari oq legorn tovuqlariga avstralgorn zotining qonini quyish orqali chiqarilgan. Qon quyish jо‘ja ochish maqsaddida tо‘planadigan tuxumlarni yig‘ishdan 2,5 oy oldin boshlangan. Olingan duragaylarga ham bir kg massa hisobiga 2,5 ml dan avstrolgorn zoti qoni quyilgan. Bundan tashqari, har yili zotdor xо‘rozlar va tovuqlar tanlanib, saralanishi natijasida sermahsul va hayotchanligi yuqori bо‘lgan mazkur zot keltirib chiqariladi. Bu zotga mansub tovuq va xо‘rozlarning о‘rtacha vazni 3,7 kg, Bundan tashqari tovuqlari 5-6 oyda tuxumga kiradi, bitta tuxumning vazni 69 g. bо‘lib, tovuqlar yiliga 200-300 ta tuxum beradi. Tuxum-gо‘sht yо‘nalishidagi tovuq zotlariga zagorsk, pervomaysk misol bо‘ladi. Ular orlov tovug‘ini, oq viandot va rod ayland zotlari bilan qayta-qayta chatishtirish orqali chiqarilgan. Uzoq vaqt davomida, tanlash va saralash natijasida sermahsul va yuqori sifatli gо‘sht beradigan zot keltirib chiqariladi. Bu zotga mansub tovuqlar va xо‘rozlarning о‘rtacha vazni – 2,5 - 4 kg, bitta tuxumning vazni - 69 g bо‘lib, yiliga 250 tagacha tuxum beradi. Bu zotning afzalligi shundaki, bizning respublikamizda kо‘paytirish va boqish mumkin. Shu tariqa olimlar muxbirlarning savollariga asosli javob beradilar. Yangi mavzuni qayta ishlash. О‘qituvchi о‘quvchilar bilan birgalikda mavzuning asosiy mazmunini qayta ishlab chiqib, ularning umumiy xulosalar chiqarishiga yordam beradi. О‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash. Darsda faol ishtirok etgan “olimlar”, “mutaxassislar” va “muxbirlar” qayd etiladi va rag‘batlantiriladi.
Download 21.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling