Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
Areal lingvistika. Areal lotincha area "maydon", "kenglik" so`zidan
olingan. Areal lingvistika tilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, lingvistik
46 Шерматов A. Лингвистик география нима? T. 1981. hodisalarning muayyan kenglikda tarqalishini va tillararo (dialektlararo) munosabatni lingvistik geografiya metodlari asosida o`rganladi. Areal linvgistikaning asosiy vazifasi til xususiyatlarining hududiy bo`linishini tavsiflash va izogolossalarni talqin qilishdan iboratdir. Natijada dialektlar, tillar va areal jamoalar (til ittifokdari) o`rtasida o`zaro ta'sir maydonlari (areallari) aniqlanadi. 47
Areal lingvistika atamasi tilshunoslikka M.J.Bartoli va Dj.Viddassi tomonidan 1943-yilda olib kirildi. Uning asosiy tamoyillari 1925-yildayoq M.Bartoli tomonidan olg`a surilgan. Areal lingvistika lingvistik geografiya va dialektologiya bilan chambarchas bog`liqdir. Uning markaziy tushunchasi til yoki dialekt arealidir. Boshqacha aytganda, ayrim likngvistik hodisalarning tarqalish chegarasi va ularning yig`indisidir. Shuningdek, areal atamasi ayrim tillar va tillar guruhining tarqalish chegarasini ifodalash uchun ham qo`llaniladi. Masalan turkiy areal, hind-ovrupa areali va boshq. Areal lingvistikani yana bir markaziy tushunchasi izoglossadir. 48
Tilning barcha sathlari uchun bu tushuncha harakterli bo`lib, sathlararo yana konkretroq atamalar bilan farqlanadi: fonetik izoglossalar uchun izofonlar, leksik izoglossalar uchun izolekslar, semantiq taraqqiyot uchun izosemlar va boshq. Izoglossalar bog`liq va konvergent izoglossalarga bo`linadi. Bo`larning birinchisi bir genetik umumiylikka ega bo`lgan tillarda rivojlanadi va ularni tiklash uchun qiuosiy - genetik tadqiqotlar usulidan foydalaniladi. Konvertgent izoglossalar esa uzoq davrlar bir xududda yakin aloqada bo`lish natijasida areal umumiylikning vujudga kelishi asosida hosil bo`ladi. Bunday izoglossalar tipologik tahlil usullari asosida aniqlanadi. 49
Areal lingvistikaning shakllanishida dialektologik va lingvistik atlaslar katta xizmat qildi. Areal lingvistikaning paydo bo`lishi va rivojlanishida A.Meye, Bartoli, B.A.Terrachini, Dj.Bonfante, V.Pizani singari olimlarning xizmati alohida ajralib turadi. Ular ushbu yo`nalishning nazariy asoslarini, tushunchaviy apparatini belgilab berdilar. Turkiy tillarni areal nuqtai nazardan o`rganlishda N. Z. Gadjiyeva, A.B.Jo`rayev singari olimlarning xizmatlari katta. Ayniqsa A.B.Jo`rayevning o`zbek tilini areal o`rganlishning nazariy asoslarini belgilab berishdagi xizmatlarini alohida ta'kidlash lozim. 50
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling