Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
Til - belgilar sistemasi. Tilning belgilar sistemasi ekanligi uning asosiy
xususiyati va universal tomonidir. XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan faylasuflar shug`ulandilar. Faqat XIX asr oxiridan boshlab bu masala ruhshunoslarning ham diqqatini jalb qildi. Belgi haqidagi falsafiy nazariya o`zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi ellinlar narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar. Faylasuflar ta'sirida XIX asrdan boshlab tilning umumiy nazariyasiga bahishlangan deyarli barcha lingvistik asarlarda so`z ikki tomonlama harakterga ega bo`lgan belgi sifatida talqin qilina boshlandi. V. Humboldt, Shleyxer, Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, asarlarida so`zga belgi nuqtai nazaridan yondashiladi. Lekin F. de Sossyur tilning belgili tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi. 52 Hatto belgi nazariyasi bilan shugullanuvchi alohida fan - semiologiya fani mavjud bo`lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta'kidladi. Hozirgi kunda belgilar sistemasini o`rganluvchi alohida fan - semiotika fani maydonga keldi. Til ham belgilar sistemasi sifatida e'tirof etilar ekan, demak, u ham semiotikaning tarkibii qismi sifatida qaralishi va semiotikaning boshqa qismlari bilan uzviy aloqada o`rganlilishi lozim bo`ladi. 53
sistemasi, musiqa ijrolari, mimika va imo-ishoralar, yorug`lik va tovush signallari va boshqalar) muayyan umumiylikka ega. Ular quyidagilardan iborat: a) ularning hammasi ma'lum axborot tashiydi; b) ularningg hammasi sotsial hodisa, chunki ular jamiyatga xizmat qilish uchun jamiyat tomonidan yaratilgan; v) Ularning hammasi moddiylikka ega (lekin bu moddiylik turlicha ko`rinishga ega; yorug`lik to`lqini, tovush to`lqini, grafik tasvir va boshqa.);
51 Nurmonov A. Lisoniy belgi xususiyatlari haqida. Andijon, 1992. 52 Aпресян Ю.Д. Идеи и методы современной структурной лингвистики (краткий очерк). M., 1966. 53 Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –Tошкент: Шарқ, 2001. g) ularning hammasi obyektiv borliqni ifodalaydi. 54
Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi o`rtasida yuqoridagi kabi umumiy jihatlar bo`lishi bilan birga, ular o`zaro bir qator farqli tomonlarga ham ega. Ular quyidagilardan iborat: 1. Til kishilar o`rtasida eng muhim aloqa vositasi sanalib, u umuminsoniy xususiyatga ega. Barcha kishilar o`zining turli xil faoliyat doirasida lingvistik belgilar vositasida o`z fikrini bayon qiladi. Boshqa turdagi belgilar esa bu jihatdan ma'lum guruh doirasida chegaralanganligi bilan farqlanadi. 55
chegaralanmagan holda ifodalash imkoniyatiga ega. Boshqa belgilar esa chegaralangan axborotni ifodalash imkoniyatiga ega. Masalan, mo`zika insonning ichki kechinmalarini hissiyotlarini ifodalashi mumkin. Lekin u tushuncha va hukmlarni ifodalay olmaydi. 56
boshqalarga uzatish vazifasini bajarish bilan birga, so`zlovchining bu axborotga munosabatini va, ayni paytda, tinglovchiga ta'sir qilish vazifasini ham bajaradi. Bu jihatdan, boshqa belgilar sistemasi faqat axborot berish (imo-ishoralar, Morze alifbosi, yorug`lik to`lqini va boshqa) yoki tinglovchiga ta'sir qilish (mo`zika) vazifasini bajaradi. 4. Lingvistik belgilardan boshqa barcha belgilar sistemasi insonning sun'iy ijod mahsulidir. Ular ma'lum guruhning kelishuvi yo`li bilan sun'iy ravishda yaratiladi. Lingvistik belgilar esa jamiyatning u yoki bu a'zosi ixtiyoriga bog`liq bo`lmagan holda rivoj-lanadi. har bir yangi avlod shu jamiyatning tarixiy tarkib topgan va uzluksiz rivojlanishda bo`lgan tilini o`zlashtiradi va keyingi avlodga yetkazadi. 5. Lingvistik belgining yana eng muhim belgisi uning diskretligi, ketma-ket joylashuvi va erkinligidir. Lingvistik belgilar inson kommunikativ faoliyatining asosini tashkil etadi. Boshqa barcha belgilar sistemasi kommunikasiya jarayonida tovushlar yordami-da ifodalanayotgan axborotga ?ushimcha axborotni bildirish yoki "tovush nutqi"ga yordamchilik qilish vazifasini bajaradi. Kishilar o`z nutqiy faoliyatida tez-tez qo`llab turadigan mimika va turli xil imo-ishoralar ham nutqni kuzatib boruvchi qo’shimcha vositalar sanaladi. Ba'zi o`rinlarda qisman uning o`rnini bosishi mumkin. 57
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling