Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
10-ma’ruza. TILSHUNOSLIK VA MATEMATIKA REJA:
1.
Tilni o`rganishda statistik metodlardan foydalanish. a)
chastotali lug`at va uning turlari; b)
tilning fonologik tizimini o`rganlishda statistik usullardan foydalanish 2.
Nisbiylik nazariyasi va tilshunoslik
turlari, fonologik tizim, nisbiylik nazariyasi, struktur tilshunoslik, lingvistik tadqiqot metodi, matematik lingvistika, matematik apparatlar, matematik tavsif, gap tarkibi, sintaktik struktura, transformatsion grammatika, formal grammatika, invariantlik nazariyasi, sintaktik birlik, statistik metodlar, matematik mantiq, algoritm nazariyasi
1. Har qanday fan matematika bilan chambarchas bog`liq bo`lgandagina, yuksak maqsadlariga erisha oladi. Tilshunoslik ham undan mustasno emas. Shuning uchun ham XX asrning o`rtalariga kelib tilshunoslikda bir qator lingvistik tushunchalarni aniqlashtirishga bo`lgan ehtiyojni qondirish uchun matematik lingvistika nomi bilan yuritiluvchi alohida yo`nalish maydonga keldi. Muayyan matematik apparatlardan foydalaniladigan lingvistik tadqiqot usuli matematik lingvistika deb yuritiladi. Hozirgi kunda bu atama ostida ikki xil fan sohasi tushunilmoqda. Birinchisi matematikaning bo`limi bo`lgan matematik lingvistika. Uning tekshirish metodlari ko`p jihatdan matematik mantiq, ayniqsa, uning algoritm nazariyasi bo`limlari bilan ko`p jihatdan umumiylikka ega. Ikkinchisi lingvistika yo`nalishi bo`lgan matematik lingvistika matematik usullardan foydalangan holda olib boriladigan har qanday lingvistik tadqiqot metodi tilshunoslikda matematik lingvistika deb yuritiladi. 65
2. Tilni matematik yo`l bilan tasniflash F. de Sossyurning til haqidagi ta'limotiga, tilga shu til egalarining nutqiy faoliyatida vazifa bajaruvchi mexanizm sifatida qarashiga asoslanadi. Nutqiy faoliyat natijasida "to`g`ri matn" deb yuritiluvchi nutqiy birliklar kema-ketligi maydonga keladi. Bu nutqiy birliklar muayyan qonuniyatlarga bo`ysunadi va ularning ko`pchiligi matematik tavsifga beriladi. 3. Gaplarni matematik tavsiflash usullarini ishlab chiqishl va o`rganish matematik lingvistikaning asosiy vazifalaridan biridir. Bunday vazifa matematik lingvistikaning sintaktik strukturani tavsiflash usullari nazariyasi bo`limi zimmasiga tushadi. Gapning sintaktik strukturasini tavsiflash uchun ikki xil usuldan foydalaniladi: 1) gap tarkibidan uning alohida sintaktik birlik sifatida amal qiladigan ishtirokchilarini ajratish; 2) gap tarkibidagi so`zlarning tobelanish munosa-batini tavsiflash. 4. Bunday usullar Amerika struktur tilshunosligida keng qo`llanildi va birinchisi "Bevosita ishtirokchilar grammatikasi", ikkinchisi esa "Tobelilik grammatikasi" nomi bilan yuritildi. 66
Ularniig hammasi transformatsion grammatikaning turli ko`rinishlari sanaladi. Matematik lingvistikaning yana bir tarmog`i formal grammatika nazariyasidir. Bu grammatika ham mashhur Amerika tilshunosi, transformatsion grammatika asoschisi Naum Xomskiy nomi bilan bog`liqdir. Formal grammatika alohida matnlarni emas, balki bir qancha to`g`ri matnlarni na qonuniyatlarini tavsiflash usullarini o`rganladi. Bu qonuniyatlar formal grammatikaning abstrakt simvollari orqali belgilanadi. Shu asosda "Tug`drish grammatikasi" yoki "generativ lingvistika" maydonga keldi. Bo`lardan tashqari tilshunoslikda invariantlik nazariyasi ham matematika ta'sirida vujudga kelgan. Matematikada invariant atamasi orqali o`zgaruvchan sonlar ostidagi o`zgarmas, barqaror miqdor tushunchasi anglashiladi. Shuningdek tilshunoslikda keng qo`llanilayotgan statistik metodlar ham matematika fanining ta'siri natijasida maydonga kelgan.
65 Абдуазизов А. Яна алгебра, алгоритм ва -изм суффиксларининг этимологияси ҳақида//Ўзбек тили ва адабиёти. 1988, 5-сон. 66 Айимбетов М.К. Проблемы и методы квантитативного-типологического изменения близости тюркских языков (на материале каракалпаского, казахского и узбекского языков) ADD, T., 1997.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling