Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 348.87 Kb. Pdf ko'rish
|
N.O.Hojiyev-3-6 IQT IM 20. Mustaqil ishi-XX-asr boshlarida Jahon iqtisodiyotini globallashuv nazariyalarini transformatsiyalashuvi va xususiyatlari
2. Transmilliy korporatsiyalar
Xalqaro korporatsiyalarning ikki ko’rinishi farqlanadi: 1. Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – kapital bo’yicha milliy (bosh kompaniya bir mamlakatga tegishli bo’ladi) va faoliyat doirasi bo’yicha xalqaro (investitsiyalar dunyoning ko’pgina mamlakatlarida amalga oshiriladi). 2. Multimilliy korporatsiyalar (MMK) – kapital bo’yicha ham, faoliyat doirasi bo’yicha ham xalqaro bo’lgan kompaniyalar (bosh kompaniya kapitali bir necha mamlakatlar kapitaliga tegishli, investitsiyalar ham dunyo bo’ylab amalga oshiriladi). Ular faoliyati asosan ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshlab, hozirgi davrda yirik TMKlar keng tashqi iqtisodiy ekspantsiya siyosatini yuritmoqda. Masalan, jahon miqyosidagi savdo hajmining qariyb uchdan ikki qismi TMK ulushiga to`g`ri keladi, dunyodagi patentlar, litsenziya va nou-xaularning beshdan to`rt qismi ham ularga tegishli. Mutaxassislarning fikricha, 2004 yilda er yuzida 64 ming atrofida TMKlar mavjud bo`lib, ularning dunyo bo`yicha 830 mingta filiallari faoliyat olib borgan. (Taqqoslash uchun raqamlarga murojaat etsak, 1939 yilda dunyo miqyosida 30 ta TMK bo`lgan bo`lsa, 1970 yilda 7 mingtaga, 1976 yilda 11 mingtaga etgan). Dunyo miqyosida etakchi mavqega ega 100 ta eng yirik TMKlar xalqaro savdoning umumiy hajmidan 16%ni nazorat qiladi va bu TMKlarning uchdan bir qismi AQSHga to`g`ri keladi. XX asr so`ngida etakchi 100 ta TMKlarning chet ellardagi aktivlari 1,4 trln. doll. tashkil etdi. Ta`kidlash lozimki, zamonaviy TMKlarga xos bo`lgan xususiyat, bu “ikki andozalik” yondoshuvidir. Bir tomondan ular dunyo iqtisodiy makonining liberallashuvi va demokratlashuvidan manfaatdor bo`lsa, ikkinchi tomondan TMK ichida dunyoda mavjud erkin bozor qonuniyatlari ishlamaydi (bozor asosida emas, balki korporatsiya strategiyasidan kelib chiqib narxlar belgilanadi). Umuman, TMKlar faoliyati o`zlari joylashgan (ro`yxatdan o`tgan) davlat manfaatlari bilan mustahkam bog`langan bo`ladi. Yirik TMKlar ko`pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta`sir etishga intiladi. Ayrimlari esa muayyan davlatlarning iqtisodiy va siyosiy nazoratidan butunlay xalos bo`lishga va birinchi galda, qanday yo`llar bilan bo`lmasin, o`z moddiy manfaatlarini himoya qilishga harakat qiladi. TMKlar va muayyan mamlakat hukumati o`rtasida ziddiyatlar vujudga kelgan hollarda ular mazkur mamlakatni tark etishib boshqasiga borib joylashadi. TMKlar faoliyatidan tashvishga tushgan jahon hamjamiyatini tinchlantirish uchun 70-80 yillar mobaynida BMT darajasida TMKlar faoliyatini izga solish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida o`ziga xos ahloq kodeksini ishlab chiqishga urinishlar ko`p bo`lgan. Biroq, bu urinishlar TMK vakillarining qattiq zarbasiga duch keladi va 1992 yilda bu borada olib borilayotgan muzokaralar to`xtatiladi. Vaholanki, TMKlar faoliyatida ko`pgina, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida quyidagi salbiy holatlar namoyon buladi: - mamlakatning eskirgan va ekologik jihatdan xavfli texnologiyalar axlatxonasiga aylanib qolish extimoli; - mamlakat sanoat ishlab chiqarishining eng rivojlangan segmentlari va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari, istiqbolli mahalliy korxona va firmalarni egallab olinishi xavfi; - mahalliy kompaniyalarga nisbatan TMK manfaatlariga mos istiqbolli yo`nalishlarni tiqishtirilishi mumkinligi; - iqtisodiy yoki moliyaviy inqiroz yuz bergan hollarda korxonalarning yopilishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlikning kuchayishi; Bunday hollarda TMKlar sarmoyasini mamlakatdan olib chiqib ketishga harakat qiladi; Ma`lum bo`ladiki, TMKlar jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuvi, zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojiga hissa qo`shsada, milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga salbiy ta`sir etayotganidan ko`z yumib bo`lmaydi. Xulosa qilib aytganda, jahon xo`jaliklararo aloqalarida TMKlar ancha murakkab va jadal rivojlanib kelayotgan hodisadir. Urushdan keyingi g`arbiy Yevropa, YAponiya va “yangi industrial mamlakatlar”ning bosib o`tgan yo`li shuni ko`rsatadiki, TMKlar bilan raqobatga dosh berish uchun milliy kapital faol tashqi iqtisodiy siyosat olib bora oladigan baquvvat moliyaviy va sanoat tuzilmalariga birlashmog`i lozim. Bitta partiyaning uzoq davr ustunligi kuzatilgan YAponiya jamiyati ham ko‘p partiyaviy tizimga kiradi. SHuning uchun bu mamlakatdagi tizimni bir partiyaviy tizim bilan adashtirmaslik lozim. YAponiya, Suriya, Ispaniya kabi mamlakatlarda yakka etakchi Download 348.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling