Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
partiyani o‘z ichiga olgan ko‘p partiyaviylik tizimining ham foydali
Download 348.87 Kb. Pdf ko'rish
|
N.O.Hojiyev-3-6 IQT IM 20. Mustaqil ishi-XX-asr boshlarida Jahon iqtisodiyotini globallashuv nazariyalarini transformatsiyalashuvi va xususiyatlari
partiyani o‘z ichiga olgan ko‘p partiyaviylik tizimining ham foydali ekanligi tajribada sinab ko‘rildi Dunyo davlatlarining yalpi milliy mahsulotlariga muvofiq ularning ro‘yxati tuzib chiqilsa va TMK ro‘yxati bilan taqqoslansa, iqtisodiy qudratiga ko‘ra «Mitsiu» kompaniyasi 25-o‘rindagi «davlat» bo‘lar ekan, keyin esa: «Mitsubisi» (26), «Itochu» (30), «Su-mitomo» (36), «Toyota»(38) va boshqalar. Ba’zi tadqiqotchilar daromadlarning global konvergensiyasi haqida gapirishmoqdalar. Ular bu boradagi fikrlarini qashshoq davlatlarning iqtisodiyoti o‘zib ketgan holda, ya’ni yanada yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani bilan dalillaydilar. Haqiqatda esa ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlar iqtisodiyoti boy davlatlarnikidan ko‘ra ancha past sur’at bilan rivojlanayotgan paytda, tez o‘sish faqat Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlarining (“Osiyo yo‘lbarslari” deb ataluvchi) kamsonli guruhi uchun xos. Ularning globalizatsiyadan oladigan foydasi juda kam, ko‘pincha esa nolga teng. Natijada nafaqat daromadlarning konvergensiyasi va tenglashtirilishi, balki ularning qutblanishi ham mavjud. Globallashuv tufayli tez rivojlanayotgan mamlakatlar boy davlatlarga aylanadi, qashshoq mamlakatlar ulardan yanada ko‘proq ortda qoladi. Dramatik tarzda o‘sib borayotgan daromadlardagi farq qashshoq mamlakatlarda norozilik keltirib chiqaradi, bu xalqaro mojarolarga olib kelishi mumkin. So‘nggi 15 yilda aholi jon boshiga daromad 100 dan ortiq mamlakatlarda pasaygan, 60 dan ziyod mamlakatda aholi jon boshiga talab qisqargan. (Rivojlangan mamlakatlarda yashayotgan deyarli 5 mlrd. kishi orasida 3/5 qismi eng past sanitar me’yorlarga mos kelmaydigan sharoitda yashashadi, 1/3 qismi ichimlik suvidan mahrum, 1/5 qismi esa to‘yib ovqatlanmaydi). “Imtiyozlarni adolatli taqsimlash” jahon iqtisodiyotini globallashtirishning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Ammo bu muammo, afsuski, yagona emas. Boshqa bir muhim muammo milliy iqtisodiyotlarning umumsayyora darajasidagi o‘zaro bog‘liqligi tufayli yuz berish imkoniyati yuqori mintaqaviy yoki global beqarorlik bilan shartlangan. Bir mamlakatdagi iqtisodiy silkinish yoki bo‘hron mintaqaviy yoki hatto global oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin. Dunyo bo‘yicha sustlik yoki depressiya populistik chaqiriqlarni keltirib chiqarishga, globallashuvning borishida qaror topgan o‘zaro bog‘liqlik va aloqalarni uzib yuborishga qodir. Natijada iqtisodiy urushga aylanish xavfi bo‘lgan iqtisodiy mojaro va hatto harbiy-siyosiy to‘qnashuv kelib chiqishi mumkin. Ayrim mamlakatlar iqtisodiyotini nazorat qilish mustaqil hukumatlar ixtiyoridan eng kuchli davlatlar, ko‘pmillatli, global korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qo‘liga o‘tishi xavfi ham mavjud. SHu bois ba’zi siyosatshunoslar globallashuv hodisasida milliy suverenitetdan ajralish xavfini ko‘rmoqdalar. SHu sababdan globallashuv milliy davlatlar etakchilarida uning kuchi qarshisida ojizlik hissini tug‘dirishi, oddiy fuqarolarida esa uni yoqtirmaslik tuyg‘usi uyg‘otishi mumkin. Bu kabi kayfiyatlar proteksionizmga chorlovchi ksenofobiya va millatchilikni qayta tug‘dirishi, ekstrimistik siyosiy harakatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida jiddiy mojarolarning yuz berishiga kuchli sabab bo‘ladi. Ko‘pincha ish haqi yuqori bo‘lgan iqtisodiy rivoj topgan mamlakatlardagi ishsizlikni globallashuv to‘siq bo‘ladigan hodisalar qatoriga kiritishadi. Ammo, e’tirof etish lozimki, bu kabi fikrlarni ularning ko‘pchiligida ishsizlikning past me’yori va ish haqi past bo‘lgan davlatlarda ishsizlikning yuqori darajasi inkor etadi. Haqiqatda esa bandlikka hukumat siyosati va texnologik jarayon globallashuvning boshqa omilllariga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Globallashuv kengayib borishiga ba’zan uning ijtimoiy farovonchilikka xavfi to‘g‘risidagi afsonalarni bog‘lashadi. Biroq ijtimoiy farovonchilik darajasiga mutlaqo boshqa ta’sirlar — soliq siyosati, demografik tendensiyalar ancha ko‘proq ta’sir etadi. SHu bilan birga keyingi vaqtlarda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda o‘rta sinfning foiz ulushi kamayib borayotganini aniq dalil sifatida inkor etmaslik kerak. Nihoyat, globallashuvdan asosan muayyan davlatlarning tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizliklarni oqlash uchun foydalaniladi. Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimotidagi asosiy rivojlanish tendensiyalari haqida chuqur bilimga ega bo‘lmasdan turib iqtisodiy xavfsizlik muammosini tadqiqot qilish mumkin emas. Bu tendensiyalarning asosiysi iqtisodiyotning globallashuvidir. Xorijda 2-3 ming yilliklarda geosiyosiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishini tahlil qilarkan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov quyidagicha izoh beradi. ”strategik vazifalarni hal etib jahon hamjamiyatida keng integratsiyalashgan, zamonaviy demokratik davlat qurishni yaxshi tushunamiz. CHunki jahon xo‘jaligi bugunga kelib ko‘p qirrali bo‘lmoqda… XXI asr xalqaro munosablarda shak shubhasiz globallashuv asri bo‘ladi.” Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: xalqaro kapital bozorlari hamda infrastrukturaning rivojlanganligida, global telekommunikatsiya sistemasining shakllanganligida, transmilliy korporatsiyalarning yuqori sur’atda o‘sganligi, kichik va o‘rta korxonalarning ishlab chiqarishi, iqtisodiy va investitsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan integratsiyalashgan milliy korporativ strukturasining tashkil topishini keltirish mumkin. SHu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy o‘zgarishlarni Jahon xo‘jaligining transfarmatsiyasi bilan xalqaro raqobatning kuchayishi, kapitalning davlatlar va hududlar orasida erkin harakat qilishi, transmilliy kompaniyalar faoliyatini kengaytirish, xalqaro moliya – kredit munosabatlarni erkinlashtirish va iqtisodiy globallashuv bilan amalga oshadi. Boshqa tomondan globallashuv rivojlangan mamlakatlarni jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarini ham Jahon xo‘jaligi aloqalariga kirishga bir qator muammolarni ham tug‘diradi. Bu muammolar – milliy iqtisodiyotning tashqi ta’siridan himoyalanmaganligi, mamlakatlarni xorijiy bozorlarga chiqishdagi qiyinchiliklar, tashqi transport va informatsion aloqalarni rivojlanmaganligi hamda ularning xalqaro tizimlardan uzoqda joylashganligi, asosiy eksport tovarlariga Jahon narxlarining o‘zgarib turishi, globallashuv xo‘jaligi faoliyatining Markaziy Osiyoda atrof muhit va energetika holatini salbiy oqibatlarga olib kelishi bilan chambarchasi bog‘liqdir. Download 348.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling