Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Glokalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri


Download 348.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana07.01.2023
Hajmi348.87 Kb.
#1083400
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
N.O.Hojiyev-3-6 IQT IM 20. Mustaqil ishi-XX-asr boshlarida Jahon iqtisodiyotini globallashuv nazariyalarini transformatsiyalashuvi va xususiyatlari

4. Glokalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri 
Hozirgi xalqaro munosabatlar tizimining asosiy tendensiyasi uning 
baynalmilallashuvidir. Zamonaviy baynalmilallashuv nafaqat xalqaro 
aloqa 
va 
almashinuvlarning 
turli-tumanligi 
hamda 
hajmlarning 
kengayishida, faoliyatning yangi sohalariga tarqalishida aks etadi, balki 
xalqaro hamkorlikning (ittifoqlar, bitimlar, tashkilotlarning) mustaqil, 
barqaror, mavjud va davlatdan avtonom (muxtor) ravishda harakat 
qiluvchi shakllarini ham tug‘diradi. Faoliyatning maqsadi, soha va 
yo‘nalishlari shakllanmoqda, faqat xalqaro hamkorlik bo‘lgandagina ular 
amalga oshishi mumkin; iqtisodiy etakchi mamlakatlarning farovonligi va 
rivoj topishi tashqi bozor va aloqalarga bog‘liq. Baynalmilallashtirish 
vositalari, uning harakatlanuvchi kuchlari o‘zgarmoqda: hozirgi paytda u 
asosan iqtisodiy va ilmiy texnik omillar ta’siri ostida rivojlanmoqda. Ishlab 
chiqaruvchi kuchlar, iqtisodiy aloqalar, texnologiyalar, ilm va texnika 
rivojlanishi bilan baynalmilallashuv jarayonlari kuchli va ahamiyatli 
bo‘lgan joyda sohalar o‘zgarmoqda. 
Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar bo‘yicha jiddiy, barqaror 
va ishonchli ta’sir ko‘rsatish, ularni samarali boshqarish maqsadida — 
qo‘shilish zarur. Xalqaro barqarorlik yo‘naltirilgan va kutilayotgan 
o‘zgarishlarning bashorat qilingan jarayoni sifatida faqat shunday 
o‘zgarishlarning ishtirokchilari uchungina mumkin bo‘ladi. Xalqaro hayot 
va uning muhim jarayonlaridan o‘zni chetga tortish jahon iqtisodiyoti
siyosati va taraqqiyotida mamlakatning o‘rni, roli va mavqeini yo‘qotish 
evazigagina mumkin bo‘ladi. 
Nihoyat, xalqaro hayotning sifat jihatidan yangi hodisasi — alohida 
davlatlar — sub’ektlar tomonidan er shari (hududiy), dunyo iqtisodiyoti va 
siyosati miqyosida o‘z hayotiy faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlari 
hamda ehtiyojlariga ega bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Globallashuv asosiy belgi sifatida qandaydir muammo yoki faoliyatni 
darhol global (umumjahon) darajaga chiqarishni ko‘zda tutadi. SHu bilan 


birga, bunday faoliyat ishtirokchilarning tarkibiga ko‘ra, baynalmilal 
bo‘lishi shart emas, balki bitta davlat, tashkilot, firma tomonidan amalga 
oshirilishi mumkin (ular buning uchun tegishli imkoniyatlarga ega 
bo‘lishlari sharti bilan). 
Hozirgi dunyo nafaqat turli-tuman va murakkab, balki ziddiyatli 
hamdir. Unda davlatlar o‘rtasida ham, ularning ichkarisida ham qarama-
qarshiliklar o‘zaro bog‘lanib ketgan. SHunga qaramasdan, xalqaro 
munosabatlarning butun tizimi uchun ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qilgan 
uning yaxlit sifatdagi birligi hozirgi dunyoning muhim qonuniyati 
hisoblanadi. 

Download 348.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling