Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi denov tadbitkorlik va pedogogika instituti


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana14.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1196860
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma\'lumotlar

 
ABU RAYHON BERUNIY 
Jahon, xususan, sharq madaniyati, fanining eng yorqin siymolaridan biri, oʻrta 
asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 
Xorazmda 973-yilda tugʻildi, shu yerda taʼlim oldi va zamonasining eng yirik 
olimlaridan boʻlib yetishdi. 1973-yilda YUNESKO tashabbusi bilan butun jahon 
miqyosida Beruniy tavalludining 1000-yilligi keng nishonlandi. Amerikalik 
mashhur fan tarixchisi J.Sarton jahon fani rivojlanishidagi XI asrning birinchi 
yarmini Beruniy davri deb atadi. 
Beruniy Xorazmshoh Maʼmun rahnamoligida Urganchda oʻz davrining eng yirik 
ilmiy markazlaridan biri boʻlgan Maʼmun akademiyasida faoliyat koʻrsatdi. 
Keyinchalik turli sabablarga koʻra, Gʻazna shahriga ketishga majbur boʻladi. Olim 
oʻsha yerda ham yirik fan va jamoat arbobi sifatida katta obroʻ qozondi va 1048-
yilda vafot etdi. 
Abu Rayhon Beruniy oʻrta asrlarning asosiy fanlari, astronomiya, fizika, 
matematika, geodeziya, geografiya, 
geologiya, farmokognoziya, falsafa, 
xronologiya, fanlar tarixi va boshqa ilmiy sohalarga ulkan hissa qoʻshib butun 
dunyoga tanildi. 


11 
Beruniy ilmiy tabiatshunoslikka asos solgan allomalarda biri boʻlib, turli sohalarda 
fikr, xulosalar va ilmiy farazlarni olgʻa suradiki, ular bir necha asrlardan soʻng 
Yevropa ilmida oʻz isbotini topdi. Beruniy oʻz vaqtida haqiqiy tajribaga, kuzatish, 
eksperimentga asoslanuvchi aniq ilmiy tafakkurni boshlab bergan olimdir. U ilmiy 
eksperimentning ayrim muhim negizlarini asoslashga muvaffaq boʻlgan. Shunga 
koʻra, u Oʻrta asrlarda keng tarqalgan buyuk yunon mutafakkiri Arastu 
qarashlariga nafaqat tan olish va rivojlantirish balki zaif tomonlarga tanqidiy 
nuqtai nazardan yondashishga harakat qilgan. 
Olim ulkan insonparvar shaxs sifatida hamma xalqlar doʻst-inoq, ittifoq boʻlib 
yashashi uchun kurashib, insoniyatga, u yaratgan fan va madaniyatga zarar 
keltiruvchi urushlarni qattiq qoraladi. Uning Hindiston va boshqa mamlakatlarda 
olib borgan keng ilmiy-tadqiqot ishlari xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik, oʻzaro 
hamkorlik, madaniy, ilmiy munosabatni mustahkamlashga qaratilgandir. Lekin, 
uning nazarida, har bir xalq ijtimoiy va maʼnaviy rivojlanish uchun haqiqiy 
mustaqil boʻlishi kerak, shuning uchun u MAhmud Gʻaznaviy tomonidan 
Hindistonga olib borilgan yurishlarning hind madaniyatiga katta zararlarni 
keltirganligi toʻgʻrisida ochiq yozadi. 
Alloma chin vatanparvar boʻlib, uning butun fikri, zikri, faoliyati oʻz xalqi, 
Vatanining mustaqilligini, rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan edi. U bunga ham 
buyuk olim, ham yirik ijtimoiy-siyosiy arbob sifatida ulkan hissa qoʻshdi. 
Xususan, u oʻz asarlarida Xorazm xalqining qadim va boy madaniyatini, fanini 
yuksak baholadi.
Beruniydan bizga ulkan ilmiy meros, xususan, oʻz davri ilm-fanining turli 
sohalariga oid 160 dan ortiq asar bir necha tillardan tarjimalar, yozishmalar qoldi. 
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar “Geodeziya”, “Hindiston”, “Masʼud 
qonuni”, “Saydan”, “Javohir” kitobi va boshqa 
asarlari oʻrta asrlardan boshlab va ayniqsa, XIX asrda uning asarlari lotin, fransuz, 
ingliz, nemis, fors, turk tillariga tarjima etildi.
Beruniyning merosi oʻzbek xalqining maʼnaviy boyligining jahon madaniyatiga 
muhim va ajralmas qismi boʻlishiga katta hissa qoʻshdi. 


12 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling