Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet31/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

Mehnat shartnomasining mazmuni. Taraflarning mehnat huquqlari va majburiyatlari yig'indisi mehnat shartnomasining mazmunini tashkil etiladi. Mehnat shartnomasi quyidagi ikki shart asosida tuzilishi mumkin: 1) asosiy shartlar. ya'ni bularsiz mehnat shartnomasini tuzilgan deb hisoblash mumkin emas; 2) qo'shimcha (ixtiyoriy) shartlar, ya'ni bular haqida kelishish majburiy emas.
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo'yicha, shuningdek mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Asosiy shartlar mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi.
Quyidagilar mehnat shartnomasining shartlari hisoblanadi:



  • ish joyi, ya'ni xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilotning (uning tarkibiy bo'linmasi) nomi;

  • xodimning mehnat vazifasi mazmuni, lavozim yo'riqnomasi, malaka ma'lumotnomasi va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadigan muayyan mutaxassislik, malaka yoxud lavozimga oid ish (rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilarning va boshqa toifa xodimlarning yagona ta'rif-malaka ma'lumotnomasi, malaka ma'lumotnomalariga muvofiq);

  • ishning boshlanish kuni — qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi, ishning boshlanish sanasi qayd etilmagan taqdirda, xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan (smenadan) kechikmay, ishga tushishi lozim.

5-§. Mehnat haqi miqdori va boshqa shartlar
Mehnat haqi miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo'lmasligi, uning eng ko'p miqdori esa chegaralanishi mumkin emas;
Qo'shimcha shartlarga quyidagilar kiritilishi mumkin:

  • xodimga mehnat sharoitlari belgilangan holda YATMM va MMda nazarda tutilgan qo'shimcha mehnat majburiyatlarini yuklash;

  • bir necha kasbda ishlash tartibi va shartlari ko'rsatilgan holda mehnat shartnomasining mustaqil sharti sifatida bir necha kasbda (lavozimda) ishlash;

  • xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan taqdirda, sinovning aniq muddati belgilanishi (qachondan-qachongacha);

  • xodim yuqori malakasi uchun, agar bu amaldagi qonun hujjatlarida, jamoa shartnomasida (barcha darajadagi jamoa kelishuvlarida) yoki korxona, tashkilot, muassasada amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda, murak- kabroq ishlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan mehnatga haq to'lashning (tarif stavkalari, mansab maoshlari, qo'shimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa tarzdagi taqdirlash) yuqoriroq miqdorini yakka tartibda belgilash;

  • xodim uchun belgilangan ish vaqti tuzumi (to'liqsiz ish kuni, to'liqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanishi va tamom bo'lishi va boshqalar);

  • qo'shimcha haq to'lanadigan va haq toianmaydigan dam olish kunlari, ta'tillar berish;

  • ijtimoiy-maishiy tusdagi shartlar (bolalar bog'chasida o'rin ajratish, sanatoriy-kurortda davolanish uchun yo'Uanma bilan ta'minlanish, transport xizmati, markazlashtirilgan tartibda oziq-
    ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, uy-joy berish va boshqalar);

  • muddatli mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka to'lash.

Qonun hujjatlari, jamoa shartnomasi, mehnatga haq to'lash to'g'risidagi nizom va boshqa lokal tarzdagi normativ hujjatlarga nisbatan xodimning ahvolini yomonlashtiradigan mehnat shartno­masi shartlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Jumladan, mehnat shartnomasi tuzishda quyidagi shartlar belgilanishi mumkin emas:
Qonun yo'l qo'yadigan hollardan tashqari mehnat shartnomasini bekor qilishning qo'shimcha shartlarini kiritish;

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling