Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «Konchilik elektr mexanikasi»


Download 0.6 Mb.
bet1/10
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1409264
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
shaxta suv chiqarish qurilmasi





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI

«Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi




«TURG’UN MASHINALAR»FANIDAN

KURS LOYIHASI

Bajaradi:


Tekshirdi:
Baho:______________________
Muddati:___________________
Olmaliq-2021y


MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………..……2
1.Suv chiqarish qurilmalari haqida umumiy tushuncha………….........................4
1.1.Suv chiqarish qurilmalarining mo’ljali va tasnifi…………………………….7
2.Asosiy qism
2.1 Suv chiqarish qurilmasining texnologik sxemalari…………………..........8
2.2 Nasos turini tanlash………...……………………………………………….9
2.3 Qurilma suv quvurini hisoblash va ularni tanlash....................................................................................................................12
2.4 Suv chiqarish qurilmasining tashqi tarmoq xarakteristikasi………………………………………………………..................14
2.5 Elektr yuritgich turini tanlash va elektr energiya sarfi……………………………………………………………………………...19
2.6 Nasosxona va suv yig’gichning geometrik o’lchamlari…………………………………………………………...………….21
3. Suv chiqarish qurilma asosiy uskunalarini xavfsizlik va texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan joylashtirish………………………..…....................24
Xulosa………………………………………………………………..………...27
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………….…………………28

Kirish
Hozirgi kunda О‘zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan kо‘prog‘i razvedka qilingan va 400ga yaqini ishlatilmoqda. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvati kon massasi bо‘yicha 25-50 ming tonnani tashkil qiladi.Foydali qazilmalarni qazib olish va ularni xalq xо‘jaligiga jalb etish mamlakatimizda islohatlar tobora yuqori kо‘tarilishi uchun salmoqli asos bо‘ladi.
Bu konchilik korxonalariga Olmaliq kon metallurgiya kombinati, Navoiy kon metallurgiya kombinati, О‘zbekiston «Kо‘mir» ochiq aksionerlik jamiyati va kо‘plab neft va tabiiy gaz qazib chiqaruvchi korxonalar misol bо‘la oladi.
Respublikamizning indisturial rivojlanishi konchilik sanoatini о‘sishi bilan uzviy bog‘liq. О‘z navbatida, konchilik sanoatini rivoji va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning kо‘payishi, yangi shaxta va karyerlarni ishga tushirish, eskilarini ta’mirlash, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni qо‘llash, ilm-fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish bilan amalga oshiriladi. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga suyanadi.
Zamonaviy shaxta va karyerlar qudratli elektromexanik xо‘jalikga ega bо‘lib,ular tarkibiga suv chiqarish, ventilyator, pnevmatik va yuk kо‘tarish qurilmalari ham kiradi. Bu qurilmalar muayyan joyga о‘rnatilib, ishlatilishi bilan boshqa kon mashina va uskunalaridan farqlanadi. Shuning uchun ularni turg‘un (statsionar) mashina va qurilmalar deb nomlangan.
Turg‘un mashina va qurilmalar ishi ishonchli va barqaror bо‘lishi foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida bajariladigan barcha ishlarga ijobiy ta’sir qiladi va ish unumdorligini ortib borishini ta’minlaydi.
Konchilik suv chiqarish qurilmalari kon lahimlariga sizib chiqaridagn suvlarni yer sathiga chiqarib tashlash uchun qо‘llaniladi. Deyarli barcha shaxta va karyerlarda (ayrim suvsiz konlardan tashqari) suv chiqarish qurilmalari mavjud.
Shaxta va karyer maydoni joylashgan hududning gidrogeologik shariotiga kо‘ra kaon lahimlariga sizib chiqadigan suv miqdori 100 m3/s dan 2000 m3/s ni tashkil etadi. Masalan Angren kо‘mir razrezi maydoniga oxirgi 10 yil davomida oqib kelgan suv oqimining о‘rtacha miqdori 400 m3/s dan 650 m3/s ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda yer osti suvlarini yer sathiga chiqarib tashlash uchun unumdorligi 30 m3/s dan 850 m3/s gacha va zо‘riqmasi 50 m dan 1300 m gacha bо‘lgan nasoslar qо‘llanilmoqda. Ularning elektr yuritkichining quvvati 1000÷1500 kVt.dan kо‘proq bо‘lishi mumkin. Shuning uchun suv chiqarish qurilma ishi tejamli va ishonchli bо‘lishi lozim.

Suv chiqarish va ventilyator qurilmalari kon korxonasida sarflanadigan umumiy elektr energiya sarfining 50÷70% tashkil etadi. Shuning uchun bu qurilmalarning ishi imkon bor darajada kamroq elektr energiya iste’mol qiladigan bо‘lishi lozim. Bu esa konning iqtisodiy kо‘rsatkichiga ijobiy ta’sir etadi.


Konchilik sanoatida elektr energiya bilan bir qatorda siqilgan havo energiyasi ham qо‘llaniladi. Siqilgan havo energiyasi pnevmatik qurilma bilan ishlab chiqariladi va iste’molchilarga yetkazib beriladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu bilan bir qatorda o‘ning zaminida hali sanoat ishlab chiqarishiga jalb etilmagan juda katta va qimmatbaho mineral-xom ashyo resurslari mavjud.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlashicha «O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega mamlakatlar jahon xaritasida ko‘p emas. Bu boyliklarni ko‘pchiligi ham ishga solinmagan».
O‘zbekiston o‘z boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi-bu erda Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan, hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 920 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar qazib olinmoqda va ular yoniga 6-7 milliard dollarlik yangi zahiralar qo‘shilmoqda.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling