Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «Konchilik elektr mexanikasi»


Suv to‘plаgichlаr vа ulаrning hаjmi


Download 0.6 Mb.
bet10/10
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1409264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
shaxta suv chiqarish qurilmasi

Suv to‘plаgichlаr vа ulаrning hаjmi
Kоn suvlаri kоvlаb o‘tilgаn mахsus lаhim – suv to‘plаgichdа yig‘ilаdi vа u yеrdаn qurilmа оrqаli yеr sаthigа chiqаrib tаshlаnаdi.
Bоsh suv chiqаrish qurilmа suv to‘plаgichi o‘zаrо to‘siq оrqаli birlаshgаn ikki suv to‘plаnаdigаn bo‘lаk lаhimlаrdаn tаshkil tоpаdi. Ulаrdаn biri fаvqulоddаgi hоlаtlаrdа ikkinchisi esа suv chiqаrish qurilmаning nоrmаl ishlаsh dаvridа suv to‘plаnаdigаn bo‘lаklаridir.
Suv to‘plаgichning fаvqulоtdаgi hоlаtlаrdа suv to‘plаnаdigаn bo‘lаgining hаjmi: nоrmаl suv оqimi 50m /s kаm bo‘lgаn kоnlаrdа 2-sоаtlik, suv оqimi 50m /s yuqоri bo‘lgаn kоnlаrdа 4-sоаtlik vа gidrоshахtаlаrdа 8- sоаtlik nоrmаl suv оqimigа tеng qilib оlinаdi. U suv chiqаrish qurilmаning nоrmаl ishlаsh dаvridа bo‘sh hоlаtdа bo‘lishi kеrаk.
Suv chiqаrish qurilmаning nоrmаl ishlаsh dаvridа kоn suvlаri suv to‘plаgichning ikkinchi bo‘lаgi, ya’ni nаsоs unumdоrligigа mоslаshgаn bo‘lаgidа yig‘ilаdi.
m3

bu yеrdа: Qn-sоаtlik nоrmаl suv оqimi, m /s.
-sutka davomida suv to’plagichga suv yig’iladigan vaqt,soat (Bu qiymat normal suv oqimiga nisbatan olinadi)


3.SUV CHIQARISH QURILMA ASOSIY USKUNALARINI XAVFSIZLIK VA TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISH QOIDALARIGA ASOSAN JOYLASHTIRISH
Konchilik korxonalari suv chiqarish qurilmalari ko’p mqdorda elektr energiya iste’mol qiladigan qurilmalar qatoriga kiradi. Shuning uchun ularning ishini iqtisodiy samarador va shu bilan bir qatorda ishonchli tashkil qilish ularni zamon talablariga ko’ra to’g’ri loyihalash, o’rnatish va ishlatishga bog’liq.
Markazlashtirilgan, asosi yordamchi suv chiqarish qurilmalar ilm-fan texnka tehnologiyaning yutuqlari asosida ishlab chiqilgan loyiha asosida ishlab chiqiligan loyiha asosida o’rnatiladi. Ularni o’rnatish malakali mutaxasislar tomonidan bajariladi. Ular suv chiqarish qurilmaning barcha qismlari (nasos elektr yuritgich, suv so’rilish va haydalish quvurlari, o’lchov asboblari va boshqalar ) ni o’rnatish, ularni yig’ish va sozlash dastlabki ishga tushurish, korhona sharoitida sinov ishlarini bajaradilar.
Sinov natijalariga ko’ra o’rnatilgan qurilma xavfsizlik va texnik ekspluatatsiya qilish to’liq javob bera olsa u ishlatishga, ya’ni ekspluatatsiya qilishga topshiriladi.
Nasosni ishga tushurish uchunn quyidagi ishlar bajarilishi shart;
-podshimniklarda moylash moyining hajmi. Uning hajmi podshipniklarning qobig’ini 1\3 -1\2 qismga teng bolishi kerak;
-nasos rotori holatini tekshirish. bu ish rotorni qo’l kuchi bilan aylantirish usulida bajariladi. Nasos rotori elektr yuritgich bilan ulanmagan va salnik zichlamalar qo’yilmalar holatda u yengil aylanishi kerak;
-rotor suv so’rilish tomonga to’liq surilgan ya’ni rotor o’qidagi belgi podshipnik qobigini chetki qismiga mos kelgan bolishi shart;
-salniklar tarkibida antifriz bo’lgan suyuqlikda shimdirilgan zichlama bilan to’ldirilgan va ular ohirigacha zichlanmagan;
-nasos rotorining aylanish yo’nalishi to’g’ri ekanligini tekshirish. Normal sharoitda rotorning aylanish yo’nalishi, elektr yuritgich tomonidan qaralganda, soat strelkasi yo’nalishiga mos keladi.
- suv chiqarish qurilma qismlar ulangan joylarini tekshirib chizish va boshqalar. Qurilmaning barcha qismlarini sozligi tog’risida qanoat hosil qilingandan keyin u ishga tushuriladi. Nasosni ishga tushurishdan oldin quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
-nasos va suv so’rilish quvurini suv bilan to’ldirish; ularni suv bilan to’lganligi haqida ishonch nasos qobig’idagi jo’mrakdan chiqayotgan suvga qarab aniqlanadi;
-suv haydaalish qAuvuridagi bekitgich yopiladi,
-manometr va vakummetr bekitgichlari ochiladi.
So’ng nasos ishga tushuriladi. Nasos ishga tushganligi vakummetr va manimetr orqali aniqlanadi. Agar nasos ishga tushgan bo’lsa o’lchov asboblarining strelkasi ma’lum bosimni ko’rsatadi. Elektr yuritkich rotori o’zining normal tezligiga yetgach suv haydalish quviridagi bekitgich asta sekin ochilib kerakli miqdordagi unumdorlik o’rnatiladi.
Nasosni qizib ketishdan himoyalash uchun uning bekitgichi yopiq holatdagi ishlash vaqti ikki minutdan oshmasligi kerak. Suv chiqarish qurilmani normal ishlayotganligi to’g’risidagi ishonch quyidagicha aniqlanadi:

  • Yuksizlash moslama ishini nazorat qilish agar u normal ishlayotgan bo’lsa undan oqib chiqayotgan suv hajmi nasos unumdorligini 3 – 6 % ini va uning harorati 20ni tashkil qiladi.

Salniklar ishini tekshirish. Salnik zichlamalari qattiq siqilmagan bo’lishi kerak. U elektr energiya sarfini ortishiga va zichlamaning qizib ketishiga olib keladi. Normal ish holatida salnikdan 0.5 litr/minut suv chiqib turadi.
Nasos va elektr yuritgich rotorlarining haroratini nazorat qilish.
Podshipniklarning harorati 800C dan oshmasligi kerak. Suv chiqarish qurilmani ekspluatatsiya qilish ko’rsatgichlari ya’ni unumdorlik, zo’riqma, quvvat va F.I.K ni o’lchash. Bu ko’rsatkichlar konning gidrogeologik va texnologik sharoitlarga hamda qurilmalarni ishlatish talablariga mos kelishi kerak.
Suv chiqarish qurilma ishi doimiy ravishda nazorat qilib turiladi. Unda qurilma ko’rsatkichlari, podchipniklarning harorati, moylash tizimidagi moyning hajmi, yuksizlash moslamasi, salniklarning ishlashi holat datchiklari yordamida doimiy ravishda o’lchab turiladi va ular nasos ishini qayd qilish jurnaliga yozib qo’yiladi. Ta’mirlash oralig’i va ta’mirlash ishining hajmi nasosning texnik passportida ko’rsatilgan tavsiya asosida o’tkaziladi.


XULOSA
Men kurs loyihasini bajarib suv chiqarish qurilmalarini konchilik korxonalari uchun qanchalik zarurligini bildim hamda uning tuzilishi, ishlash prinsipi, konstruksiyasi va turlari to’g’risida juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim.Mening kurs loyiham bo’yicha tanlangan yer osti koni uchun suv chiqarish ishini bosqichli qilib tanladim, ya’ni suv chiqarish ishi 2 qavatda o’rnatilgan suv chiqarish qurilmalari orqali yer sathida chiqarib tashlanadi.Yer osti konning chuqurligi, unumdorligi kam bo’lganligi va konning zo’riqmasiga suv quvurining bardosh bera olmaganligi sababli 2 ta bir xil suv chiqarish qurilmasini tanladim.
Hisob-kitob ishlarida 2 ta bir xil suv chiqarish qurilmasidan foydalanganligim tufayli, 1 ta suv chiqarish qurilmasi natijalarini hisobga olib hisoblashlarni amalga oshirdim.Yer osti koni uchun suv chiqarish ishini bosqichma-bosqich tashkil qilish texnologik sxemasidan foydalandim. Konning unumdorligi va zo’riqmasiga qarab ЦНСК-60-66…330 markali nasos tanladim. ГОСТ 108x7 bo’yicha suv haydovchi quvurni va ГОСТ 133x7 bo’yicha suv so’ruvchi quvurni tanlab oldim. BAO 92-2 Украина 12-1/2 markali elektr yuritgich qabul qildim.Nasosxona o’lchamlarini hisobladim, suv to’plagichning hajmini topdim. Suv quvurlari esa konning sharoitiga mos qabul qilindi.Ushbu natijalar asosida qabul qilingan nasos, elektr yuritgich va suv quvurlari o’z vaqtida texnik ko’rikdan o’tkazilib, nazorat ostida bo’lsa hisoblangan vaqt mobaynidan ham uzoq muddat xizmat qila oladi. . Bu kurs loyihasi turg’un mashinalar fanidan olgan bilimlarimni yanada mustahkamladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Sodiqov. A. Boymirzayev B “Kon mexanikasi” Toshkent , Turon iqbol 2007
2. Тихонов Н.В., Лимитовский А.М. “Горная механика” Москва, Недра, 1987.
3. . Попов В.М. “Рудничние водоотливные установки” Москва, Недра, 1983.
4. . Гейер В.Г., Тимошенко Г.М., “Шахтные вентиляторные и водоотливные установки”. Москва, Недра, 1987.
5. Хаджиков Р.Н., Бутаков С.А. “Горная механика” Москва, Недра, 1982.
www.Google.
www.ziyo.net
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling