Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Milliy universiteti Mirzo Ulug’bek nomidagi Ijtimoiy fanlar yo’nalishi Falsafa fakulteti Taqdimot Ishi


Ellin davri maktablarining tasnifi


Download 1.31 Mb.
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1462730
1   2   3
Bog'liq
ELIN-RIM FALSAFASI

Ellin davri maktablarining tasnifi
Uning ilmiy faoliyati qadimgi dunyoning ellinistik dav­riga to‘g‘ri keldi. Epikur Afina atrofidagi Target qish­log‘ida kambag‘al oilada tug‘iladi. Uning ota­si qishloqda oddiy o‘qituvchi bo‘lgan. Epikur o‘z ota-onasiga mehribon, ukalariga sahiy, ham­ma kishilarga do‘st, shogirdlari orasida kat­ta hurmat qozongan. Shuning uchun ham, shogirdlari o‘z ustozi va uning ta’limotini bekamu ko‘st deb bilib, unga sadoqat bilan qarab, ta’limotiga qandaydir o‘zgarishlar kiritishni gunoh hisoblaganlar. U o‘n sakkiz yoshga kirganida Afinaga kelib bog‘ sotib oladi va o‘sha yerda maktab ochadi. Keyinchalik u «Epikur bog‘i» deb atala boshlagan. Epikur o‘zigacha bo‘lgan va o‘z davridagi fan yutuqlarini o‘rganib, Demokrit materializmini rivojlan­tirgan. Platon idealizmini qat’iy rad etib, Aristotel falsa­fasining ayrim qoidalarini tanqid qilgan. Epikur maktabi ellin davridagi ilg‘or falsafiy-ilmiy markazga aylangan. Epikur o‘zi tashkil qilgan maktabda shogirdlariga ma’ruzalar o‘qir, suhbatlar o‘tkazar, bahs-munozaralar tashkil qilgan
Epikur
miloddan avvalgi 341–270 yillarda yashab ijod qildi.
Asosiy asarlari: U «Kanonika», «Metafizika», «Etika», «Fizika» nomli yirik falsafiy asarlar yozgan, lekin bizgacha hamma asarlari to‘liq yetib kelmagan.
Ta’limoti:
O‘z siyosiy qarashlarida Epikur chet el zulmiga, adolatsizlikka qarshi bo‘lgan. Uning dunyoqarashi fizika, kanonika, etikasida ifodalangandir.
Epikur fizikada tabiat hodisalari ustida fikr yuritib, tabiatning asosi, ildizini Demokrit aytganidek, o‘zgarmas, kichik, bo‘linmas moddiy zarra – atom, deb hisoblagan. Atom uning qarashida bo‘shliqda doimiy harakatdadir. Bir nima hech nimadan kelib chiqmaydi, bor, mavjud xilma-xil narsalar aba­diy atomlarning turli-tuman qo‘shilishlaridan paydo bo‘la­di. Olam moddiy, u bo‘linmas va o‘zgarmas zarralardan, atomlardan tashkil topgan. Murakkab, olamdan boshqa hech nima yo‘q, bo‘l­maydi ham. Olamda bizning dunyoga o‘xshash yoki o‘xshamas dunyolar ko‘p, deydi Epikur.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling