Oliy va o’rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik
Download 0.58 Mb.
|
Oqava suvlarni biokimyoviy tozalashda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaksiya kamerasi.
- Tindirgichlar.
Reagent xo„jaligi va aralashtirgich. Reagent xo„jaligi reagentlarni tayyerlash va dozalash uchun xizmat qiladi. Reagent xo„jaligida xizmat ko„rsatishda ishchilar maxsus kiyimda bo„lishlari va ishdan son dush qabul qilishlari kerak.
Reagentni torazida tortish va dozalash maxsus protivogazlarda utkaziladi. Omborlarda 30 kunli reagent saqlanishi zarur (eng kami 7 kunli). Quruq reagentlarni saqlash yopiq va ventilyatsiyalashtirilgan xonalarda o„tkaziladi. Eritma va gazsimon reagentlarni omborlarda saqlash maxsus davlat texnik havfsizlik qoidariga bog„liq holda bajariladi. Ballon va bochkalarda xlorni saqlash maxsus yopilgan, ventilyatorlar bilan jihozlangan bo„lib boshqa binolardan kamida 300 m masofada joylashadi. Aralashtirgichlarda reagentlarni tez va tekis aralashtirilish o„tkaziladi. Nam hissalashda aralashtirish 1-2 min, quruq hissalashda esa > 3 min o„tkaziladi. Aralashtirish tezligi 0,3 – 0,6 dan 1 m/s gacha. Aralashtirgichlarni kuzatish, tozalash va joriy remontlarni bajarish reja bo„yicha ish kam bo„lgan davrlarida o„tkaziladi. Reaksiya kamerasi. Reaksiya kamerasida parchalar hosil bo„lish jarayoni o„tadi. R.k. ishlatishda suv harakati kamerani bosh qismida 0,2 – 0,3 m/s dan 0,05 - 0,1 m/s gacha saqlanishi zarur. Suv harorati pasayishi koagulyatsiya jarayonini to„g„ri o„tkazilishiga ta‟sir qiladi. Parchalar hosil bo„lish shartlari – suv yumshoq bo„lganda pH = 5 – 6, qattiq va loyiqali suvlar uchun pH = 6,5 – 7,5. Dastlabki suvni xlorlash koagulyant mikdorini 20 – 50 % ga kamaytiradi. Reaksiya kamerasi va aralashtirgichlar kamida yil davomida 1 marta tozalanadi va 5 % temir kuporosi bilan yuviladi. Sungra 25 % xlor eritmasi bilan dizenfeksiyalanadi. Tindirgichlar. Vertikal va gorizontal tindirgichlarni ishlatishda cho„kindini to„planishi ustida nazorat qilib turish va kamida uch oyda bir marta suvni tindirgichda teng tarqatilishini hamda tarnovlar va lotoklar holatini tekshirib turish zarur. Yig„ilgan loyqalarni tindirgichdan chiqarish kamida yiliga bir marta, odatda ko„p suvli davri oldida amalga oshiriladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling