Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 1.17 Mb.
bet60/66
Sana09.01.2022
Hajmi1.17 Mb.
#264738
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
Bog'liq
integrasiya2020 ad03ba8ea4bf8544e616340ae4553036

Darsning borishi:


1. Tashkiliy qism: Bolalarni darsga tayyorgarligini tekshirish va ularni darsga hozirlash.

2. Uy vazifani tekshirish. Yangi mavzuga hozirlik ko’rish.

3. O’tilgan mavzuni takrorlash.

Bugun biz siz bilan sodik do’stlarimiz ya’ni svetofor bilan uchrashamiz. Siz svetoforning chiroqlar rangiga qarab ko’chani kesib o’tish qonun - qoidalarini eslab qoldingizmi ? Hozir sizni sinab ko’ramiz.

- Kimlarni piyoda deb ataymiz ?

- Piyodalar qanday yo’l harakati qoidalarini bilishlari shart ?

- Ko’chani qaysi qismidan kesib o’tish mumkin ?



Bolalar bu she’rni eshiting va mazmunini aytib bering:

Yur yo’lchiroq bor joydan,

Kesib o’tma har joydan.

Yo’l berk bo’lsa biroz kut,

Shu o’gitga quloq tut.

4. Svetofor maketi bilan ishlash

- Svetaforning necha tomoni bor ?

- Har bir tomonida nima tasvirlanadi ?

- Nechta ranglari bor va ular qanday ?

5. Kitob bilan ishlash.



6. O’quvchilarni svetofor qo’yilgan chorraxaga olib chikish. Hozir piyodalar uchun svetoforning bir tomonida transport uchun qizil chiroq yonadi. Piyodalar ko’chani kesib o’tadilar. Mashinalar to’xtaydi. Endi svetoforning hamma tarafidan sariq rang yonadi. Sariq rang hozir signal almashinishidan dalolat beradi. Endi esa aksincha, yashil chiroq mashinalar uchun, qizil chiroq piyodalar uchun yonadi. Endi piyodalar to’xtaydi. Svetofor aniq ishlaydi. Hamma svetoforga bo’ysunadi, shuning uchun ko’chada intizom bo’ladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling