Yangi mavzuni mustaxkamlash.
I. Bolalar ijrosida « U bog’chada olicha-yu, bu bog’chada olicha » qo’shigi ijro
etiladi. Bolalarga savol beriladi. Olcha qayerda o’sadi? Mevali
daraxtlar qayerda bo’ladi? Xat taxtasida savolning javobi «Bog’» so’zi
yoziladi.
II. Qizlar ijrosida «Gulim» raqsi namoyish etildi.
-Gul qayerda o’sadi? Xat taxtasida javob «Gulzor» so’zi yoziladi.
III. Bir o’quvchi « Lavlagi » she’rini aytib beradi.
-Lavlagi nima? ( sabzavot )U qayerda o’sadi? ( Dalada )
Doskaning III –qismida «dala» so’zi yoziladi.
Har bir qatorda navbatma – navbat o’quvchi chiqib gul, sabzavot, mevani rasmlar orasidan terib kelish vazifasi beriladi. Ishni birinchi bajargan o’quvchi g’olib hisoblanadi.
So’ng « Jim » o’yini o’ynaladi. Doskada har bir qator o’z qatorda berilgan bog’, dala, gulzor o’simliklarning nomini xat taxtasida tagma-tag aytib yozishadi. Eng ko’p so’z topgan qator g’olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |