modda. Obhektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurishga, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga hamda ishga tushirishga doir talablar
Yuridik va jismoniy shaxslar obhektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda ishga tushirish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishi shart.
modda. hududlarni, inshootlarni, binolarni saklashga, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga doir talablar
Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning, inshootlarning, davolash- profilaktika, tahlim, madaniyat, sport muassasalari hamda boshqa muassasalar binolarining saklanishini, shuningdek uskunalardan, transport vositalaridan foydalanilishini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq tahminlashi shart.
modda. Kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saklash, qo’llash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda kumib tashlash paytidagi talablar
Yuridik va jismoniy shaxslar kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saklash, qo’llash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda kumib tashlash paytida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini tahminlash maksadida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishi shart.
Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini O’zbekiston Respublikasiga olib kirishga va ishlab chikarishga fakat toksikologiya- gigiena jihatidan baholangandan keyingina O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yul kuyiladi.
modda. Radioaktiv moddalar va boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash paytidagi talablar
Yuridik va jismoniy shaxslar radioaktiv moddalarni hamda boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini kazib olish, ishlab chikarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saklash, ularga xizmat kursatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va kumib tashlash paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga rioya etishi shart.
modda. Turar joylarga kuchib kirishga va ulardan foydalanishga doir talablar
Davlat tashkilotlari va boshqa mulkdorlar tomonidan berilayotgan turar joylar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofik bo’lishi kerak.
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga javob bermaydigan turar joylarda Fuqarolarning yashashiga yul kuyilmaydi.
Yashovchilar hovli, uy atrofi hududlarini saklash va turar joylardan foydalanishning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiklangan qoidalarini bajarishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |