Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Mavzu: Gigiena sohasidagi asosiy qonuniy hujjatlar bilan tanishish. O’zR ning Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonuni


Download 3.23 Mb.
bet42/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

Mavzu: Gigiena sohasidagi asosiy qonuniy hujjatlar bilan tanishish. O’zR ning Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonuni

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'grisidagi qonun


Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 15 iyuldaqa’bo’l qilingan

  1. bob. Umumiy qoidalar

  1. modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

  1. modda. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonun hujjatlari

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalkaro shartnomasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalkaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

  1. modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi

  • aholi sog’lig’ining holati bo’lib, bunda insonga yashash muhiti omillarining zararli ta’siri mavjud bo’lmaydi va uning hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar tahminlanadi;

davlat sanitariya nazorati

  • axolining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga doir faoliyat;

insonning yashash muxiti

  • insonning hayot faoliyati shart-sharoitlarini belgilaydigan ob’ektlar, hodisalar va atrof-muhit omillari majmui;

sanitariya-gigiena tadbirlari va epidemiyaga karshi tadbirlar

  • yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo’lishining hamda tarqalishining oldini olishga va ularni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, ma'muriy, muҳandislik-texnik, tibbiy-sanitariya chora- tadbirlari hamda boshqa chora-tadbirlar;


Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling