1. Modulning mazmuni
Modulni o‘qitishdan maqsad - inson organizmiga ta’sir etuvchi atrof muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, o‘qish, mehnat qilish, davolanish sharoitlariga, ovqatlanish tartibiga, suv ta’minotiga doir gigienik masalalarini ishlab chiqadi. Bo‘lajak vrach gigienist, epidemiolog dastlabki gigienaga doir bilimlariga asoslangan holda aholi o‘rtasida sanitar bilimdonlikni oshirish bo‘yicha hal qilinadigan tadbirlarni bajarishga, atrof muhit omillarini inobatga olib aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga doir tushunchalarni shakllantirishga yo‘naltiradi, kasalliklarni oldini olishda profilaktika tadbirlarni tashkillashtirishi uchun mutaxassislik (ovqatlanish gigienasi, bolalar va o‘smirlar gigienasi, epidemiologiya, mehnat gigienasi, harbiy gigiena, radiatsion gigiena va kommunal gigiena, mikrobiologiya) fanlariga zamin yaratadi.
Modul talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Modulning vazifasi- talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi:
-fan va gigienaning asoslari bilan tanishtirish;
-gigienaning har bir bo‘limini asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish;
-eng dolzarb gigienik va ekologik muammolar bilan tanishtirish;
-gigienik tekshirish usullari bilan tanishtirish asoslari.
Odam organizmi va atrof muhit bilan o‘zaro ta’sirlanish asoslari, gigienik me’yorlashtirish va reglamentlashtirishning asoslari bilan tanishtirish, inson organizmiga atrof muhit omillari salbiy ta’sirini kamaytirishga yo‘naltirilgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish asoslari bilan tanishtirishdan iborat.
Tibbiy-biologik, ishlab chiqarish omillari va ekologik omillarning zararli ta’sirini bartaraf qilish maqsadida zaruriy gigienik me’yorlar, qoidalarni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilish;
-talabaning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan standartga mos amaliy ko‘nikmalarni assistent-talaba, talaba-fantom uslubida avtomatizm darajasiga etkazish. Kasbga bog‘liq nogironlikni oldini olish va kamaytirish hamda ishlab chiqarishdagi zararli omillarni ta’sirini kamaytirish bo‘yicha sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ko‘nikmalarini amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |