"BOSH MIYAGA HUJUM" USULIDAN FOYDALANISH TARTIBI
Usuldan talabalarning dastlabki bilim darajalarini baholash uchun qo’llanishi mumkin.
Guruh talabalarini kichik guruhlarga (KG) 2-3 tadan qilib bo’linadi. Kichik guruhlarga o'tiladigan mavzu bo’yicha qo’yilgan muammoli masalaga o’zlarining javob variantlarini berishlari talab etiladi (savol variantlari quyida keltiriladi). Berilgan savolga harbir KG talabalari o’zlari tayyorlagan javob variantlarini taklif qiladilar. Buning uchun o’qituvchi bir varaq qog’ozga yoki doskaga savolni oldindan yozib qo’yishi kerak. So’ngra kichik guruh talabalari tomonidan tayyorlangan javoblarni muhokama qilishga kirishiladi. Mashg’ulotni olib borishda o’qituvchining tutgan o’rni juda yuqori, ammo muhokamada hamma talabalar faol ishtirok etishlari talab etiladi. KG tomonidan tayyorlangan eng optimal javob varianti tanlanib olinadi va ularga eng yuqori ball qo’yiladi, qolgan KG-lar esa javoblariga ko’ra pastroq ballga ega bo’ladilar.
"BOSH MIYAGA HUJUM" USULI quyidagi mavzularda qo’llanadi:
Mavzu: Gigiena sohasidagi asosiy qonuniy hujjatlar bilan tanishish. O’zR ning Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonuni
Savollar:
Gigiena sohasidagi asosiy qonuniy hujjatlarga qaysilar kiradi?
Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonuni qachon qa’bul qilingan?
Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonuni nechta bobdan tuzilgan?
Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonuni nechta moddadan iborat?
Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonuni qachondan kuchga kirgan?
Profilaktik emlashlar qanday maqsadda o’tkaziladi?
Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi qonuni yakunlovchi qoidalar nomalardan tuzilgan?
Mavzu: Gigienada qo’llanadigan usullar haqida tushuncha. Sanitar tekshiruv usullari va ularning ahamiyati.
Savollar
1. Sanitariya yozish usulini tushuntiring?
2. Labоrоtоriya tеkshirish usullari?
3. Tajriba usulini qo’llash (оrganizmga salbiy ta’sir qiluvchi оmillarini asbоb-uskunalar yordamida tеkshirish)?
4. Fiziоlоgik kuzatish usuli (оdam a’zоlari va sistеmalarning vazifaviy hоlatini turli sharоitlarda tеkshirish)?
5. Klinik kuzatish usuli. Bu usul qachon qo’llaniladi.
6. Statistika usuli: Bu usul bilan nimalar aniqlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |