Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


"DPM larning suv ta’minoti: ichimlik suvining tiniqlashtirilish va zararsizlantirish sifatini nazorati"


Download 3.23 Mb.
bet90/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

"DPM larning suv ta’minoti: ichimlik suvining tiniqlashtirilish va zararsizlantirish sifatini nazorati"
MASHG’ULOTNING MAZMUNI
DPM lariga bo’lgan muxim gigienik talablarning biri ularni to’la sifatli suv bilan yetarli miqdorlarlarda ta’minlash xisoblanadi.
KMK 2.04.01 - 98 "Binolarning ichki suv tarmog’i va kanalizatsiyasi" ga muvofiq somatik kasalxonalardagi suv iste’moli meyorlari 1 kecha-kunduzga bir bemor uchun 115 l ni, yuqumli kasalxonalarda 250 ni, poliklinikalarda 1 qabul uchun 13 l ni tashkil qiladi.
Bunday xollarda kasalxonani yetarli miqdorlarda suv bilan taminlash
uchun ularni xududiy markazlashtirilgan suv tarmog’iga ulash eng yaxshi variant xisoblanadi. Agar mazur axoli yashash punktida markazlashgan suv tarqatish tarmog’i yo’q bo’lsa, avtonom suv tarmog’idan foydalanish tavsiya etiladi. Bizning respublikamiz sharoitida deyarli xamma yerda kasalxonalarda avtonomlashtirilgan suv ta’minoti tizimini tashkil qilish imkoniyati mavjud va suv ta’minoti manbai sifatida zaxira artezian suvlaridan foydalanish mumkin. Xarqanday suv ta’minoti tizimida xam DPM larga uzatiladigan suv 950-2000 Davlat Standarti "Ichimlik suvi" talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
Davlat standarti 950-2000 quyidagi ko’rsatkichlar guruxlari bo’yicha ichimlik suvining sifatini reglamentlaydi: mikrobiologik ko’rsatkichlar, parazitologik ko’rsatkichlar, gelmintologik ko’rsatkichlar, organoleptik ko’rsatkichlar va suvning organoleptik ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar, zaxarli moddalarning REK va radioaktiv ifloslanish ko’rsatkichlari.
DPM larni maxalliy markazlashgan suv ta’minoti tarmog’iga ulashda vrach laboratoriya tekshirishlari natijalariga asoslanib, suvning sifatini baxolay olishi kerak.
DPMni avtonom suv ta’minoti tizimiga ulangan xolatlarda esa, suvni tozalash zaruriyati tug’iladi va birinchi navbatda uni tiniqlashtirish va zararsizlantirish kerak bo’ladi. SHuning uchun vrach suvning tozalanish sifatini baxolashni bilishi va nazorat qilaolishi kerak.
Davlat Standarti 950-2000 (3.8. bandlar) ga muvofiq suvni taqsimlash tarmog’idagi suvning sifatini nazorat qilish qisqartirilgan nazorat ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlashni o’z ichiga oladi: bakteriologik ko’rsatkichlar (umumiy mikroblar soni, koli-indeks), organoleptik ko’rsatkichlar (xidi, qo’shimcha ta’mi, rangliligi, loyqaligi), xamda eng oddiy aniqlanadigan fiziko-kimyoviy ko’rsatkichlar. Davlat Standarti 950-2000 bo’yicha bu ko’rsatkichlarning meyorlari quyidagilar:
Davlat Standarti 950-2000 dan ko’chirma:
-umumiy mikroblar soni - 100 dan ko’p emas
-koli-indeks - 3 tadan ko’p emas
-xidi - 2 ball
-qo’shimcha ta’mi - 2 ball
-loyqaligi - 1,5 mgG`l
-rangliligi - 20 gradus
-rN - 6-9
-quruq qoldiq - 1000 mgG`l
-temir - 0,3 mgG`l
-umumiy qattiqlik - 7 mgG`ekvG`l (SI tizimtda - 3,5 mmolG`dm3); DSENM bilan kelishilgan xolda -10 mg-ekvG`l gacha;
-sulfatlar - 400 mgG`l
-xloridlar - 250 mgG`l
-ftor - 0,7 mgG`l
-nitratlar - (NO3 bo’yicha) - 45 mgG`l
Ichimlik suvining laboratoriya nazorati davlat nazorati vazifasiga muvofiq bajarilganda tekshirishlarni DSENM laboratoriyalari amalga oshiriladi; DSENM bilan kelishilgan xolda DPM xududidagi suv namunasini olish nuqtalari aniqlanadi va vaqti-vaqti bilan suv namunalari olib tekshirishga yuboriladi. DPM lardagi suvning laboratoriya tekshirishlari tugatilgandan so’ng, uning natijalari xaqidagi ma’lumotlar DPM ma’muriyatiga yetkaziladi. Suvni tekshirish natijalarini baxolash yuqorida keltirilgan meyorlar bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Suvni tozalash bilan birga uni zararsizlantirish, agar suvning sifati Davlat Standarti 950-2000 talablariga javob bermagan xollarda amalga oshiriladi. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi asosiy usullar quyidagilar xisoblanadi:
-tindirish (muallaq zarrachalarni yo’qotish)
-zararsizlantirish (mikroblar, gelmintlar, oddiy jonivorlardan xoli qilish);
-yumshatish - (suvning qattiqligini pasaytirish)
-chuchuklashtirish (xloridlar va sulfatlardan xoli qilish)
-dezaktivatsiya (radioaktiv moddalardan xoli qilish)
-temirsizlantirish
-dezodoratsiyalash (qo’shimcha xidlarni yo’qotish)
-deftorlash
-ftorlash
Suvni tiniqlashtirish birnechta bosqichlarda olib boriladi: suvni koagulyatsiya qilish (ma’lum miqdordagi koagulyant dozasini suvga solish (mgG`l), suvni koagulyant bilan kontaktda bo’lishi, tindirish, turli konstruktsiyalardagi filtrlar yordamida filtrlash). Suvni koagulyatsiya qilish uchun unga koagulyant - alyuminiy sulfat qo’shiladi, natijada koagulyant suvdagi qattiqlik tuzlari ishtirokida alyuminiy gidroksidini xosil qiladi (Al(SO3)2 ) va u zaryadlangan ipir-ipir ko’rinishida suvning tagiga cho’kadi, cho’kish jarayonida suv tarkibida bo’ladigan muallaq zarrachlarni va qisman mikroorganizmlarni o’ziga biriktirib cho’kmaga tushadi. Suvni koagulyatsiyalashda unga koagulyantning optimal dozasini solish juda muximdir, chunki koagulyant dozasi past bo’lganda koagulyatsiyaning samarasi past bo’ladi, juda yuqori doza esa, suvga nordon ta’mni beradi. SHuning uchun suvni koagulyatsiya qilishdan avval koagulyant dozasini aniqlash talab etiladi. Koagulyant dozasini aniqlash birnecha bosqichda olib boriladi: 1 - suvning yo’qotsa bo’ladigan qattiqligini aniqlash, 2-vaqtinchalik qattiqlik qiymatiga muvofiq ravishda koagulyantning taxminiy dozasini aniqlash, 3-tanlangan dozaning to’g’riligini tekshirish.
1 bosqich - yo’ќotsa bo’ladigan qattiqlikni aniqlash: 100 ml tekshiriluvchi suv Q 3-4 tomchi metiloranj va xlorid kislotaning 0,1 normalli eritmasi bilan pushti rang xosil bo’lguncha titrlash. Yo’qotsa bo’ladigan qattiqlik (X) teng:
X q (n x K x 0,1 x 1000) : V mmolG`dm3 , bu yerda
n - titrlash uchun ketgan xlorid kislotaning ml. dagi miqdori;
K - xlorid kislotaning titriga to’g’rilash koeffitsienti;
0,1 -xlorid kislotaning normalligi;
1000 - natijani litrda ifodalash;
V - tekshirish uchun olingan suv miqdori.
Agar K q 1 bo’lsa, xisoblash soddalashadi: X q n mmolG`dm3.

2 bosqich - topilgan yo’qotsa bo’ladigan qattiqlikning qiymatiga muvofiq koagulyantning taxminiy dozasini jadval bo’yicha aniqlanadi:



Yo’qotsa bo’ladigan qattiqlik, mmol G`dm3



200 ml suv uchun 1 % li Al(SO3)2 ning miqdori



1 l suvga qo’shiladigan quruq Al(SO3)2 ning miqdori

1

0,8

0,04

2

1,6

0,08

3

2,4

0,12

4

3,2

0,16

5

4,0

0,20

6

4,8

0,24

7

5,6

0,28

3 bosqich - uchta stakanga 200 ml dan tekshiriluvchi suv solinadi va 1 - chi stakanga jadval bo’yicha aniqlangan koagulyant dozasi solinadi, 2-chi stakanga - undan 1 ml kam, 3-chi stakanga 1-chi stakanga solingandan 1 ml ko’p miqdorda qo’shiladi. Aralashtiriladi va 10 daqiqaga qoldiriladi, so’ngra qaysi stakanda ipir-ipir xosil bo’lishi va cho’kishi tez ketsa, shu stakanga solingan koagulyant dozasini xaqiqiy doza deb qabul qilinadi.
Katta xajmlardagi suvlarni koagulyatsiya qilishda koagulyant dozasini 10% ga kamaytiriladi, chunki katta xajmlardagi suvda koagulyatsiya jarayoni tez ketadi.

Suvni zararsizlantirish fizikaviy (qaynatish, ultrabinafsha nurlar bilan ishlov berish) va kimyoviy (xlorlash va ozonlash) usullar bilan o’tkaziladi. Xlorlash usuli eng ko’p qo’llanadigan usul xisoblanadi, chunki yetarlicha samarali va arzonroq usuldir.


Suvni xlorlash bir nechta usullarda olib borilishi mumkin. Agar epidemiologik vaziyat xotirjam va suvning xamma ko’rsatkichlari yaxshi bo’lsa, normal dozadagi xlor bilan xlorlash usulidan foydalaniladi (1 litr uchun 4-5 mg faol xlor). Epidemiologik vaziyat nomuvofiq bo’lsa, giperxlorlash usulini qo’llash mumkin (xlor dozasi - 10-20 ml G`l gacha), ammo bunda zararsizlantirilgan suvni dexlorlashga to’g’ri keladi, chunki suvdagi qoldiq xlor miqdori meyordan ortiq bo’ladi.
Suvni xlorlash ko’pincha suvga xlorli oxakning 1% li tiniqlashtirilgan eritmasini solish orqali bajariladi; bunda xlorning dozasi tajriba orqali xlorli oxakning faolligiga qarab, ya’ni xlorli oxak tarkibidagi faol xlorning % lardagi miqdori bo’yicha aniqlanadi. Yilning sovuq fasllarida xlorning suv bilan bo’ladigan kontakti 1 soatdan kam bo’lmasligi kerak, issiq paytda esa - 30 daqiqadan kam bo’lmasligi lozim.
Xlorning suv bilan kontaktda bo’lganidan so’ng, suv tarkibida ma’lum miqdorda qoldiq xlor qolishi kerak va u suvning zararsizlantirilganligini baxolovchi muxim ko’rsatkich xisoblanadi. Xlorning suv bilan kontaktda bo’lganidan so’ng qoladigan xlor miqdorining qiymati Davlat Standarti 950-2000 ga muvofiq 0,2 - 0,5 mgG`l atrofida bo’lishi kerak.
Suvning zararsizlantirilganlik sifatini taxminiy xidi bo’yicha aniqlanishi mumkin, ya’ni 0,2-0,5 mgG`l qoldiq xlor suvga yengil xlor xidini beradi (2 ball).
Eng ob’ektiv ko’rsatkich bo’lib, qoldiq xlorning miqdori kimyoviy usulda aniqlash xisoblanadi: 100 ml tekshiriluvchi suvga Q 10 ml bufer eritma (rN 4,6) Q 5 ml 10% li KI Q 1 ml. ! %-li kraxmal eritmasi qo’shiladi. So’ngra 0,005 n natriy giposulfiti eritmasi bilan eritmaning rangi yo’qolguncha titrlanadi. Qoldiq xlorning miqdorini (X) formula bo’yicha xisoblab topiladi:

X q (n x K x 0,177 x 1000) : V mgG`l, bu yerda


n - titrlash uchun sarflangan giposulfitning ml dagi miqdori
K - giposulfit natriyning titriga to’g’rilash koeffitsienti
0,177 - 1 ml 0,005 n giposulfitga muvofiq keladigan faol xlor miqdori
V - tekshirish uchun olingan suvning xajmi.
K q 1 bo’lganda va tekshirish uchun olingan suvning miqdori 100 ml bo’lganda formula soddalashadi:
X q n x 0,177 mgG`l

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling