Sizga kelajak hayotingizda ulkan zafarlar tilayman!!! Men shu insonning ustoziman deb faxrlanib yurish menga nasib qilsin!!!
Garvard universitetining kirish eshigida yozilgan gaplar:
Agar sen hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko`rasan. Agarda uyquning o`rniga o`qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko`rasan!!!
O`qish azobi-vaqtinchalik. Bilmaslik azobi-abadiy!!!
O`qish-buvaqt sarflash emas. o`qish-harakat qilish!!!
Hayot faqat o`qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o`ta olmasang, nimaga ham qodir bo`larding???
Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan!!!
Kimki hammasini erta qilsa, o`zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi!!!
Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o`z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi!!!
Vaqt uchadi!!!
Hozirgi so`laging ertaga ko`z yoshi bo`ladi!!!
Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo`lasan!!!
Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir!!!
Sening kelajakdagi topadigan puling-olgan biliming darajasiga proporsional!!!
Bugun hech qachon qaytib kelmaydi!!!
Hatto hozir ham dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlashmoqda!!!
Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo`lmaydi!!!
10-11-SINF ONA TILI DARSLIGI YUZASIDAN TUZILGAN QO`LLANMA.
MUALLIF: SHERBEK AMIRKULOV
QARSHI-2022
QAYDLAR UCHUN:
TUYA HIKOYASI
Bir tuya ketardi horib sahroda,
Yuklari ko`p edi, ammo piyoda.
Tuya yuklariga chidab jim ketardi,
Tuyakash tinglamas, ayting netardi?
Bir mahal g`oyibdan bir shamol turdi,
Ikkisin ko`ziga qum zarrasi urdi,
Tuyakash to`xtamoq chorasin ko`rdi,
Tuyadan holing ne kechdi deb so`rdi.
Va tuyakash to`xtadi yurmish yo`lidan,
Nima ham kelardi uning qo`lidan?
Tuyaning yukini yengillatdi u,
Tuyaga zinhor yoqmadi-da bu.
Shunda tuya birdan yerga o`tirib oldi.
Tuyakash ne qilarin bilmasdan qoldi.
So`radi tuyadan nima qiliq bu?
Axir, adolatdanmi qilgan ishing shu?
Tuya dedi: og`ir bo`lganda yukim,
Qimirlamas edi birorta tukim.
Shod edim, senga foydam tegyapti deb,
Ketardim izingdan nima bersang yeb.
Endi afsus belimdan, yukimni olding.
Meni yalqovlikka sen o`zing solding.
Xalqda maqol bordir ajib va go`zal,
Unga atab donolar yozmishlar g`azal.
Tuyaning yuki magar yengilroq kelsa,
Yotag`on bo`larmish yengillik bersa.
Alqissa, abituriyent tuyadek asli,
Lek, bani odam erur nasli-yu asli.
Biz tuyadek bo`lmaylik, ilm yo`lida,
Har kimning omadi o`zin qo`lida.
Sherbekjon, yozaver tinmasdan ash`or,
Va duolar qilgin bo`lganda nahor.
Do'stlaringiz bilan baham: |