Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyоt universiteti samarqand filiali
II.Malakaviy amaliyot hisobotini rasmiylashtirish
Download 70.11 Kb.
|
2022 йил Малакавий амалиёт янгиси 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahliliy jadvallar
II.Malakaviy amaliyot hisobotini rasmiylashtirishTalabalar har bir mavzu bo‘yicha 6-8 bet hajmda qo‘lyozma shaklida hisobot yozishi tavsiya etiladi. Malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlash amaliyot dasturida ko‘rsatilgan mavzularni Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari hamda yuridik shaxslarni soliqqa tortishning amaldagi holati ma’lumotlari asosida tahlil qilish, o‘rganish hamda batafsil yoritishni talab qiladi. Malakaviy amaliyot hisobotiga har bir mavzu bo‘yicha soliq hisobotining to‘ldirilgan shakllari, korxona va tashkilotlar to‘laydigan soliqlar bo‘yicha ma’lumotlar, soliq sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlarining Davlat soliq organlarida bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlar ilova qilinadi. Hisobotda chizma, jadval yoki grafiklar (diagramma) bo‘lishi shart. Amaliyot hisobotining matni va unga qilingan ilovalar raqamlangan bo‘lishi va taqrizchi yrim kamchiliklarni - ko‘rsatishi uchun manbaaga joy qoldirishi lozim. Hisobot bo‘limlari va matnining ketma-ketligi, malakaviy amaliyot dasturida tavsiya etilgan mavzularning ketma-ketligiga to‘la mos kelishi lozim. Hisobotning tituli ilovada ko‘rsatilgan shaklda bo‘lishi lozim. Amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Amaliyot kundaligi talaba tomonidan: ehtiyotkorlik bilan, o‘z vaqtida va imlo xatolarisiz to‘ldirilishi; o‘z qo‘li bilan yozilishi; v) amaliyot davrida tasdiqlanishi kerak. Amaliyot kundaligini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilmagan taqdirda hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi. Hisobot standart hajmdagi qog‘ozda (A4, 210-297mm), chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi. 6 Tahliliy jadvallarTalaba amaliyotni o‘tash davrida amaliyot dasturida belgilangan mavzularni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish hamda tahlil qilish talab etiladi. Bunda ushbu mavzularning mazmuni va mohiyatini kengroq ochib berish, amaliyot o‘tayotgan korxona (tashkilot)ning moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga ob’yektiv baho berishda qulay va tushunarli bo‘lishligi uchun chizma, jadval yoki grafiklar (diagramma)dan foydalanishni taqozo etadi. Chunki ushbu chizma, jadval va grafik (diagramma) ko‘rinishidagi ma’lumotlar o‘rganilayotgan korxona (tashkilot) bo‘yicha to‘liq tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi. Shu boisdan, talabalarning malakaviy amaliyoti hisobotlarida belgilangan shakllardagi chizma, jadval yoki grafik (diagramma) lar o‘z aksini topishi talab qilinadi. Download 70.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling