Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyоt universiteti samarqand filiali


Download 70.11 Kb.
bet3/12
Sana23.01.2023
Hajmi70.11 Kb.
#1111334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2022 йил Малакавий амалиёт янгиси 1

Malakaviy amaliyotni mazmuni


O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning malakaviy amaliyotini o’tkazish shakllari, tartibi va uslublari belgilangan.
Bakalavriat yo’nalishilari va magistratura ixtisosliklari bo’yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo’lgan talabalar amaliyoti ilg’or fermer xo’jaligi (fermerlar uyushmasi), korxona, muassasa va tashkilotlarda o’tkaziladi.
Malakaviy amaliyotlar bakalavriat yo’nalishlari va magistratura ixtisosliklari davlat ta’lim standartida (DTS) ko’zda tutilgan turli shakllarda tashkil qilinadi.
Har bir amaliyotning maqsadi, muddati va mazmuni DTS, o’quv rejalari va dasturlarida belgilangan.
Bu quyidagilardan iborat bo’lishi zarur:

  • xo’jalikda yer tuzilishini, yer monitoringini o’tkazilishini va yer kadastri yuritilishini o’rganish;

  • xo’jalik misolida ilg’or tajribalar bilan tanishish, texnologik usullarni qo’llash va baholash, dala ekinlarining joylashish tartibi, topshiriqlarning bajarilishi o’simlikshunoslik, chorvachilik va boshqa sohalar bo’yicha tashkil etilgan fermer xo’jaligi faoliyatini o’rganish;

  • xo’jalikning boshqarish tizimi, agronomik tadbirlarning o’tkazilishi, tashkiliy- iqtisodiy tomonlari, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilish, texnika va ishchi ta’minotlarni o’rganish;

  • xo’jalikning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlarini o’rganish, ularni baholash, suv ta’minoti, meliorativ chora-tadbirlar va boshqalarni o’rganish;

  • xo’jalik negizida har bir meva, sabzavot va poliz ekinni yetishtirish texnologiyasini va hokazo tarmoqlar misolida sinchiklab o’rganish, ularga xulosa yasash va baholashni o’rganish;

  • malakaviy amaliyot bo’yicha tegishli ma’lumotlar yig’ish va amaliyot oxirida hisobotlar yozishi.

    1. Malakaviy amaliyotni o‘tash muddati

“ 5233300 - “Agrobeznis va investitsion faoliyat” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malakaviy amaliyot davrida talabalarning ish joyi bo‘lib, Davlat soliq organlari, korxona, fermer xo‘jaliklari, boshqarma va tashkilotlarning bo‘lim va sho‘’balari hisoblanadi.
“5233300 “Agrobeznis va investitsion faoliyat: ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malakaviy amaliyot o‘quv rejasiga muvofiq “Dehqonchilik” fanidan (2022 yil -------- 2022 yil ---------) 2- hafta yoki 14 ish kuni ajratilgan,. Malakaviy amaliyotni o‘tish jarayonida dasturda keltirilgan mavzular bo‘limlar bo‘yicha ish vaqti (ish kuni) ning quyidagi taxminiy taqsimlash rejasi asosida amalga oshiriladi:

3


Dehqonchilik” fanidan

T/r

Ish turlari

Sarflanadigan kunlar

1.

Xo‘jalikda yer tuzilishini, yer monitoringini o‘tkazilishini va yer kadastri yuritilishini o‘rganish

2

2.

Xo‘jalik misolida ilg‘or tajribalar bilan tanishish, texnologik usullarni qo‘llash va baholash

2

3.

Xo‘jalikning boshqarish tizimi, agronomik tadbirlarning o‘tkazilishi, tashkiliy-iqtisodiy tomonlarini o‘rganish

2

4.

Xo‘jalikning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlarini o‘rganish, ularni baholash

2

5.

Suv ta’minoti, meliorativ chora-tadbirlar va boshqalarni o‘rganish

2

6.

Xo‘jalikda almashlab ekish kursatgichlarini baholash

2

7.

Xo‘jalikning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish

2





Download 70.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling