Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyоt universiteti samarqand filiali


Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan amaliyotga rahbar bo‘lgan shaxsning majburiyatlari


Download 70.11 Kb.
bet9/12
Sana23.01.2023
Hajmi70.11 Kb.
#1111334
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2022 йил Малакавий амалиёт янгиси 1

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan amaliyotga rahbar bo‘lgan shaxsning majburiyatlari:


7





      • filialdan belgilangan rahbar bilan hamkorlikda amaliyotchining individual kalendar mavzulari ish rejasini tuzish;

      • amaliyotchini ish joyi bilan ta’minlash va ish vaqtidan to‘g‘ri foydalanilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish;

      • amaliyotchi ishiga muntazam rahbarlik qilish, amaliyot dasturini to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda nazorat qilish;

      • har bir alohida ish bo‘limining faoliyati bo‘yicha amaliyotchi bilan tegishli suhbat olib borish va mazkur bo‘limda ishning bajarish muddatini belgilash, undan tashqari, ayrim ishlarni o‘rganish hamda ularni bajarish jarayonida noaniq bo‘lgan masalalar yuzasidan maslahatlar berib borish;

      • dasturda ko‘zda tutilgan hamma ishlarning o‘z vaqtida bajarilishini amaliyotchidan talab qilish;

      • kundaliklardagi yozuvlarni tekshirish va ularning to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlash;

      • har bir amaliyotchi - talabaga amaliyot oxirida bajargan ishi bo‘yicha yozma tavsifnoma berishi va unda amaliyotning natijasini baholashi lozim.

Amaliyot mobaynida talabaning huquqlari va majburiyatlari


Malakaviy amaliyotga yuborilayotgan talabalarning huquqlari quyidagi-lardan iborat:

      • amaliyot uchun kafedra tomonidan yo‘llanma xatning berilishini;

      • amaliyot dasturi va kundaligini o‘z vaqtida berilishini;

      • talaba uchun kafedra tomonidan rahbar tayinlanishini;

      • amaliyot o‘tash davrida talabaning tushunmagan savollariga kafedradan tayinlangan rahbar tomonidan tushuntirish ishlarini talab qilinishi;

      • amaliyot o‘tash davrida vujudga kelgan muammolarni kafedra yoki kafedra belgilagan rahbari bilan bartaraf etish va hokazo.

Malakaviy amaliyotga yuborilayotgan talabalarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

      • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan va universitetdan belgilangan amaliyot rahbarlari bilan hamkorlikda individual kalendar ish rejasini tuzish (keltirilgan

mavzularning rejasi va vaqt fondini taqsimlashga muvofiq ravishda);

      • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning boshqa hamma xodimlari kabi ichki tartib qoidalarga va mehnat qoidalariga rioya qilish talab qilinadi;

      • amaliyot dasturining aniq belgilangan muddatda bajarilishi;

      • belgilangan shaklda kundalik yuritish, unga har kuni bajarilgan ishni yozib borish va buni xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan belgilangan amaliyot rahbarlarining imzosi bilan tasdiqlash;

      • bir haftada bir marta, shanba kunlari amaliyotchi – talaba univer-sitetga tashrif buyurishi, bajargan ishlari haqida kafedrada belgilangan rahbarga hisobot berishi;

      • yuqorida keltirilgan mavzular yuzasidan malakaviy amaliyoti o‘tganligi haqidagi hisobotni tayyorlash, so‘ngra bu hisobotni «Soliqlar va sug‘urta ishi» kafedrasiga o‘rnatilgan tartibda topshirish. Hisobotga dastlabki hujjatlar, hisob registrlari, hisobot shakllari va boshqa materiallar ilova qilinishi lozim;

      • hisobot bilan birga tavsifnoma ham topshirilishi, tavsifnomaga xo‘jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan belgilangan rahbarning imzosi qo‘yilishi va sub’yektning muhri bilan tasdiqlanishi hamda amaliyotchining hisoboti baholanishi lozim; 8




      • amaliyotga bormagan talaba, amaliyot rahbarlariga yozma tushuntirish xati yoki bormaganligi sababi tasdiqlangan ma’lumotnoma ko‘rsatishi lozim.

  1. Download 70.11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling