66
Sоliq stаvkаlаridаn kelib chiqqаn hоldа hisоblаngаn jоriy sоliq dаvridа suv
resurslаridаn
fоydаlаngаnlik
uchun
sоliq
summаsi
to’g’risidаgi
mа’lumоtnоmаni tаqdim etаdilаr.
49
Ma’lumotnomaga asosan hisoblangan avans summasi oldindan to’lanadi va
unga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet 19931 – “Muddati uzaytirilgan soliqlar (alohida
ochilgan analitik
hisobda)”
Kredit 23402 – “Respublika budjetining mablag’lari”
Yer usti va yer osti suv resurslaridan foydalanganligi
uchun foiz nisbati
olinadi. Bu nisbatlar bo’yicha oldindan amalga oshirilgan to’lov summasini
quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali yopamiz:
Debet 56714 – “Soliq (daromad solig’idan tashqari) va lisenziyalar”
Kredit 19931 – “Muddati uzaytirilgan soliqlar (alohida ochilgan analitik
hisobda)”
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun oldindan to’langan
soliq summasi haqiqatda to’langan summadan kam bo’lsa, kam to’langan qismi
bankning 22504 – “Hisoblangan boshqa soliqlar” hisobvarag’iga o’tkaziladi va
ushbu hisobdan davlat budjetiga o’tkazib beriladi,
bunday holatda quyidagi
buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
Kam to’langan summaga:
Debet 56714 – “Soliq (daromad solig’idan tashqari) va lisenziyalar”
Kredit 22504 – “Hisoblangan boshqa soliqlar”
Kam to’langan summa davlat budjeti hisobvarag’iga o’tkazilganda:
Debet 22504 – “Hisoblangan boshqa soliqlar”
Kredit 23402 – “Respublika budjetining mablag’lari”
50
Do'stlaringiz bilan baham: