Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 1.45 Mb.
|
Texnik konstruksiya dI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urganch-2022 MAVZU: Texnik modelni konstruksiyalash va uning korinishlarini chizish Darsning ta’limiy maqsadi
- Dars jihozi
- Darsning borishi.
- Yangi mavzu bayoni
- MODELNING OZIGA QARAB UNING UCHTA KORINISHINI CHIZISH O`quvchilarning amaliy ishlari taxlil qilinib rag`batlantiriladi. Darsni yakunlash
- Uyga vazifa berish: Dars paytida chizilgan rasmini oxirigacha yakunlash, undan tashqari ijodiy yondoshgan holda tabiat manzarasini chizish. Yakuniy qism
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI Pedagogika fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabasi _______________________________ning “Chizmachilikni o’qitish metodikasi” fanidan “Texnik modelni konstruksiyalash va uning ko'rinishlarini chizish” mavzusidagi DARS ISHLANMASI Urganch-2022 MAVZU: Texnik modelni konstruksiyalash va uning ko'rinishlarini chizish Darsning ta’limiy maqsadi: -O‘quvchilarga texnik modelni konstruksiyalash haqida ma’lumot berish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: - O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: - Tarbiyali, e’tiborli, xushmuomalali, intizomli bo’lishga tarbiyalash. Dars jihozi : Ko’rgazmali qurollar va plakatlar Dars metodi: : Amaliy, sinfda o‘quvchilar bilan ishlash. Dars turi: Amaliy ish. Darsning mazmuni: O‘quvchilarga konstruksiyalash haqida tushunchalar berish. O‘quvchilarga texnik modelni konstruksiyalash haqida ma’lumotlar berish, mavzu haqida to’liq tushunchalarni yoritish. 1.Tashkiliy qism 2. Uygi vazifani tekshirish, o‘tilgan mavzuni takrorlash. 3. Yangi mavzu bayoni. 4. Amaliy mashg‘ulot. 5. Darsni yakulash. 6. Uygi vazifa berish. Darsning borishi. Tashkiliy qism – 2 daqiqa Didaktik o‘yinlar – 10 daqiqa Prezentatsiya – 10 daqiqa Asosiy qism – 20 daqiqa Yakuniy qism – 3 daqiqa O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni tekshirish, sinf xonasi va o‘quvchilarning darsga tayyor ekanligini teshkirish. Uyga vazifani tekshirish. O‘quvchilarni uyda bajargan ishlarini tekshirib, baholanadi. Yaxshi bajargan o‘quvchilar ruhlantiriladi va rag‘batlantiradi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar beriladi. Yangi mavzu bayoni: Modelning o‘ziga, ya’ni asliga qarab uning ko‘rinishlarini chizishdan oldin 18- va 19- § da berilgan geometrik jismlarning proyeksiyalari qanday tasvirlanishi ko‘z oldiga keltiriladi.Misol. 22.1-chizma, a da yaqqol tasvirda berilgan modelning ikkita ko‘rinishini chizing.Model tahlil qilinsa, u ikkita geometrik jismdan tuzilgan. Vertikal joylashgan parallelepiped va uning oldiga kub qo‘yilgan. Oldin parallelepipedning bosh va ustdan ko‘rinishi chizib olinadi (22.1-chizma, b). Keyin kubning olddan va ustdan ko‘rinishlari qo‘shib chiziladi (22.1-chizma, d).Shu tartibda har qanday model (detal) ning ko‘rinislilarini chizish mumkin. Shu tartibda har qanday model (detal) ning ko'rinishlarini chizish mumkin MODELNING O'ZIGA QARAB UNING UCHTA KO'RINISHINI CHIZISH O`quvchilarning amaliy ishlari taxlil qilinib rag`batlantiriladi. Darsni yakunlash: Dars kelib qolingan bosqichda to‘xtatilib, yaxshi chizgan o‘quvchilar yana bir ruhlantiriladi. Uyga vazifa berish: Dars paytida chizilgan rasmini oxirigacha yakunlash, undan tashqari ijodiy yondoshgan holda tabiat manzarasini chizish. Yakuniy qism: O‘quvchilarga dars tugagani aytilib, xayrlashiladi. Namuna Har bir detal shakli uning bajaradigan ishiga qarab aniqlanadi. Masalan, g'ildirak aylanma harakat qilganligi uchun u aylana, har qanday suyuqlik yoki gaz aylana teshikda yaxshi oqqanligi uchun ham quvurlar yumaloq qilib islilanadi. Detallardagi oltiburchakli prizmalar ularni burab kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi va hokazo. Endi, texnik detallar shakli va uning bo'laklari nima uchun kerakligi haqida qisqacha fikr yuritaylik. 24.2-chizmada tasvirlangan detal silindrik teshikli prizmaning ikki yon tomonida uchburchak shaklida joylashgan devorlari bor. Bu devorlar prizmani parallelepiped ustida mustahkam birikib turishi uchun xizmat qiladi. Detallarda bunday devorlar „mustahkamlash qovurg'asi" yoki qisqacha „qovurg'a" deyiladi. Ushbu detaldagi qovurg'alar aylanma harakat qiluvchi silindrik teshik dcvorlarini mustahkamlash maqsadida qo'llaniladi. Texnik modellarni yasashda geometrik jismlar modellaridan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, kubning ustiga silindr qo'yilsa (24.3-chizma, a), parallelepiped ustiga kub va uning ustiga konus joylashtirilsa (24.3-chizma, b), texnik modellar yasalgan boiadi. Shu tartibda har xil texnik modellarni bearish mumkin. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling