V. Kurs ishi (loyihasi) bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Kurs ishi fan mavzulariga taalluqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka tartibda tegishli topshiriq shaklida beriladi. Ma'ruza mashg‘ulotlarida egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, talabalarni ilmiy-nazariy qarashlar asosida umumlashma xulosalar chiqara olishga o‘rgatish, ularning ijodiy tafakkurini o‘stirish, ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasini shakllantirish, fikrni izchil va ifodali bayon eta olishga o‘rgatish fan bo‘yicha tashkil etiladigan kurs ishlarining bosh maqsadi hisoblanadi.
Mazkur fan yuzasidan yoziladigan kurs ishi talabalarni ilmiy-ijodiy ishga yo‘naltiruvchi amaliy faoliyat turi sifatida muhim ahamiyatga ega. Talaba kurs ishini yozish asosida keyinchalik yirikroq tadqiqot ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘radi. Shuningdek, fan bo‘yicha tashkil etiladigan kurs ishlari talabalarni ta'limning yuqori bosqichida bitiruv malakaviy ishini yozishga tayyorlab boradi.
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va o‘quv yilining boshida shu o‘quv yili uchun tasdiqlanadi. Talaba o‘zini qiziqtirgan mavzuni tanlab olgandan so‘ng, bu mavzu bo‘yicha ish rejasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun kafedraga taqdim etadi. Talabaning tanlagan kurs ishi mavzusi tasdiqlangandan so‘ng kafedra unga ilmiy rahbar tayinlaydi. Talaba kurs ishini o‘z ilmiy rahbarining bevosita rahbarligida bajaradi.
Fan bo‘yicha kurs ishi namunaviy o’quv rejada rejalashtirilmagan.
3
|
VI. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Talaba bilishi kerak:
logistikaning rivojlanish tarixi, tushunchalari va predmeti, funksional majmuasi, logistikada axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalari, har xil transport turlarining logistik tavsiflari va infratuzilmalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
logistikada moliyaviy va axborot oqimlarini, yuk va yo‘lovchilarni tashish jarayonlarini, yuk va yo‘lovchilar tashishning zamonaviy texnologiyalarini, logistik faoliyatni ma’muriy boshqaruv masalalarini, avtotransport vositalari ish unumdorligining shakllanishi va bog‘lanishlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
logistikada axborot texnologiyalarini qo‘llash, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshqarish, omborxona hududlarini loyihalash, zahiralarni boshqarish modellarini loyihalash, tashish hajmini iste’molchilar ehtiyojlariga muvofih optimal boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |