Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-a’reldagi 137-sonli


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/51
Sana22.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1381244
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Bog'liq
Axborot havfsiligi

O’rin almashtirish shifrlari aniklab olishi mumkin. Asosiy vazifa kalitni 
topishdan iborat . 


4. Tanlangan matn asosida adaptiv xujum. Bu xujum 3-turdagi xujumning bir turi 
bulib, bunda kriptotaxlilchi fakatgina yuborilayotgan shifrlangan ma’lumotlar ochik 
matnini tiklamasdan, shifrlash natijalariga karab o’z tanlovini o’zgartirishi mumkin. 
9.4. SHifrlash usullari 
Ma’lumotlarni shifrlash kompyuterlar ixtiro kilinmasdan ancha oldin paydo 
bulgan. Kupchilik keng tarkalgan kriptografik algoritmlar bir xarfni boshka xarf 
bilan almashtirish yoki xarflar ketma-ketligini o’zgartirish orkali bajarilgan. Kuyida 
bir kancha shifrlash algoritmlari keltirilgan. 
Almashtirish shifrlari
Bu usul bilan shifrlashda shifrlanayotgan ochik matndagi xar bir xarf shifrlangan 
matndagi kandaydir simvol bilan almashtiriladi. Ma’lumotni kabul kiluvchi uni 
teskarisiga joyiga kayta kuyish orkali ochadi. 
Bu usul yordamida shifrlashtirishda ochik matndagi xarflar boshkasi bilan 
almashtirilmaydi, balki ularning o’rinlari almashtiriladi. Masalan, oddiy ustunlar 
bo’yicha o’rinlashtirishda dastlabki ochik matn katorlar buyicha maxsus ustunlarga 
yozib chikiladi. SHifr matn xarflarni ustunlar bo’ylab o’kish orkali xosil kilinadi. 
Kayta ochish xam xuddi shunday xosil kilinadi. SHifr matn ustunlarlar buyicha 
yozib chikiladi. Ochik matn gorizontal buyicha o’kish orkali xosil kilinadi. 
Rotor mashinalar 
20-yillarda shifrlash va uni ochish jarayonini avtomatlashtirish maksadida turli 
xil mexanik mashinalar ishlab chikilgan edi. Ularning ko’pchiligi ochik matnni 
kiritish uchun klaviaturadan va rotorlar tuplamidan iborat bo’lib , bu rotorlar 
xarflarni boshka xarflar bilan almashtirish vazifasini bajaradi. 
Eng ko’p mashxur bo’lgan rotor mashinalardan biri nemislarning "Enigma" 
nomli mashinasi bulib, undan Germaniya Ikkinchi jaxon urushida o’z axborotlarini 
shifrlashda foydalangan. 
Modul 2 kushish amali 
Bu amal S dasturlash tilida ^ belgisi bilan , matematikada esa + belgisi bilan 
belgilanadi va bitlar ustida kuyidagi standart mantikiy amalni bajaradi:
0+0=0 
0+1=1 
1+0=1 
1+1=0 
Modul 2 amali yordamida ochik matnni shifrlashtirish mumkin. Buning uchun 
ochik matnning xar-bir biti kalitning xar bir biti bilan modul 2 konuniga asosan 
ko’shiladi. Natijada shifr matni xosil buladi. Kayta ochish uchun esa yana shunday 
konun asosida shifr matni va kalit ko’shiladi. Natijada ochik matn xosil buladi. Bu 
shifrlashtirish usuli simmetrik shifrlashtirish xisoblanadi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling