Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-a’reldagi 137-sonli
-Mavzu: Foydalanuvchilarga mukammal Axborot xavfsizligiga ruxsat etish
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot havfsiligi
16-Mavzu: Foydalanuvchilarga mukammal Axborot xavfsizligiga ruxsat etish
Reja 1. Korxonalarda joriy etilayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimi 2. SSS (System Security Scanner) dasturi xaqida Korxonalarda joriy etilayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimining xavfsizligini ta’minlash, birinchi navbatda, ushbu tizimni loyixalash bosqichida ko’zda tutilgan bo’lishi lozim. Korxona miqyosida qabul qilingan xavfsizlik siyosatining axborot tizimida qanday darajada aks ettirilishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Lekin, axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining keskin rivojlanishi, axborot oqimlari xajmining oshishi. Internet va Intranet texnologiyalarining keng miqyosda kirib kelishi bevosita avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining axborot zahiralarini himoyalashga yunaltirilgan vositalarning mavjudligini ta’minlash xamda tizimda mavjud bo’lgan himoya vositalarini rivojlantirishini taqozo etadi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga nisbatan mavjud bo’lgan xavflarni uchta yo’nalish bo’yicha ajratish mumkin: ➢ amaliy dasturlar; ➢ tarmoq xizmatlari; ➢ operatsion tizim xizmatlari. Amaliy dasturlarni tekshirish bo’yicha xozirgacha yagona vosita mavjud emas. Tarmoq xizmatlari va operatsion tizim xizmatlarida qo’llaniladigan texnologiyalar umumiy asoslarga ega bo’lganligi uchun ularni tekshirish vositalari ishlab chiqilgan. Zamonaviy operatsion tizimlarda axborot zaxiralarini himoyalash vositalarining mavjudligi ta’kidlab kelinmoqda. Bularga autentifikatsiyalash, identifikatsiyalash, ruxsatsiz kirishni ta’qiqlash, monitoring va audit, kriptografiya usullarining mavjudligi misol bo’la oladi. Albatta, ushbu vositalarning operatsion tizimlarda mavjud bo’lganligi korxonaning xavfsizlik siyosatiga mos keladi. Ammo, operatsion tizimning noto’g’ri konfiguratsiyalanishi va uning dasturiy ta’minotidagi mavjud xatolar oqibatida axborot tizimlariga xujumlar uyushtirilishi imkoniyati paydo bo’ladi. SHu bois, operatsion tizimni tanlashda undagi kamchiliklarni tahlil qilish, ishlab chiqaruvchi firma tomonidan yo’l qo’yilgan xatolarning tan olinishi va ularni zudlik bilan tuzatishga kirishilishi talab etiladi. Operatsion tizimning parametrlarining to’g’ri o’rnatilganligini yoki ularning o’zgarmaganligini tekshirish uchun «tizim xavfsizligini skanerlash» deb nomlanuvchi 10 ga yaqin maxsus dasturlar ishlab chiqarilgan. Masalan, Solaris operatsion tizimi uchun mo’ljallangan ASET, Netware va NT uchun KSA, Unix uchun SSS dasturlari mavjud. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling