Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-a’reldagi 137-sonli


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/51
Sana22.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1381244
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Axborot havfsiligi

Ushlab qolish (perexvat). Resursdan ruxsat berilmagan foydalanishga yo’l 
ochiladi. Natijada axborotning maxfiyligi (konfidentsialligi) buziladi. Bunday 
foydalanuvchilar fizik shaxs, programma yoki kompyuter bo’lishi mumkin. Bunday
buzilishlarga misol tariqasida ma’lumotlarni ushlab qolish maqsadida aloqa kabeliga 
ulanish va fayllardan yoki programmalardan noqonuniy nusxa ko’chirishni 
ko’rsatish mumkin. 
Turlash (modifikatsiya). Resursdan nafaqat noqonuniy foydalanishga yo’l 
ochiladi, balki resurs buzg’unchi tomonidan o’zgartiriladi. Natijada axborotning 
yaxlitligi buziladi. Bunday buzilishlarga misol tariqasida fayldagi ma’lumotlar 
mazmunini o’zgartirilishini, programmaning vazifalari va xarakteristkalarini 
o’zgartirish maqsadida uni modifikatsiyalashni, tarmoq orqali uzatilayotgan 
axborotlar mazmunini o’zgartirilishini va h. ko’rsatish mumkin. 
Soxtalashtirish (falsifikatsiya). Tizimga soxta ob’ekt kiritiladi. Natijada 
axborotning asliga to’g’riligi (autentichnostligi) buziladi. Bunday buzilishlarga 
misol tariqasida tarmoq orqali yasama ma’lumotlarni uzatish yoki faylga yozuvlarni 
qo’shishni ko’rsatish mumkin.


Yuqorida keltirilgan buzilishlar passiv va aktiv xujum atamalari bo’yicha 
klassifikatsiyalanganida passiv taxdidga ushlab qolish(perexvat) mansub bo’lsa, 
uzish(raz’edinenie), turlash(modifikatsiya) va soxtalashtirish(falsifikatsiya) aktiv 
taxdidga mansub ekanligini ko’rish qiyin emas. 
Passiv xujumlar natijasida uzatilayotgan ma’lumotlar ushlab qolinadi yoki 
monitoring amalga oshiriladi. Bunda buzg’unchining maqsadi uzatilayotgan 
axborotni ushlab qolishdir. Passiv buzilishlarni ikkita guruxga ajratish mumkin- 
axborotlar mazmunini fosh etish va ma’lumotlar oqimini taxlil etish. 
Axborotlar mazmunini fosh etish nima ekanligi ma’lum. Telefon orqali 
suxbatda, elektron pochta axborotida yoki uzatilayotgan faylda muhim yoki maxfiy 
axborot bo’lishi mumkin. Tabiiyki, bunday axborot bilan bu axborot 
mo’ljallanmagan shaxslarning tanishishi maqbul emas. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling