Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-a’reldagi 137-sonli


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/51
Sana22.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1381244
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Bog'liq
Axborot havfsiligi

1:2000) [16]. Ushbu standart Britaniya standartlashtirish instituti (BSI) tomonidan 
ishlab chiqilgan va ikki qismdan iborat. Birinchi qismi (BS 7799 part 1//Code of 
practice for Information Security Management)2000 yil Xalqaro Standartlashtirish 
tashkiloti tomonidan tasdiqlangan (ISO/IEC 17799). Ushbu standartda 
tashkilotning axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yaratishning 120 dan ortiq 
mexanizmlari yoritilgan. Bu mexanizmlar shu yo’nalishdagi jaxon tajribasidan 
olingan namunalar bo’lib, har qanday yo’nalishdagi va hajmdagi tashkilotlarga 
qo’llash mumkin. 
Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi. ISO/IEC 27001 (BS 7799-
2:2002) [16]. Ushbu standart BS 7799 ning ikkinchi qismi (BS 7799 part 
2//Information Security management) bo’lib, bunda axborot xavfsizligini boshqarish 
tizimini yaratishga, foydalanishga topshirishga, monitoring o’tkazishga, qo’llab 
quvvatlashga va takomillashtirishga qo’yilgan talablar yoritilgan.  
Ushbu standartlar asosida korxona yoki tashkilotlar o’zining axborot 
xavfsizligi strategiyasini ishlab chiqishi mumkin. Bu strategiyada yordamida 
mavjudxavfsizlik 
tizimining 
xolatini 
aniqlash, 
axborotlar 
qiymatiga 
qarabxavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlash,mavjud va amalga oshirilishi 
mumkin bo’lgan xurujlarni aniqlash va ularga mos xavfsizlik mexanizmlari 
keltiriladi. Bundan tashqari audit o’tkazilishi natijasidaaxborot xavfsizligini 
ta’minlash usul va metodlari ham aniqlanadi va joriy etiladi. 
ATlarda xavfsizlikni ta’minlash kompleks chora tadbirlardan iboratdir
chunki xurujlar qaysi yo’l bilan amalga oshirilishi aniq bo’lmaydi, shu sababli 
xavfsizlik tizimi har qanday ko’rinishdagi xurujlarga tayyor turishi zarur. 
AT xavfsizlik tizimini quyidagicha izohlash mumkin(Rasm 1.2.)[34]: 


Rasm 1.1. AT xavfsizlik tizimi 
Xuquqiy choralaraxborotga ruxsat etilmagan murojaat qilishni amalga 
oshirishga intilayotgan shaxs yo’lida turadigan ximoyadir, bu g’arazli niyatli 
shaxsning ruxsat etilmagan maxfiy axborotlardan foydalanganda uning oqibatlarini 
ko’rsatib beruvchi xujjatlardir. Axborotni ximoya qilishning bu jixati axborotni 
uzatishda va qayta ishlashdan yuridik meyorlarga rioya qilishni zarurligi bilan 
bog’langandir. Axborotni ximoya qilishni xuquqiy meyorlariga mamlakatda 
xarakatda bo’lgan qonunlar, buyruqlar va boshqa meyoriy dalolatnomalar 
tegishlidir, ular cheklangan miqdorda ishlatadigan axborot bilan murojaat qilish 
qoidalarini reglamentlaydi. Bu bilan ular axborotni ruxsat etilmagan ishlatishga 
to’siqlik kiladilar va buzg’unchilarni ushlab turadigan omil xisoblanadi. 
Tashkiliy choralarmaxfiy ob’ektlarga jismoniy tomondan zarar yetkazish, ish 
faoliyatiga aralashish va o’g’irlanishi mumkin bo’lgan yo’llarni kuzatish
qo’riqlashni amalga oshirishdir. Tashkilotda maxfiy ob’ektlar qo’riqlanishi, begona 
shaxslarning kirishiga yo’l qo’ymaslik, agar begona shaxslar kirgan taqdirda ham 
ularni zudlik bilan aniqlash vositalarini o’rnatish ya’ni signalizatsiyalar, video-
kuzatuv uskunalari. Maxfiy axborot yoki xujjatlarni maxsus seyflarda saqlanishini 
tashkil qilish, axborot resurslari saqlanadigan hududlarga maxsus chegaralar 
o’rnatish. Tashkiliy choralarga yana tabiiy ofatlar ro’y bergan xolatlarda axborot 
xavfsizligini ta’minlash choralari ham kiradi.Tashkiliy choralarga ishchi xodimlar 
bilan ishlash, ishga olish ham kiradi bunda yangi xodimlarni tekshirish, ularni 
maxfiy axborot bilan ishlash tartibi bilan tanishtirish, uni qayta ishlash qoidalarini 
buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishtirish va x.k. 
Administrativ choralar tizim resurslaridan foydalanish va ular ustidagi 
jarayonlarni amalga oshirishda foydalanuvchilarni guruhlarga bo’lish hamda ularga 
rollar berish ishlarini amalga oshiradi.Foydalanuvchining roli deganda ma’lum 
axborot ustida ma’lum bir jarayonni amalga oshirishga berilgan ruxsat tushuniladi. 
Bundan tashqari maxfiy kalitlar va sertifikatlarniboshqarishni tashkil etishdir. 
Dasturiy vositalar ATlarni himoyalashda asosiysi sanaladi, yuqoridagi 
keltirilgan vositalarni buzib o’tganda ham dasturiy vositalarxavflarga bardoshliligi 
bilan himoyani bartaraf etishi mumkin.Axborotni himoyalashda dasturiy vositalar 
ikki guruhga bo’linadi. Birinchisi nokriptografik dasturiy vositalar antiviruslar, 
Ахборот тизими 
Дастурий воситалар 
Техник воситалар 
Административ чоралар 
Ташкилий чоралар 
Ҳуқуқий чоралар 


antispamlar va fayrvollardir. Antiviruslar tizim faoliyatiga halal beruvchi, tizimdagi 
ma’lumotlarni o’g’irlovchi va o’zgartiruvchi dasturlarni aniqlash hamda faoliyatini 
to’xtashish uchun ishlatiladi.Fayrvollar kompyutertarmoqlarga qo’yiladigan 
filtrlardir, bular tarmoqlardan tizimga ruxsatsiz kirish va keraksiz axborotlar oqimini 
to’xtatish uchun ishlatiladi. 
Kriptografik vositalar hozirda keng qo’llanilib kelayotgan axborot himoyasini 
ta’minlovchi vositalardan biridir. Kriptografik vositalar axborotni matematik usullar 
yordamida begona shaxslardan himoyalash usulidir.Kriptografik vositalar ochiq 
tarmoqlar orqali uzatilayotgan axborotlarni himoyalashda, axborotlarning 
butunligini ta’minlashda foydalaniladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling