Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-a’reldagi 137-sonli


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/51
Sana22.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1381244
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Axborot havfsiligi

Ma’lumotlar oqimini taxlili mukammalroq xisoblanadi. Faraz qilaylik, biz 
axborot yoki boshqa uzatiluvchi ma’lumotlar mazmunini shunday maskirovka 
qilaylikki, buzg’unchi axborotni o’z ixtiyoriga kiritganida ham undagi axborotni 
chiqarib ololmasin. Ko’pincha axborot mazmunini maskirovka qilishda shifrlash 
qo’llaniladi. Ammo, axborot mazmuni shifrlash yordamida ishonchli tarzda 
berkitilgan bo’lsada, buzg’unchida uzatiluvchi ma’lumotlarning o’ziga hos 
alotomatlarini kuzatish imkoniyati qoladi. Masalan, uzatuvchini va axborotlarni 
uzatishga ishlatiluvchi uzellarni, axborotlar uzunligini va ularning almashinuv 
chastotasini aniqlash mumkin. Bunday axborot ma’lumotlar almashinuvidan 
ko’zlangan maqsadni aniqlashda juda ham qo’l kelishi mumkin. 
Himoyaning passiv buzilishlarini aniqlash juda qiyin, chunki ularda 
ma’lumotlarga qandaydir o’zgartirishlar kiritish quzda tutilmaydi. Ammo, bunday 
xil buzilishlarni oldini olishni amalga oshirsa bo’ladi. SHu sababli passiv buzilishlar 
xolida e’tiborni ularni aniqlashga emas, balki ularni oldini olishga qaratish lozim.
Aktiv xujumlar natijasida ma’lumotlar oqimi o’zgartiriladi yoki soxta 
oqimlar hosil qilinadi. Bunday buzilishlarni to’rtta guruxga ajratish mumkin: 
imitatsiya, tiklash, axborotni turlash(modifikatsiyalash), xizmat ko’rsatishdagi 
xalallar. 
Imitatsiya deganda ob’ektning o’zini boshqa ob’ekt qilib ko’rsatishi 
tushuniladi. Odatda imitatsiya aktiv buzilishlarning boshqa bir xilining urinishi bilan 
birgalikda 
bajariladi. 
Masalan, 
buzg’unchi tizimlar almashinayotgan 
autentifikatsiya ma’lumotlarining oqimini ushlab qolib so’ngra autentifikatsiya 
axborotlarining haqiqiy ketma-ketligini tiklashi mumkin. Bu esa vakolati 
chegaralangan ob’ektning o’zini vakolati kengroq ob’ekt qilib ko’rsatishi 
(imitatsiya) orqali vakolatini kengaytirishiga imkon beradi. 
Tiklash deganda ma’lumotlar blokini passiv ushlab qolib, keyin uni ruxsat 
berilmagan natijani hosil qilish maqsadida retranslyatsiya qilish tushuniladi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling