Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlilgi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo talim


Download 66.51 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi66.51 Kb.
#1490657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yodometriya metodi.

Yodometriya metodi xaqida


Tekshirilayotgan modda miqdori to‘g‘rida yutilgan yoki ajralib chiqqan yodning miqdoriga qarab xulosa chiqariladigan titrimetrik analizning metodi yodometriya deb nomlanadi. Yod barcha galogenlar singari elektronlarni oson bera oladigan moddalardan elektronni qabul qiladi,shuning uchun erkin yod KMnO4 va K2Cr2O7 lardan deyarli kuchsiz oksidlovchi xisoblanadi(chunki J2/2J- juftining standart potensiali 0.54B dir):
J2 + 2e- = 2J-
Yod J- anionlari esa elektronlarni biriktirib olishga moyil moddalarga elektronlarini oson beradi,ya‘ni J- anionlari qaytaruvchilar jumlasiga kiradi:
2J- - 2e- = J2
Hajmiy analizning yodometrik metodi erkin yodning yod ionlariga va aksincha,yod ionlarining erkin yodga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan oksidlanish- qaytarilish protsessorlariga asoslangan.
Yodometriya indikator sifatida kraxmal eritmasidan foydalaniladi. Ma‘lumki, erkin yod kraxmal eritmasini zangori rangga bo‘yaydi. Agar biror qaytaruvchi eritmasi kraxmal ishtirokida yod eritmasi bilan titrlansa, ekvivalent nuqtaga eishilgandan so‘ng eritmaga ortiqcha bir tomchi yod eritmasi qo‘shilganda barqaror zangori rang paydo bo‘ladi. Aksincha, ya‘ni yod eritmasiga kraxmal ishtirokida qaytaruvchi eritmasidan oz-oz qo‘shib titrlash xam mumkin. Keyingi xolatda ekvivalent nuqtani aniqlashda eritmaning zangori rangi yo‘qolishidan foydalaniladi.
Yodometriyani 2 guruxga ajratish mumkin: Qaytaruvchilarni aniqlash; a)Oksidlovchilarni aniqlash - Qaytaruvchilarni aniqlash yodometriyaning
amalda keng qo‘llaniladigan metodlardan biri.
Masalan: natriy tiosulfat eritmasiga erkin yod eritmasi ta‘sir ettirilanda quyidagicha reaksiya boradi

3Na2S2O3 + J2 = 2NaJ + Na2S4O6



Yoki

2S2O32- +J2 = S4O62- + 2J-



Demak,ikkita S2O32- ionlari J2 molekulasiga bittadan,jami ikkita elektron berib S4O62- tetrationat ioniga (tetrationat kislotaning anioni)qadar oksidlanadi.Molekula tarkibidagi yod atomlari ushbu protsessda qaytarilib J- ionlariga aylanadi.
Yod eritmasining normal konsentratsiyasi xamda titrlash uchun sarflangan xajmi ma‘lum bo‘lsa,analiz qilinayotgan eritma tarkibidagi Na2S2O3 miqdorini xisoblab topish mumkin.Yodning ishchi eritmasidan foydalanib boshqa qaytaruvchilarning eritmadagi miqdorini xam aniqlash mumkin.
Masalan: Nitrat kislota,Vodorod sulfitlarning tuzlari erkin vodorod sulfid va boshqa moddalar shular jumlasiga kiradi.Demak, bu sistemaning oksidpanish- qaytarilish potensiali reaksiya kislotali muhitda sodir bo‘lsa, vodorod ionlarining kondentratsiyasiga bog‘lik, emas.
Demak, bu xolda xam xuddi permanganatometriyadagi kabi indikator ishlatmay turib titrlash mumkin.Lekin yodning titrlash oxirida namoyon bo‘ladigan rangi bilinar-bilinmas bo‘lishi mumkin,bu esa ekvivalentlik nuqtasining aniqlanishini qiyinlashtiradi.
SHu sababli, indikator sifatida yod uchun nixoyatda sezgir reaktiv kraxmal eritmasini ishlatish ancha qulaylik tug‘diradi. Ma‘lumki, kraxmal yod bilan birikib, to‘q, ko‘k tusli adsorbsion birikma xosil qiladi. Kraxmal eritmasidan foydalanilganda titrlash oxirida suyuqlikka yod eritmasidan ortiqcha bir tomchi qo‘shish bilan u ko‘k tusga kiradi, suyuqlikning bu tusi esa barqaror bo‘ladi (uchib ketmaydi), bunga asoslanib titrlashning oxiri aniqlanadi.
Kraxmal ishtirokida yod eritmasini tiosulfat eritmasi bilan titrlash xam mumkin; bunday titrlashning oxirida ko‘k tusli suyuqlik bir tomchi tiosulfat qo‘shish bilan rangsiz bo‘lib ko‘riladi. Agar titrlash shu tariqada olib borilsa,faqat titrlashning oxiridagina, ya‘ni yoddan juda oz miqdorda solib, titrlanayotgan eritma och-sariq tusga kirgandagina (somondek sarg‘andagina) kraxmal eritmasini ko‘rish kerak.

Agar kraxmal oldinroq, (ya‘ni eritmada yod ko‘pligida) qo‘shib qo‘yilsa, yod bilan kraxmal orasidagi ta‘sir natijasida xosil bo‘lgan kimyoviy birikma tiosulfat bilan reaksiyaga sust kirishadi; shu sababli tiosulfat eritmasi keragidan ortiqcha qo‘shilib qoladi, boshqacha aytganda yod eritmasi o‘ta titrlanib soladi.
Yod eritmasining normalligi va titrlash uchun sarf bo‘lgan yod xamda tiosulfat eritmalarining xajmi bilsak, tiosulfat eritmasining normalligini va titrini xisoblab chiqarish mumkin.
Aksincha, Na2S2O3 eritmasining normalligi N yoki titri ma‘lum bo‘lsa, yod eritmasining normalligi va titrini topish mumkin. J2 J- ni ga qadar qaytara oladigan bir qator qaytaruvchilarni xam shu tariqa aniqlasa bo‘ladi. Oksidlovchilarni aniqlashni yodometrik usulda aniqlash xam ko‘p qo‘llaniladi. Bu usul qataruvchilarni aniqlash usulidan farqlanadi.
Tekshirilayotgan oksidlovchi eritmasiga mo‘l miqdorda KJ eritmasidan qo‘shiladi, reaksiya natijasida kislotali muhitda oksidlovchi kaliy yodiddan ekvivalent miqdorda erkin yod ajralib chiqadi:
Ajralib chiqqan erkin yod kraxmal ishtirokida natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi:
2Na2S2O3 + J2 = Na2S4O6+ 2NaJ
Avval aytilganidek, ajralib chiqqan yodni titrlash uchun sarflangan natriy tiosulfat miqdori oksidlovchining olingan miqdoriga ekvivalentdir. Tekshirilayotgan eritma tarkibidagi oksidlovchining normal konsentratsiyasi quyidagi formula bo‘yicha xisoblanadi:
J ionini J2 qadar oksidlay oladigan juda ko‘p oksidlovchilar miqdorini yodometrik usulda aniqlash mumkin. Bular qatoriga xlorli oxak tarkibidagi bromni, mis tuzlari tarkibidagi qotishmalar va rudalar tarkibidagi misni, xromatlar va bixromatlar tarkibidagi xromni, marganets birikmalari tarkibidagi marganetsni aniqlash kiradi.
Shunday qilib, yodometrik titrlash yo‘li bilan qaytaruvchilarni aniqlashda standart eritma sifatida yod eritmasi ishlatiladi,oksidlovchilarni aniqlashda esa ishchi eritma sifatida natriy tiosulfat eritmasi ishlatiladi.
Yodometrik aniqlashda asos bo‘lgan reaksiyalarning tenglamalarini ko‘rib chiqamiz:
KJO3 + 5KJ + 6HCl = 6KCl + 3J2 + 3H2O
Tenglmadan ko‘rinib turibdiki,reaksiya vaqtida vodorod ionlari sarflanib,ekvivalent miqdorda erkin yod ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan erkin yod natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi.
Sarf bo‘lgan natriy tiosulfat eritmasining normalligi va xajmidan xlorid kislota eritmasining normalligi va titrini xisoblash mumkin.Yuqorida keltirilgan muloxazalar xajmiy analizning yodometrik metodi nihoyatda keng qo‘llanilishini ko‘rsatadi.
Bu metodning afzalligi shundan iboratki, yuqori darajada sezgir indikator- kraxmal eritmasi ishlatilishi tufayli aniq natijaga erishiladi.Biroq yodometriya metodining qo‘llanish soxasini chegaralab qo‘yqdigan tomonlari xam bor. Kraxmal yod bilan beqaror to‘q ko‘k rangli birikma beradi.
Ko‘k rang kraxmal zarrachalarini yod bilan adsorbtsion birikma- yodokraxmal xosil bo‘lishi xisobiga kelib chiqadi.
Xarorat ko‘tarilishi bilan yodning kraxmal bilan birikmasi parchalanadi va eritma rangsizlanadi. Shu sababli, moddalarni yodometrik aniqlash xona xaroratida olib boriladi.
Qaytaruvchilarni aniqlash: Agar natriy tiosulьfat (Na2S2O3) eritmasiga erkin yod ta`sir ettirilsa, quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi:
2Na2S2O3 + J2 = Na2S4O6 + 2NaJ
Reaksiya natijasida natriy tetrationat deb ataladigan Na2S4O6 birikma hosil bo‘ladi. Bu reaksiya iodometrik usulning muhim reaksiyasi bo‘lib, ionli shaklda quyidagicha yoziladi:
2S2O32- + J2 = 2J- + S4O62-
Natriy tiosulьfatning molyar-ekvivalenti 248,2 Ch 2:2=248,2 g. ga teng (Na2S2O3 5H2O formulaga muvofiq). Yodning molyar-ekvivalenti uning molyar-massasiga teng. Na2S2O3 ning titrlash uchun olingan hamma eritmasi titrlanib bo‘lganda, titrlanayotgan suyuqlik bir tomchi yod eritmasi qo‘shilishi bilan och sariq tusga
kiradi.
Demak, bu holda ham huddi hromatometrik va permanganatometrikdagi kabi indikator ishlatmay turib titrlash mumkin.Lekin yodning titrlash ohirida namayon bo‘ladigan rangi bilinar-bilinmas bo‘lishi sababli ekvivalent nuqtaning aniqlanishini qiyinlashtiradi.
Shuning uchun indikator sifatida yod uchun nihoyatda sezgir reaktiv- krahmal eritmasi ishlatiladi. Ma`lumki, kraxmal yod bilan birikib, ko‘k tusli adsorbcion birikma hosil qiladi, krahmal eritmasidan foydalanilganda, titrlash ohirida suyuqlikka yod eritmasidan ortiqcha bir tomchi qo‘shish bilan u ko‘k tusga kiradi, natijada titrlashning ohirgi nuqtasi aniqlanadi.



Download 66.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling