Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet78/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Resurslar narxi. Bu narx oshsa, xarajat ortadi, agar u ka-maysa, xarajat pasayadi. Shunga ko‘ra ishlab chiqaruvchining oladi-gan foydasi kamayadi yoki ko’payadi. Foyda kamayganda taklif qisqaradi, u ko‘payganda esa taklif ortadi. Masalan, metall narxi-ning ortishi undan tayyorlanadigan stanoklar xarajatini oshirib, ularni kamroq taklif etilishiga olib keladi, chunki bundan foyda kam olinadi. Agar metall narxi pasaysa stanoklar taklifi ortadi, chunki xarajat qisqarib, bundan ko‘p foyda koTiladi.




  1. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiya qancha yuqori bo‘lsa, shunchalik xarajatlar kam bo’ladi, chunki ular tejaladi. Foyda olishga intilish ishlab chiqaruvchilarni Taklifni ko’paytirishga undaydi. Metallni qayta ishlashni olsak uning narxi oshganda ham stanok takhfi ko’payishi mumkin, chunki yuksak texnologiya kiritilganda, metall tejalib xarajatlar qisqaradi. Masalan, bitta stanok yaratish uchun 0,5 tonna metall kerak. 1 tonna metall 800 dollar turadi, demak bitta stanokning metall sarfi 400 dollar (800:2=400). Narx 10 % oshganda metall sarfi 440 dollar bo’ladi, lekin yangi texnologiya kiritilishi tufayli metall sarfi 20 % qisqaradi, natijada 88 doll tejaladi. Metall narxi ortishiga qaramay ishlab chiqarishning metall sighmi qisqaradi. Ilgari metall sarfi 400 dollar bo‘lsa, endi uning sarfi 352 (440-88=352) dollar. Bu esa foydani oshirib, taklifni ko‘paytiradi.




        1. Moiiya vositalari. Bular jumlasiga soliqlar va subsidiyalar (moliyaviy yordam) kiradi. Soliqlaming ortishi xarajatlami oshirib, foydani qisqartiradi, demak taklifni ham qisqartiradi. Aytaylik soliqlar ishlab chiqaruvchilar tushumining (tovar sotishdan kelgan pul) 28 % iga teng. Soliq oshib, u 40 %ga yetsa, o‘z-o‘zidan ma’-lumki, bu narx o'zgarmagan sharoitda foydani 12 % (40—28=12),

107


qisqartiradi. Shunga javoban ishlab chiqaruvchi taklifni qisqartirib, boshqa foydasi ko'proq tovarni ishlab chiqarisliga o‘tadi, Bordi-yii davlat yangi tovarni ishlab chiqarishga subsidiya bersa, lining hisobidan xarajatlarning bir qismi qoplanib, korxonaning o‘z sarfi qisqaradi va shu subsidiya summasiga teng qo'shimcha foyda ko‘riladi. Bu esa tovar takliflni ortishiga olib ketadi. Masalan, bitta geleoisitgich (quyosh isitgichi) 5 min so'mga sotiladi. Bundan 50 ming so‘m foyda ko‘riladi. Agar davlat firmani rag‘batlantirish maqsadida bitta isitgich uchun 50 ming so‘m subsidiya bersa, foyda shunchaga ko'payadi va 100 ming (50+50=100) so'mni tashkil etadi. Shunga binoan subsidiya isitgich ishlab chiqarishni ko‘pay-tirib, uning bozorga taklif qilinishini oshiradi.


  1. loiorga tafcJif etifadigan boshqa tovarlar narxi. Bozorga tur-dosh, o‘rinbosar yoki bir-birini toldiruvchi tovarlar chiqariladi. Ulardan birining narxini o'zgarishi boshqasining taklifini o‘zgartirib yuboradi, chunki bu talabga ta’sir etadi, Masalan, marshrutli taksi narxi oshsa unga talab qisqaradi, bu avtobiis xizmatlariga talabni oshirib. ular taklifini ko'paytiradi.




  1. Bozor narxlarinlng o‘zgarish ehtimoli. Tovar taklifini ishlab chiqaruvchilar bozor narxini moljalga olib shakllantiradilar. Foyda ham, zarar ham narxga bog‘liq bolganidan ishlab chiqaruvchilar tovarni, bozorga birdan chiqarishi yoki qulay payl poylab chiqarmay turishi mumkin. Agar narxning ortishi kutilsa tovar taklif etilmay turiladi. Bordi-yu narxning pasayishi kutilsa tovarlar toAtatil-masdan bozorga tashlanadi. Ma’lumki, dehqoniar sabzi, piyoz, kartoshka kabi mahsulotlarni kuzda sotmay, qishda va erta bahorda narx ortishini poylab turadiiar va ularni kechiktirib taklif etadilar. Agar neft narxining ortishi kutilsa, uning zaxirasi ko‘paytiriladi, bordi-yu narxning pasayish ehtimoli bolsa, neftni zaxiraga o‘t-kazmay uni darhol bozorga tashlaydilar,




  1. Eesurslar va ishlab chiqarish quwatlariniiig yetarli boiishi yoki boimasligi. Taklif ortishi uchun qo‘shimcha ishlab chiqarish imko-niyatiari boMishi zarar. Agar bular bolmasa, narx oshgan taqdirda ham taklif ko‘paymaydi. Resurelar cheklanganligidan ularni ko‘pay-tirish vaqt talab qiladi. Ulardan ayrimlarini umuman ko‘paytirib bolmaydi, masalan, yerosti boyliklarini. Tiklanadigan resurslar esa vaqt talab qilganidan taklifni darhol oshirmaydilar. Masalan, oTmon-dagi daraxt 30 yilda pishib yetiladi, yog‘och narxi qanchalik oshmasin, agar daraxti mo1 o'rmon bolmasa taklifni ko‘paytirish mushkul ish. Resurslar yetarli bolganda ham bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatlari bolmasa, taklifni oshirib bolmaydi. Masalan, neft narxi oshdi, yerqa’rida neft ham bor, biroq ishlamay turgan neft quduqlari

10 8


yo‘q. Demak, neftni qo'shimcha chiqarib bolmaganidan, Lining takJi-fi ortmaydi. Taklifga ta’sir etuvchi omiJlar turlicha va hatto qara-ma-qarshi yo‘na!ishda bo rad i va bu uning notekis o‘zgarishiga olib keladi.

Xiilosalar




    1. Talab — bu xaridorlarning bozordagi tovarlarni muayyan narxda xarid etishga shay bo‘lishJaridir. Talab asosida ehtiyoj yotadi, lekin buni bozorda talabga aylanishi uchun xaridorning tovarlarni sotib olishga puli yetarli boMishi kerak. Aks holda ehtiyoj talab hosil qihnaydi. Ay rim xaridorning talabi individual talab bo‘lsa, Jami xaridorlarning talabi bozor talabi boMadi.

    2. Talabga ta’sir etuvchi omillar 3 guruhga ajratiladi:

      1. narxlar. Bu muayyan paytdagi aniq bir tovar narxi, oTinbosar tovarlar narxi va o’zgarishi kutiladigan narxlar. Bular talabni oshi-rishi yoki qisqartirishi mumkin;




        1. xaridorning pul daromadi yoki xarid qurbi, Narx o‘zgar-magan holda daromad oshsa talab ko‘payadi, aksi boMsa talab kamayadi;




        1. xaridorning qaysi tovarni afzal ko'rishi, bu uning didiga va xohishiga bog’liq. Narx va daromadni xaridor o‘z bilganicha o‘z-gartira olmaydi, lekin ularni nazarda tutgan holda xaridor o‘zi afzal ko‘rgan tovarga talab bildiradi.




    1. Talab qonuni - bozor qonuni. Unga binoan tovarlarga talab ularning narxiga nisbatan teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Bu qonunning naqadar amal qilishini talabning narxiga bog’liq elast-likligi, ya’ni narx o’zgarishiga Javoban talabning qanday darajada o‘zgarishi ifoda etadi. Bozorga elastik talab xos bohadiki, bunda narx o‘zgarishiga nisbatan talab ko‘proq o’zgaradi.

    2. Narxdan tashqari talabga xaridor daromadlari ham ta’sir etadi, biroq buni talab qonuni ifoda etmaydi. Daromadning talabga ta’siri uning samarasi boMadi. Narx o‘zgarmagan sharoitda talab daromadga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda boMadi. Talabning da-romadga bog‘liq elastikligi ham borki, bunda talab daromaddan Jadalroq o‘zgaradi.




  1. Talabni tovarning qadr-qiymati ham belgilaydi, bu esa tovar nafliligining uning narxiga nisbatan qiyoslanishidir. Naflilik tovarning ehliyojni qondira olish xususiyati bo’lib, buni xaridorlar subyektiv baholaydilar. Shunga ko‘ra tovarni afzal ko'rish paydo bo‘ladiki, bu ham talabni yuzaga chiqaradi. Iqtisodiyotda marjinal (cheklangan) naflilik qonuni amal qiladi, unga binoan bozordagi ta-

109


lab qondirilgan sari so‘nggi qo‘shimcha tovarlar naffiligi pasayib boradi. Naflilikning pasayishi talabni qisqaitiradi, bozor talabiga javob berish uchun nafliligi yuqori tovariarni ishlab chiqarishga o‘tish zarur bo‘ladi.


  1. Talabga taklif peshvoz chiqadi. Tovarlar taMifi —bu muayyan narx ama! qilganda tovarni sotish uchun bozorga qo‘yilishidir. Muayyan tovarni ayrim ishlab chiqaruvchi taklif etishi bu individual taklifdir. Ana shunday tovarni barcha ishlab chiqaruvchilar taklif etishi bozor takiifi hisoblanadi.

  2. Bozorda taklif qonuni ham amal qiladi, unga binoan taklif narxga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo'ladi.

Mazkur qonunning amal qilishini taklif elastikligi, ya’ni tak-lifning narxga javoban naqadar o‘zgarishi bildiradi. Bozorga elastik taklif xos bo'ladi, bu taklifning narxga nisbatan tezroq o'zgarishini bildiradi.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling