Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet16/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Nomoddiy ishlab chiqarish —moddiy shaklga ega bo‘lmagan, lekin aholi uchun zarur xizmatlarni ko'rsatish. Mazkur sohaga

20


aholiga madaniy-maishiy, tibbiy, sport-fizkultura xizmati ko‘rsa-tish, bilim berish xizmati kabilar kiradi.
Moddiy ishJab chiqarish birlamchi, unga qarab nomoddiy soha rivojlanadi. Moddiy ishlab chiqarish nomoddiy soha uchun ish kuchini bo‘shatib be rad i, uni moddiy resurslar bilan ta’minlaydi, bu sohada ishJovchilar iste’molini qondiradi. Lining darajasi qancha yuqori bo‘lsa, nomoddiy soha ham shunchalik rivoj topadi. Demak, ikki soha to‘g‘ri mutanosiblikda turadi, ammo ularning nisbati iqtisodiyotning darajasiga bog'liq bo‘ladi.
Yaratiladigan mahsulot va xizmatlar qaysi maqsadni ko‘zlashiga qarab iste’mol buyumlari va xizmatlariga va shuningdek, yaratila­ digan moddiy resurslarga — ishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Masalan, ishlab chiqarilgan don-dun, meva-sabzavot, sut-qatiq kiyim-kechak kishilar iste’molini qondirishni mo'ljallaydi. Yara-tilgan mashinalar, uskunalar, qazib olingan neft yoki rudalarni esa kishilar iste’mol qilmaydi. Liar ishlab chiqarishda moddiy resurs sifatida ishlatiladi, ular yordamida iste’mol ne’matlari yangidan yaratiladi.
Jamiyat uchun iste’mol ne’matlarini ko‘paytirish birlamchi ahamiyatga ega. Ammo buning uchun ishlab chiqarishga qo‘shim-cha jalb etiladigan resurslar talab qilinadi va bunga ularni ko‘plab ishlab chiqarish orqali erishiladi. Yaratiladigan (ko’rsatiladigan) xiz­ matlar ham bir xil bo‘lmaydi. Llarning bir qismi kishilar hayoti uchun zarur bo’lgan ijtimoiy xizmatlar bo‘lsa, boshqa qismi ishlab chiqarish xizmatlaridirki, bularga transport, energetika, suv xo‘ja-ligi, aloqa xizmatlari kiradi. Ishlab chiqarishda yaratilgan ne’matlar iqtisodiy ne’matlar bo‘ladi. Bulardan birinchisi individual ne’matlar, ya’ni ayrim kishilar yoki xonadonning ehtiyojiga xizmat qiluvchi ne’matlar. Ikkinchisi —ijtimoiy ne’matlar — kishilarning birgalik-dagi ehtiyojini qondiruvchi ne’matlardir. Bular jumlasiga ekologik toza muhitni ta’minlash, turmush xavfsizligini ta’minlash, kishilar sog’ligini saqiash, ta’Iim-tarbiya xizmatlari kabilar kiradi.
Ehtiyojni qondirishning bosh vositasi ishlab chiqarishdir. Ammo iqtisodiyot bu bilan cheklanmaydi, chunk! yaratilgan mah­ sulot va xizmatlarni iste’molga yetkazib berish ham kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish turlari ixtisoslashgan, ya’ni ular muayyan mahsulot va xizmatni muayyan miqdorda yaratishga moslangan bo'ladi. Ehti-yojlarg‘oyat xilma-xil, ulami muayyan bir turdagi ishlab chiqarish bilan qondirib bo‘lmaydi. Shu sababli turli sohalardagi mahsulot va xizmatlar bir-biriga ayirboshlanib, ularni ehtiyoj uchun zarur to'plamlari paydo bo‘ladi, so'ngra esa ular iste’mol qilinadi.

21


Ayirboshlash jarayonida kishilar zarar bo‘lgan noz-ne’matlarga ega bo'ladilar. Ayirboshlash 2 usulda yuz beradi.


  1. Barter, bunda bir mahsulot boshqasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri va ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi. Bu yerda pul ishtirok etmaydi. Masalan, barter ayirboshlashi yuz berganda 1 tonna metall

= 10 tonna bug‘doy = 3 tonna paxta = 2 tonna shakar - 12 taxta bo'ladi. Barter —ayirboshlashning arxaik, ya’ni o‘ta ko‘hna shakli, mahsulot turlaii ko‘payib, ayirboshlash kengaygan sharoitda u ish bermay qo‘yadi, chunk! mahsulotlar g‘oyat ko‘p boiganidan bir mahsulotni boshqa kerak mahsulotni topib unga ayirboshlash g'oyat qiyin bo'ladi, bu operatsiya uzoq vaqt talab qilganidan, ehtiyojni qondirish kechikadi va bu qimmatga tushadi.




  1. Tovar ayirboshlash usuli. Bu usul savdo-sotiqni bildiradi, u yuz berganda bir tovar boshqasiga pul vositasida ayirboshlanadi, ya’ni tovar pulga sotiladi va shu pulga boshqa tovar xarid etiladi. Bu usul ehtiyojni o‘z vaqtida, tez va arzon qondirish imkonini yaratadi, chunki pulga xohlagan narsani xohlagan vaqtda sotib olish mumkin. Bu usul barterdan farqli oriaroq, ayirboshlashning tez bo'lishini, binobarin tovar topish uchun zarar vaqtning tejalishini ta’minlaydi. Ayirboshlash jarayonida, u qanday bo’lmasin, pirovard natijada kishilar ehtiyoj uchun zarar mahsulot va xizmatlarga ega bodadilar. Ishlab chiqarishda kishilar turli darajada qatnashadilar va turli natija keltiradilar. Shu bois ular yaratilgan ne’matlami bir xil miqdorda olishlari mumkin emas. Bu ne’matlar albatta taqsimlanishi kerak. Taqsimlash ishlab chiqarishning hosilasi hisoblanadi, ammo u ishlab chiqarishga qaytadan ta’sir eta oladi va bunga motivatsiya (meh-natga intilish) orqali erishiladi. Agar kishilar taqsimlash jarayonida ne’matlarga qanchalik ko‘p ega bo‘lsa!ar, ularda motivatsiya shunchalik kuchli bo‘ladi va aksincha.



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling