«Iqtisodiyot va valuta» ittifoqidagi integratsiya. Bu hozir-chalik integratsiyaning eng oliy shakJi, bosqichi bo‘lib, bu mamla-katlarni faqat savdo-sotiq va ishlab chiqarish sohasida emas, balki moliyaviy sohada ham birlashishlarini bildiradi. Bu yerda yagona budjet, soliq va kredit tizimi o‘rnatiladi. Yagona, hamma ishtirokchilarning umumiy pul birligi kiritiladi, bu milliy pullar o‘rnini bosuvchi baynalmilal pul hisoblanadi. Umumiy bozorning yangicha ittifoqqa aylanishi Yevropada yuz berdi. llgarigi «Umumiy bozor» «Iqtisodiyot va valuta ittifoqi»ga aylangan. Bu yerda inte-gratsion aloqalar kengayib, ularga yagona pul birligi yevro xizmat qiladi. Bu ittifoq kelajakda yagona umumyevropa xojaligi tashkil topishidan darak beradi. Bu yerdagi integratsiyaning samaradorligi shundaki, unda ishtirok etuvchi mamlakatlar iqtisodiyoti barqaror 0‘sadi. Korxonalar hajmi g‘oyat katta umumiy bozorga ishlaganlari uchun ular tovarlariga talab oshadi. Shunga qarab resurslar oqilona taqsimlanadi, ya’ni kerakli joyga kerakli miqdorda resurslar yuboriladi. Bu bilan mehnat unumdorligi oshadi, tovarlar tarkibi yangilanadi, daromadlar ham oshadi, turmush darajasi yuksaladi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘z mustaqilligini saqlagan bo‘l-salar-da, ular o‘z huquqining bir qismini Umumyevropa tashkilot-lari boMmish Yevropa parlamenti, Yevropa ministrlar soveti va Yevropa markaziy bankiga berganlar. Demak, integratsiya jaryoni mustaqillikdan qisman voz kechishni talab qiladi. Integratsiya dunyoda yuz beradigan globalizatsiyaning yuksak bosqichi hisob lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |