Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov
A .Shishkin ham da Y a .G 'u lo m o v kabi arxeolog, tarixchi olim lar
Download 3.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K
A .Shishkin ham da Y a .G 'u lo m o v kabi arxeolog, tarixchi olim lar
m illiy harakatli o ‘yinlarga katta e ’tibor berishgan. Sobiq sho‘ro hokimiyati yillarida ham (1917—1991) harakatli o'yinlarga oid bir qator to ‘plamlar nashr etilgan. Ulardan asosan o'quv yurtlarida o ‘quv qo‘llanmalari sifatida foydalanilgan. Taas- sulki, uiaming tarkibida o‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari umu- nian uchramaydi. T.S.Usmonxo‘jayev va H.Tojiboyevlar rus tilidagi harakatli o'yinlarga oid matnlami taijima qilib, ular mazmunini milliy hara katli o'yinlar bilan to ‘ldiiganlar va ilk bor (1963) nashr ettirganlar. Mustaqillik yillarida «Harakatli o£yinlar» to ‘plamlarini qayta nashr qilish, ulami yangi o‘yinlar bilan boyitishga T.S. Usmonxo‘jayev, A.Sh.Qosimov, F.N.Nasriddinov, O.O.Po'latov, F.Xo‘jayev, f l.Meliyev kabilar o‘z hissalarini qo‘shdilar. 0 ‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti ( 0 ‘zDJTI) va respublikamizdagi boshqa jismoniy tarbiya oliy o ‘quv yurtlarida «Harakatli o ‘yinlar» maxsus fan sifatida o‘qitiladi. Mustaqillik sha- rofati bilan jismoniy tarbiya fakultetlarida «Milliy harakatli o ‘yinlar» fani yangidan o'rganila boshlandi. Ushbu fanni o'qitishdan maqsad jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bolajak mutaxassislarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari hamda malakalarini chuqur- lashtirishdir. Shu sababdan harakatli o ‘ymlardan deyarli barcha sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan darslar va sport mashg‘ulotlari (trenirovkalar)da maqsadli foydalanish yo‘lga qo'yilgan. Bu o ‘z navbatida milliy harakatli o ‘yinlarga e ’tibomi yanada oshirishga kocmak beradi. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g‘risida»gi (1997), «Jismoniy tarbiya va sport to ‘g‘risida»gi (2000, yangi tahrir) qonunlariga rioya qilish hamda 0 £zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari, Kadrlartayyorlash milliy dasturi, sog'lom avlod davlat dastmini amalda bajarishda «Milliy harakatli o‘yinlar» fani asosiga yangi vazifalar mujassamlashadi. Ulami quyidagi yo‘nalish- larda ijro etish maqsadga muvofiq bo'ladi, ya’ni: 1. Milliy harakatli o‘yinlami shug‘ullanuvchilaming yoshiga qarab belgilash va turkumlarga ajratish (jismoniy sifatlami tarbiya- lovchi). 2. Maktabgacha ta ’lim muassasalarida tashkil etiladigan hara katli o‘yinlaming tartib va tizimlarini qo'llash. 3. Boshlang‘ich (I—IV) vayuqori sinflar (V—VII, VIII—IX), kollej va litseylarda o ‘tiladigan harakatli o'yinlam ing ijtimoiy- tarbiyaviy xususiyatlariga e ’tibomi kuchaytirish. 4. Aholi istiqomat qiladigan joylar, istirohat bog'lari, o‘quvchi- yoshlar va talabalaming yozgi dam olish oromgohlari, sog‘lom- lashtirish sport markazlarida tashkil etiladigan harakatli o‘yinlami sharoitlarga qarab belgilash va h.k. Talabalarga milliy harakatli o'yinlarning ijtimoiy-madaniy, tarbiyaviy, sog‘lomla8htirish xususiyatlari, shuningdek, m ehnat va Vatanga sadoqat tuyg'ularini his ctishdagi ijtimoiy-pedagogik jarayonlami mukammal, chuqur singdirish davr talabidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling