O‘ljallangan bo‘lib, ma’lumot almashuvini samarali ravishda tashkil etishga imkon


Download 29.83 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi29.83 Kb.
#1379419
Bog'liq
tot


o‘ljallangan bo‘lib, ma’lumot almashuvini samarali ravishda tashkil etishga imkon 
beradi.
Paketlar kommutatsiyasida foydalanuvchilararo uzatilayotgan xabarlar kichik 
qismlar - paketlarga bo‘linadi. Ma’lumot uzatish tarmoqlarida paket asosiy uzatish 
birligi hisoblanadi. Katta xajmdagi xabarlarni kichik paketlarga bo‘linishi tarmoqda 
ma’lumot uzatish tezligini keskin oshishiga olib keladi. Xabarlar turli uzunlikga ega 
bo‘lishi mumkin ya’ni bir necha baytdan o‘nlab megabaytgacha, shuningdek 
paketlar o‘zgaruvchan uzunlikga ega bo‘lishlari mumkin.


Paketlar kommutatsiyasida trafik uzatilishini tashkil etish: 


Paketli kommutatsiyaning afzalliklari: 
• pulsatsiyali trafikni uzatishda tarmoqni o‘tkazish qobiliyatini oshirish 
imkoniyatini beradi; 
• foydalanuvchilar aro trafik holatini inobatga olgan holda, tarmoq 
sharoitiga nisbatan fizikaviy kanallarning o‘tkazish qobiliyatini taqsimlash 
imkoniyati. 
Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari: 
• kommutatorlar buferlarida to‘sqinliklar tarmoq holatiga bog‘liq 
bo‘lganligi sababli foydalanuvchilar aro uzatish tezligi noaniqligi; 
• ma’lumot paketlarining to‘sqinligi o‘zgaruvchanligi; 
• buferlarda navbatlar ortib ketganligi sababli ma’lumot (paketlar) 
yo‘qolishi. 
Xabarlar kommutatsiyasi. Xabarlar kommutatsiyasi usuli, o‘z vazifalari 
bo‘yicha paketlar kommutatsiyasiga yaqin. Bu usulda ma’lumotlarning to‘liq bloki 
tarmoqning oraliq tugunlarida vaqtincha saqlanib, tranzit tugunlari aro uzatiladi. 
Xabar tarkibidagi axborot uning uzunligni belgilaydi.
Tranzit tugunlar o‘zaro bog‘lanishda nafaqat paketli, balki kanallar 
kommutatsisi asosidagi tarmoqdan foydalanishlari mumkin. Xabar oraliq tugunda 
bir vaqt saqlanishi mumkin va tarmoq bo‘shashi bilan kerakli foydalanuvchiga 
yetkaziladi. Bunday ishlash printsipi yuqori bo‘lmagan xabarlar yetkazilishda 
qo‘llaniladi (misol uchun, elektron xat, matnli xujjat, fayl) va oraliq «saqlash bilan 
uzatish» (store-and-forward) usuli nomini olgan. Hozirgi kunda xabarlar 
kommutatsiyasi, asosan, paketli kommutatsiyali tarmoqlarida qo‘llanish pog‘onasi 
xizmati sifatida faqat ba’zi tezkor bo‘lmagan xizmatlar tashkil etishda qo‘llaniladi.
Download 29.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling