Olmaliq filiali «Konchilik elektr mexanikasi»
Download 0.54 Mb.
|
23 sxema
Umumiy holat
PUE ga asosan bir tarafdan ta’minlanadigan ikki chulg‘amli pasaytiruvchi transformatorlarda quyidagi turdagi himoyalar ko‘rib chiqiladi. CHulg‘am va chiqishlaridagi ko‘p fazali QT lardan: transformator quvvati 6300 kVA va undan katta bo‘lsa, parallel ishlayotgan quvvati 4000 kVA li transformatorlarda differensial himoyaning sezgirligi talab qilingandan kam bo‘lsa, u holda to‘yintirilgan oraliq TT qo‘llaniladi. Bundan tashqari, quvvati 1000 kVA dan kichik bo‘lmagan transformatorda tokli kesimning sezgirligi talabga javob bermasa, MTH ning sabr vaqti 0.5 s dan katta bo‘lsa, differensial himoya ko‘rib chiqilishi mumkin. agar differensial himoya ko‘rib chiqilmasa, ta’minlash manbasi tomoniga sabr vaqtli tokli kesim o‘rnatiladi. YUqoridagi himoyalar transformatorning ikkala o‘chirgichiga ta’sir qilib o‘chirishi kerak. Tashqi QT sababli chulg‘amlardagi toklardan: maksimal tokli himoya ta’minlash tomoniga o‘rnatiladi, u transformatorning ikkala tomonidagi o‘chirgichga ta’sir qiladi, agar sezgirligi etarli darajada bo‘lmasa quvvati 1000 kVA dan yuqori bo‘lgan transformatorda minimal kuchlanish bo‘yicha ishga tushirgich ishlatiladi. O‘ta yuklanish sababli chulg‘amlardagi toklardan: tokli himoya quvvati 400 kVA va undan katta transformatorlarda o‘ta yuklanish paydo bo‘lsa bitta tok relesida bajariladi. CHulg‘am o‘ramlari orasidagi tutashuvdan va moyning darajasi pasayishidan: transformatorda gazli himoya quvvati 1000 kVA dan, sex transformatorlari quvvati esa 630 kVA va undan yuqori bo‘lsa moy pasayganda va kuchsiz gaz oqimi paydo bo‘lsa signalga ishlaydi, kuchli gaz oqimi paydo bo‘lsa o‘chirishga ishlaydi. Agar differensial yoki tokli kesim mavjud bo‘lsa kuchli gaz oqimi signalga ta’siran javob berishga ruxsat etiladi. Agar transformatorni liniyaga o‘chirgich bo‘lmagan holda ulagan holatida (sex ichidagidan tashqari) shikastlanishni o‘chirish uchun saqlagichlar, qisqa tutashtirgichlar va h.k. ko‘rib chiqiladi. Saqlagichlarni yuqori kuchlanishi 10 kV quvvati 1000 kVA dan katta bo‘lmagan, kuchlanishi 35 kV da esa 3200 kVA dan katta bo‘lmagan transformatorlarga o‘rnatish tavsiya etiladi. Tokli kesim, MTH va o‘ta yuklanishdan himoya transformatorlarning ta’minlash tomoniga o‘rnatiladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling