Shtanga bilan bajaraladigan mashqlar texnikasi uchun alohida e’tibor berish kerak — agar siz shug’ullanishni endi boshlagan bo’lsangiz, mashqlarni 5-8 marta emas, 10-12 martadan takrorlash maqsadga muvofiq, shuningdek murabbiy topish va sherigingiz bilan birga shug’ullaning, chunki u sizni mashg’ulot qilayotganingizda kuzatib turadi va kerak bo’lsa yordamlashib yuboradi.
Mashqlarni boshlash oralig’idagi vaqt kamida 90 soniya bo’lishi kerak, bu vaqt ichida siz xona bo’ylab yurishingiz va yengil harakatlar qilishingiz kerak bir joyda nafas rostlab o’tirish yaramaydi. Turli mashqlar oralig’idagi vaqt — taxminan 2 daqiqa. Takrorlashlar bu bitta mashqni qayta va qayta bajarish, masalan 10 marta o’tirib turish, yondashuv esa bir muncha dam olib, huddi o’sha mashqlarni yana bir bor takrorlash, masalan 10 marta o’tirib turdingiz, biroz dam olidngiz va yana 10 marta o’tirib turdingiz. Bu holatda 2 bor yondashuv bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |