«Olmaliq kmk» aj o‘quv markazi tasdiqlayman
Asosiy uskunalarning texnik tavsiflari bilan tanishish
Download 72.8 Kb.
|
102 Сhilangar-ta\'mirlovchi Yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3 Detalga chilangarlik ishlov berish
- 2.4 Ta’mirlash ishlarida ishtirok etish
2.2 Asosiy uskunalarning texnik tavsiflari bilan tanishish
Asosiy agregatlarning texnik tavsiflari, ularning konstruktiv xususiyatlarini o‘rganish. Xizmat ko‘rsatish tizimi, moylash va ta’mirlashlarning davriyligi bilan tanishish. Alohida e'tibor talab qiladigan joylarni, shuningdek, tez yeyiladigan detallardan iborat qismlarni ko‘zdan kechirish. Tayyorgarlik ishlarini bajarish tartibi, alohida agregatlarni ta’mirlash usullari, yuklarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirish zarurati yuzaga kelganda harakatlanish sxemasi bilan tanishish. 2.3 Detalga chilangarlik ishlov berish 3-razryadli chilangar-ta’mirlovchi uchun. 3-4 – aniqlik sinflari bo‘yicha alohida detallarga chilangarlik ishlov berish yo‘l-yo‘riqlari va usullarini o‘zlashtirish. O‘zaro joylashuv holati va o‘lchamlarga rioya qilgan holda zich va sirpanuvchan o‘tqazishlar bilan yig‘ilgan, murakkab bo‘lmagan detallarni ta’mirlash usullarini o‘zlashtirish. Murakkablik toifasi yuqori bo‘lmagan moslamalar bilan tanishish. 4-razryadli chilangar-ta’mirlovchi uchun. 2-3 – aniqlik sinflari bo‘yicha alohida detallarga chilangarlik ishlov berish usullarini o‘zlashtirish. Qo‘zg‘almas o‘tqazishlar bilan yig‘ilgan murakkab texnologik uskunalarni ta’mirlash usullarini o‘zlashtirish. Moslamalarni tayyorlashda ishtirok etish. Aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchov asboblarini qo‘llash. 5-razryadli chilangar-ta’mirlovchi uchun. 1-2 – aniqlik sinflari bo‘yicha murakkab detallarga chilangarlik ishlov berish yo‘l-yo‘riqlari va usullarini o‘zlashtirish. Yuqori aniqlikdagi moslashtirishni talab qiladigan o‘ta murakkab uskunalarning qismlarini yig‘ish. Yuqori aniqlik sinfidagi o‘lchov asboblarini qo‘llash. 2.4 Ta’mirlash ishlarida ishtirok etish 3-razryadli chilangar-ta’mirlovchi uchun. Ishlab chiqarish ta’limi yo‘riqchisi rahbarligi ostida o‘rta murakkablikdagi texnologik uskunalar va asosiy uskunalarning yordamchi qismlarini ta’mirlashda ishtirok etish. O‘rtacha murakkablikdagi qismlar va mexanizmlarni qismlarga ajratish, ta’mirlash, yig‘ish, rostlash. Uskunalarni qismlarga ajratish va yig‘ish ketma-ketligi, murakkab bo‘lmagan nuqsonlarni bartaraf etish usullari bilan tanishish. Kichik mexanizatsiyalash moslalmalari va vositalaridan foydalangan holda ishlash yo‘l-yo‘riqlari bilan tanishish. Mustaqil operatsiyalarni o‘tkazish uchun murakkab bo‘lmagan moslamalarni tayyorlash. Ish joyini tayyorlash, ta’mirlash vaqtida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. 4-razryadli chilangar-ta’mirlovchi uchun. Asosiy uskunalarni kapital ta’mirlashda ishtirok etish. Murakkab uskunalarni qismlarga ajratish, yig‘ish ishlarida ishtirok etish. Uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha nuqsonlar dalolatnomasi, ishlarni xavfsiz olib borish sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha tayyorgarlik va ularning joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar bilan tanishish. 5-razryadli chilangar-ta’mirlovchi uchun. Ishlab chiqarish ta’limi yo‘riqchisi rahbarligida murakkab va o‘ta murakkab uskunalarni o‘rta va kapital ta’mirlashda ishtirok etish. Ta’mirlashga tayyorgarlik ko‘rish tartibi, texnik hujjatlar, ishlarni xavfsiz olib borish qoidalari bilan tanishish. Avariyalar sabablarini, qismlarning nome’yoriy ishlashi sabablarini, alohida detallarning yeyilishini aniqlash. Aniq o‘lchov asboblarini qo‘llagan holda qismlar va agregatlarni rostlash hamda sinovdan o‘tkazish. Eng ilg‘or ta’mirlash usullari bilan tanishish. Download 72.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling