Oʻlmas Umarbekov 1 library ziyonet uz


Download 5.01 Kb.

bet1/15
Sana17.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

Odam boʻlish qiyin (roman) 
Oʻlmas Umarbekov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Odam boʻlish qiyin (roman) 
Oʻlmas Umarbekov 
 
M
UQADDIMA
 
 
Osmondagi boʻztoʻrgʻay 
Boʻzlamasang na boʻlgʻay? 
Gulchehraning holini 
Soʻzlamasang na boʻlgʻay? 
Alyor 
 
Hamma jim. Hammaning boshi quyi solingan... Podsho hayron boʻldi. 
— Bu jimlikning boisi nima? 
Yana hech kimdan sado chiqmadi. Oradan ancha vaqt oʻtdi. Ogʻir sukunatni Suqrotdek 
keksa bir olim buzdi. 
— Shohim, roʻparangizda bosh egib turganlar mendan yosh. Men esa dunyoga qachon 
kelganimni unutganman, dunyoning barcha achchiq-chuchugini totgan odamman. 
Shularning qonidan kechsangiz, men aytay? 
— Ayt! 
 
Shunda keksa olim dedi: 
— Oʻgʻlingizning dunyoda tengi boʻlmaydi. Na kuchda, na aqlda. Ikki oyligida ikki 
yoshlik bolaning ishini qiladi, ikki yoshida esa yigirma yoshlik yigitday boʻladi. Oʻn 
yoshida oʻzini fir'avn e’lon qiladi. Uning dastidan vayron boʻlmagan uy, mamlakat 
qolmaydi. Shuning uchun ham umrining ikkinchi yarmi pushaymonda, azobda oʻtadi. 
— Jallod! — qichqirdi shunda shoh va tizzasida oʻynab oʻtirgan oʻgʻlini bagʻriga bosdi. 
Qirq kunlik bola birdan otasining soqoliga chang solib, yarmini yulib oldi. 
— Gapimning birinchi isboti bu! — dedi keksa olim. 
 
Shoh quloq solmadi. Olimni olib chiqib ketishdi. 
 
Oradan koʻp yillar oʻtdi. Shoh Muslim keksa olimning gaplarini ham, oʻzini ham unutdi. 
Shahzoda olim karomat qilgandek kun sayin, soat sayin oʻsib, oʻn yoshga toʻlganda 
ajoyib yigit boʻldi. Shoh ham, xalq ham uning husniga qarab, gaplarini eshitib 
toʻyishmasdi. Ammo shahzoda hech kimga parvo qilmas, oʻz aqliga, oʻz kuchiga mahliyo 
edi, koʻp vaqtni otasining taxtida oʻgkazardi. 
 
Bir kuni osmoni falakni qora bulut qopladi. Qattiq shamol turdi. Boʻron boshlandi. Sel na 
odamni ayadi, na dov-daraxtni! Birpasda gullab turgan mamlakat vayron boʻldi. 
Shaharlar, dalalar, togʻlar suv ostida qoldi. Boʻron tingach, shoh va shahzoda oʻzlarini 
suvda qalqib turgan yogʻoch ustida koʻrdilar. Yogʻoch shunday ingichka ediki, kimdir 
ozgina qimirlasa, ikkalovi ham agʻdarilib halok boʻlardi. Shahzoda otasiga dedi: 
— Ota, bu yogʻoch ustida ikkalamiz jon saqlolmaymiz. Sen mening tugʻilishimni istagan 
eding. Endi qoʻyib ber, men yashashim kerak. 

Odam boʻlish qiyin (roman) 
Oʻlmas Umarbekov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
 
Shunday deb shahzoda otasini suvga itarib yubordi. Shoh gʻarq boʻldi. 
 
Shahzoda oʻzga bir mamlakatga suzib kelib, oʻzini fir'avn e’lon qildi. Uning zulmidan, 
uning qahridan yarim xalq qochib qutildi, yarim xalq oʻldi. Mamlakatda fir'avnning 
oʻzidan boshqa hech kim qolmadi. U uzoq yashadi, ammo na tushida, na oʻngida hayot 
lazzatini surdi. Butun umri yolgʻizlikda, azob-uqubatda oʻtdi. 
 
Aytishlaricha, bunday odamlar yuz yilda bir tugʻilar emish... 

196... yilning jazirama yoz kunlaridan birida Mingbuloqqa kiraverishdagi oq tunuka 
tomli uyning eshigini yosh bir yigit taqillatdi. Olis yoʻl yurganidanmi, yo issiq qattiq 
ta’sir qilganidanmi uning oq batis koʻylagi kuraklariga yopishib qolgan, yoqasi ichidan 
boʻyniga tashlab olgan roʻmolchasi jiqqa hoʻl edi. 
 
Dam oʻtmay u kaftlari bilan yassi peshanasini, baroq qoshlari aralash yuz-koʻzlarini 
artardi. Ichkaridan hadeganda hech kim chiqavermadi, yigit besoʻnaqay karton 
chamadonini qoʻliga olib, eshikni oyogʻi bilan itardi. Yangi boʻyalgan jimjimador 
zangori eshik «gʻiyq» etib ochildi. Yigit ichkariga kirdi. Uy tomoni baland soʻridan 
iborat boʻlgan chorsi hovlida hech kim koʻrinmasdi. Hovlining oʻng biqinidan oʻtgan 
gʻisht yoʻlka yonidagi gulzorga jildirab suv oqib turardi, yigit shu tomonga qarab, tok 
tagiga keldi. Shunda u rovonda xontaxtaga tirsaklarini tirab tasbeh oʻgirib oʻtirgan 
kampirga koʻzi tushdi. Kampirning koʻzlari yumuq, ajin tortib ketgan ingichka lablari 
nimalarnidir shivirlardi. 
— Buvi, — dedi sekin yigit uni choʻchitib yubormaslik uchun. 
 
Kampir koʻzlarini ochdi va roʻparasida jilmayib turgan yigitga tikildi. Keyin birdan 
oʻzini orqaga tashladi-da, dedi: 
— Voy, oʻla qolay! Abdullamisan? 
— Men... 
 
Abdulla chamadonini yerga qoʻyib, rovonga koʻtarildi. 
— Voy, boʻyingga qoqiy! Voy, sadagʻang ketay! Sen keladigan kun ham bor ekan-ku! 
 
Kampir yoshiga munosib kelmagan epchillik bilan oʻrnidan turib, Abdullani quchoqlay 
ketdi. 
— Voy, men oʻlay seni tanimay! Indamay termilib oʻtiribman-a. Esonmisan, 
omonmisan? Nechuk, bolam, nechuk? Oʻzing keldingmi? Oying, dadang eson-omonmi? 
 
Kampir yangi koʻrpacha solib, Abdullani oʻtqazar ekan, sevinchi ichita sigʻmay, 
shangʻillab gapirar, Abdudla esa javob berishga ulgurolmay jilmayardi. U Mingbuloqqa 
bu gal oʻzi kelgan edi. Maktabni oltin medalʼ bilan bitirib, ozod qushdek boʻlgani uchun 
onasi yolgʻiz oʻzini yuborishga qarshilik qilmadi. Bir chamadon sovgʻa-salom qilib berib, 
joʻnatdi. Abdulla buvisinikiga, umuman, shu qishloqqa kelishni yaxshi koʻrardi. 
 
Qachonlardir Mingbuloq Qoʻqonning, qolaversa, butun Fargʻonaning eng goʻzal 

Odam boʻlish qiyin (roman) 
Oʻlmas Umarbekov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
sayilgohlaridan biri boʻlgan. Mingbuloqning markazidayoq tolzor takya vodiyning 
mashhur qiziqchilari, shoir va polvonlarini toʻplagan, Qulochga sigʻmaydigan tollar 
tagidagi supalarda oshxoʻrlar kunni kech qilishgan, shuhrati butun respublikaga tarqalgan 
ashulachi, cholgʻuvchilarning ashula, mashqlarini eshitishgan. 
 
Olis yoʻlga otlangan sayyoxlar ham Mingbuloqda toʻxtab, devziradan bir siqim osh qilib 
yeb ketishma-sa, koʻngillari joyiga tushmasdi. Mashhur Yusufjon qiziqning oʻz shogirdi 
Oxunjon qiziqqa yutqazgan joyi ham shu Mingbuloq boʻlgan. Tumonat odam oʻshanda 
taraf-taraf boʻlib askiyani toʻpolonga aylantirgan ekan. Bularni Abdulla koʻrmagan, 
dadasidan eshitgan. Urush sabab boʻlib Mingbuloqning fayzi ketib qoldi. Buzilgan 
oʻchoqlar, chirib, namdan mogʻor tortgan soʻrilar sershovqin tolzor takyaning oʻlimini 
eslatadi. Lekin hali ham bu joylarning koʻrki, hisobsiz katta-kichik buloqlar, shoxlari bir-
biriga chirmashib ketgan bahaybat tollarning shovur-shuvuri, muzdek havo dilni ravshan 
qiladi. Abdulla deyarli har yoz ikki-uch hafta oyisi bilan kelib turardi. Ammo ikki yildan 
beri, otasi kasalga chalinib yotib qolganidan beri kelmagan va buvisini juda sogʻingan 
edi. Qarib munkillab qolgan, qop-qora bu kampirni u yaxshi koʻrardi, soatlab uning 
gaplarini eshitardi, zerikmasdi va koʻpincha uning yonida yotib, hikoyalarini tinglab, 
tong ottirardi. 
 
Hojar buvi ham nevarasini yaxshi koʻrardi. U kelganda oʻtqazgani joy topolmay qolardi, 
agar koʻcha-koʻyda bolalar bilan oʻynab, u yer-bu yeri chaqa boʻlib qaytsa, jigʻibiyroni 
chiqardi. Abdulla uning yakkayu yagona nevarasi edi. U oʻzi ikkita farzand koʻrgan edi. 
Bittasi, Abdullaning onasi Shahodat, ikkinchisi, kenjasi Obid boʻlib, u shu oʻgʻli bilan 
turardi. Shaharga, qizinikiga borganda, ikki kundan ortiq turolmas, shahar shovqini 
boshini ogʻritardi, siqilardi. Buning ustiga u anchagina qari boʻlsa ham, mustaqil hayot 
kechirishni istardi. Oʻgʻli bilan turishiga qaramay, oʻz roʻzgʻorini oʻzi tebratardi va 
koʻpincha oʻgʻli unga yordam berishi oʻrniga, oʻgʻlining kam-koʻstlarini u toʻgʻrilab 
yurardi. Shundan boʻlsa kerak, kim bilan gaplashmasin, oʻzini magʻrur tutar va dasturxon 
atrofidagi eng yaxshi duosi: «Xudo birovni birovga zor qilmasin!» edi. 
 
Qishloqdagilar uni «Otinbibi» yo boʻlmasa «Zavod aya» deb atashardi. Abdulla otinbibi 
deyishlarining sababini bilardi. Hojar buvi anchagina oʻqimishli ayol boʻlib, bir qancha 
kitoblarni, dostonlarni yod bilardi, yoshligida Anbarotinga ergashib, bir qancha gʻazallar 
ham bitgan edi. Lekin u, nima uchun «Zavod aya» deyishlariga tushunolmasdi. 
Qachonlardir paxta tozalash zavodiga yangi kelganlardan biri uni «Zavod aya!» deb 
chaqirgan, shu-shu «Zavod aya» boʻlib ketgan. 
 
... Fotihadan soʻng, Hojar buvi darrov dasturxon yozdi, birpasda choy damlab keldi-da
nevarasining yoniga oʻtirdi. 
— Voy, Abdulla-ey, voy, bolam-ey! Shunday qilib, oʻzim keldim degin? Katta yigit 
boʻlib qolibsan, katta yigit! Dadang qalay? 
— Rahmat, tuzuklar, — dedi Abdulla. — Qon bosimlari ancha tushgan. Salom deb 
yubordilar. 
— Salomat boʻlsin. Bu kasal unga qayoqdan yuqa qoldi ekan? Xudo shifo bersa, tuzalib 
ketar. Oʻqishing bittimi endi? 
— Ha. Oltin medalʼ bilan tamomladim. 
— Boʻyingga qoqiy! 
 

Odam boʻlish qiyin (roman) 
Oʻlmas Umarbekov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Ular anchagina gaplashib oʻtirishdi. Abdulla sovgʻalarni topshirdi. Hojar buvi koʻziga 
yosh olib duo qildi. 
— Togʻamgilar qani? 
— Togʻang balnisaga ketgan, — dedi Hojar buvi qandaydir tashvish bilan. — Kelin 
oyingning koʻzi yoriydigan. Bilmadim bu gal nima boʻlar ekan, — kampir ogʻir 
xoʻrsindi. — Har bandaning boshida bir tashvish bor ekan-da, bolam. Toʻrtta tugʻdi, 
toʻrttovi ham uyga kelmay qazo qildi. Bunisi endi nima boʻlar ekan? Mayli, ishqilib, 
togʻangning baxtiga oʻzi omon boʻlsin. 
 
Oraga jimlik choʻkdi. Hojar buvi oʻz Hayollariga berilib, nevarasini bir daqiqa unutdi. 
Keyin seskanib, oʻrnidan turdi. 
— Esim qursin, ovqatga unnamay oʻtirishimni qara. 
— Ovora boʻlmang, buvi, qornim toʻq, 
— Ovorasi bor ekanmi? Hozir togʻang ham kelib qoladi. Sen birpas choʻzilgin. Men 
darrov osh qilib kelaman. Bor, mening uyimga kir. 
 
Hojar buvi pildirab oʻchoq boshi tomonga ketdi. Abdulla qishloqqa kelganidan hursand 
boʻlib, oʻrnidan turdi. Ancha vaqt hovlining oʻrtasidagi nashvati shoxida kukulab turgan 
musichani, oʻchoq boshida gʻimirlab yurgan buvisi, moʻridan gʻoʻzapoyaning achchiq 
hidini keltirib, burqsib chiqayotgan koʻkimtir tutunni tomosha qildi, keyin esnab 
ichkarigi xonaga, buvisining uyiga kirdi. Bu uyni u juda yaxshi bilar va yaxshi koʻrardi. 
 
Uy keng va chorsi boʻlib, hamma devori tokchalardan iborat edi. Tokchalarga har xil 
tusdagi katta-kichik qutichalar, hisobsiz kosa, choynak-piyolalar terib qoʻyilgan edi. 
Tokchalar oʻrtasidagi ustunlarning gʻaltak oʻtqazilgan qoziqlarida har doim 
dazmollangan va atir sepilgan sochiqlar osigʻliq turardi. Odam kam kirgani uchunmi, yo 
hovlining oftob tushmaydigan joyida boʻlgani uchunmi, uy yoz boʻyi salqin turardi. 
 
Abdulla muzdek beqasam koʻrpacha ustiga choʻzildi. Yumshoq par yostiqning rayhon 
hidini eslatuvchi yengil, yoqimli hidi gup etib dimogʻiga urildi. Qoʻllarini yoyib, 
koʻzlarini yumdi. Hovlida esa musicha hamon kukular, chars-chars yonayotgan 
gʻoʻzapoya ovozi unga qoʻshilib gʻalati, orombaxsh ohang kasb etardi. Imtihon 
tashvishlaridan qutulgan, yuragi ming xil orzular, noma’lum, ammo porloq kelajak 
lazzatlari bilan toʻlgan Abdulla oʻzini nihoyatda baxtli his qilar va mudrar ekan, yuzlarida 
tabassum oʻynar edi. 
 
Shu ahvolda u qancha yotdi, uxladimi, yo faqat mudradimi, bilmaydi, bir mahal quvnoq
yoʻgʻon erkak ovozini eshitib, turib ketdi. Deraza yoniga borib, hovliga qaradi. 
 
Oʻchoq boshi oldida togʻasi onasini quchoqlab, baqirardi: 
— Oʻgʻil, oyi! Oʻgʻil! Tirik! Tirik!.. Abdulla otilib hovliga tushdi. 
— Assalomu alaykum, togʻa. 
 
Obid aka uni koʻrib, onasini qoʻyib yubordi va qarshisiga yurdi. 
— O jiyan-e! Bormisan?! Juda yaxshi keldingda. Mana sen ham endi jiyanlik boʻlib 
qolding! 
— Tabriklayman. — Abdulla togʻasining qoʻlini siqdi. 
— Hoy, menga qara, oʻzini koʻrdingmi? — qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi. 

Odam boʻlish qiyin (roman) 
Oʻlmas Umarbekov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
— Koʻrdim. Qop-qora bir jish, — dedi Obid aka kulib. 
— Nafasingni sovuq qilma! Qora boʻlsa, oʻzimizga oʻxshar ekan-da. 
— Kimga oʻxshasa ham boshi omon boʻlsin, oyi! 
— Xudoyo aytganing kelsin. Hoy, Obid, samovarni yangila, hali zamon oshim tayyor 
boʻladi. 
 
Obid aka sevinchidan nimanidir xirgoyi qilib, samovar qoʻya boshladi. Birdan u qaddini 
rostladi va oʻchoq boshiga qarab baqirdi: 
— Oyi! Otini nima qoʻyamiz? 
— Qaydam? Oʻzlaring bilasanlar. 
 
Hojar buvining shunday deyishida jon bor edi. Bu uyda hamma narsa uning izmida 
boʻlib, uning aytgani-aytgan, degani-degan edi. Oldingi nevaralarining hammasiga ham 
tugʻilmasdan ism qoʻygan, uydagilar rozi boʻlishgan edi. Lekin ularning bittasi ham 
turmadi. Kampir koʻnglida bunisiga oʻgʻil boʻlsa Toʻxtasin, yo Tursun, qiz boʻlsa 
Umrinisa qoʻyishni niyat qilib qoʻygan edi. Ammo hozir koʻnglini ochgisi kelmadi. 
Chaqaloqlarning turmasligiga oʻzini aybdor his qilganidan oʻzini bu gal chetga tortdi. 
— Qaydam? Oʻzlaring bilasanlar, — dedi u yana ancha jiddiy tusda. 
— Boʻlmasa... — dedi Obid aka Abdullaga koʻz qisib qoʻyib. — Tursun boʻlsin. 
 
Hojar buvi oʻchoq boshidan chiqdi. Uning koʻzlari jiqqa yosh edi. 
— Aytganing boʻlsin... — dedi oʻpkasi toʻlib. — Omin! Nevaramning umri uzoq boʻlsin. 
Boshi toshdan boʻlsin!.. 
 
Hojar buvi yogʻliq qoʻllarini yuziga surtdi-da, yengining uchi bilan nam koʻzlarini artdi. 
Abdulla koʻz oddida yuz bergan bu voqeadan sevinishini ham, sevinmasini ham bilmay, 
qaqqayib turib qolgan edi. Obid aka buni sezdi shekilli, yelkasini bir-ikki qoqib qoʻyib: 
— Mana, jiyanlik ham boʻlib qolding, — dedi. Abdulla jilmaydi. 
 
Koʻp oʻtmay hovli qoʻni-qoʻshniga toʻlib ketdi. Hamma shangʻillab yangi mehmon bilan 
tabriklar, hazillashar, biri olib, biri qoʻyib, qandaydir maslahatlar berardi. 
— Zavod aya! Endi poʻlat sandiqni shamollatadigan boʻldingiz-da? Beshik toʻyi oʻzi 
boʻlmaydi. 
— Nima deyapsiz oʻzi! Zavod ayaning poʻlat sandiqlaridagi bisot oʻnta beshik toʻyiga 
yetadi. 
— Bahona bilan sarpolik boʻlib qolarkanmiz-da, Otinoyi.. 
— Senlarga gap boʻlsa! — dedi oʻchoq boshidan kapgir koʻtarib chiqqan Hojar buvi. — 
Mening poʻlat sandigʻim bilan nima ishlaring bor? 
— Oʻzingiz bilan olib ketmang deyaptilarda, — dedi yosh bir juvon. 
— Tiling kesilsin, Buvinisa! — dedi jahli chiqqan boʻlib Hojar buvi — Senga kimxob 
kamzulimni atab qoʻyuvdim. Endi berib boʻpman! Nevaramni uylantiraman deb 
yuribmanu hali?! 
— Ishqilib aytganingiz kelsin, Zavod aya! Nevarangizning boshi toshdan boʻlsin. 
 
Yana ancha shangʻillab gaplashib, tarqalishdi. Gap bilan boʻlib osh tagiga olib ketganini 
hech kim sezmabdi. 
— Mayli, ertaga boshqa qilib berarsiz, — dedi Obid aka. — Biz jiyan bilan bedana otib 
kelamiz. Nima deysan, jiyan? 

Odam boʻlish qiyin (roman) 
Oʻlmas Umarbekov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
— Zoʻr boʻlardi, — dedi Abdulla sevinib. — Hech bedana oviga bormaganman. 
— Boʻpti. Azonda uygʻotaman boʻlmasa. 
 
Shu tun Abdulla allamahalgacha Hayol surib yotdi. U Mingbuloqqa kelganidan hursand, 
shuning uchun Hayollari ham Mingbuloqdek toza, shoʻh va tiniq edi. 
II 
Obid aka va’dasiga muvofiq, gʻira-shirada Abdullani uygʻotdi. 
— Borasanmi? 
— Boʻlmasam-chi! — dedi Abdulla koʻzlarini ishqalab. 
 
Shunday dedi-yu, lekin erinchokdik bilan oʻrnidan turdi. Hovliga tushganda, Obid aka 
eski shim-koʻylak, rezinka etik kiyib olib, beliga oʻqdon bogʻlab turardi. 
— Anovilar senga, — dedi u rovonga ishora qilib. — Bedazor hozir nam, kiyimingni 
rasvo qilasan. 
 
Abdulla apil-tapil yuvinib, togʻasi tayyorlab qoʻygan eski bir kombinezonni kiydi. 
Kombinezon katta kelib, pochalari osilib tursa ham unga yarashdi. Bir poyining tagi 
koʻchgan etikni kiyganda esa, togʻasi kulib dedi: 
— Traktorchi boʻlding qoʻyding. 
— Tuzzukmi? 
— Tuzzuk boʻlganda qandoq!.. 
 
Hojar buvi kechagi oshning goʻshtlarini ikkita nonga bosib, toʻrvaga solib berdi. 
— Shu yerda yeb ola qolaylik? — soʻradi Abdulla qorni ochligini sezib. 
— U yokda yeymiz. Buning ham oʻziga yarasha gashti boʻladi, — dedi Obid aka. — 
Nima deding? 
— Mayli. 
— Hayallab qolmanglar, Obid, — dsdi Hojar buvi. — Zahroga ovqat olib borasan-a. 
Shirguruch qilib qoʻyaman. 
— Xoʻp. 
 
Ular yoʻlga tushishdi. Eshikka yetganda Obid aka: 
— Teshavoy! — deb chaqirdi. 
 
Qaerdandir kichkina olachipor, shalpangquloq it paydo boʻlib, ularning oldiga tushdi. 
— Qaerdan oldingiz buni, togʻa? — soʻradi Abdulla itga odamning ismi berilganiga 
hayron boʻlib. 
— Bir ovchi oʻrtogʻimdan oldim. Uning ham oti Teshavoy. It desa, ov desa oʻzini 
tomdan tashlaydi. Zoʻrgʻa oldim. Bir oy yalinib yurdim. Oxiri berdi. 
 
Obid aka, oʻsha yalinib yurgan kunlari esiga tushdi shekilli, kulib qoʻydi. 
— Bir kuni uyiga borsam, hovlida oʻynatib oʻtiribdi. Oʻzida bir emas — toʻrtta. Tagʻin 
shundogʻ itlar-ki, sherni tutib kel desang, tutib keladi. Koʻp boʻlsa koʻz toʻymas ekan-da. 
Buni poylab yurib, yangi tugʻilganda oshnasinikidan oʻgʻirlab kelgan. Koʻrdimu mahkam 
yopishib oldim. Oʻsha kuni endi koʻzini ochgan ekan. Men ham unga koʻp yaxshilik 
qilganman-da, oxiri yoʻq deyolmadi. Qoʻliga olib, tumshugʻidan oʻpdi. It gʻingshib 

Odam boʻlish qiyin (roman) 
Oʻlmas Umarbekov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
qoʻllarini yalay boshladi. Yana aynib qolmasin, deb sekin gap boshladim. «Teshavoy...» 
deganimni bilaman, it tumshugʻini menga oʻgirdi. Ikkalamiz kulib yubordik. «Mayli, ola 
qol», dedi itni menga uzatib. «Otini nima qoʻyding?» deb soʻradim, shoshib itni olar 
ekanman. «Hozir oʻzing qoʻyding-ku, Teshavoy-da», dedi. Shu-shu Teshavoy boʻlib 
ketdi. 
 
It oʻzining nomini eshitib, toʻxtadi-da, buyruq kutgandek Obid akaga ingichka qora 
tumshugʻini choʻzdi. 
— Bor, bor, seni chaqirganim yoʻq, — dedi Obid aka qoʻli bilan yoʻlga ishora qilib. 
 
Teshavoy kichkina oppoq dumini likillatib, oldinga chopib ketdi. 
— Yaxshi it chiqdi, haromi, — dedi Obid aka havas bilan unga qarab. — Hali yana 
oʻzing koʻrasan. 
 
Ular olmazor etagidagi soʻqmoq yoʻlga burilishganda, quyosh togʻ ortidan endigina 
moʻralay boshlagan edi. Olma shoxlaridagi sargʻaya boshlagan yaproqlar oltin 
tangalardek yaraqlardi. 
 
Ular ikki kilometrcha yurib, kanal boʻyiga chiqishdi. Shu yerda qishloq tugab, keng 
ekinzor boshlanardi. Popuklari qizarib, yetilib turgan joʻhorizor, uning orqasi ketgancha 
paxtazor edi. Obid aka joʻhorizorni aylanib oʻtishganda: 
— Keldik, — dedi va miltigʻini yelkasidan oldi. Abdulla oldida bedasi oʻrilgan yaxlit 
karta yastanib turardi. 
— Qani, birpas oʻtiraylikchi, hozir boshlanadi, — dedi Obid aka sirli ohangda. 
 
Ular ariq labiga omonatgina oʻtirishdi. Abdulla togʻasi nimani boshlanadi, dedi, 
tushunmadi. Soʻrashga esa uyalib, bedazorga tikildi. Jimjit. Hech qanday qushning ovozi 
eshitilmasdi. Yengil shabada bedaning chuchmal hidini dimoqqa urib esardi. Ular ancha 
oʻtirishdi. Obid aka oyoqlari orasida tilini osiltirib yotgan Teshavoyning boshini silab, 
xuddi Abdulladek bedazorga tikilardi. Ammo bedazor hamon tinch, unda biron jonivor 
borligidan asar yoʻq edi. Bir-ikki marta chumchuq galasi «gur» etib koʻtarilib, joʻhorizor 
ichida gʻoyib boʻldi, xolos. Abdulla zerikdi va togʻasiga oʻgirilib: 
— Hech narsa yoʻq-ku? — dedi. 
— Tiss! — dedi Obid aka nimagadir quloq solib. Shu top qishloq tomonda sigir ma’radi, 
keyin qaerdadir yaqin bir joyda nimadir «tiq» etdi. Yana nimadir taqilladi. Baqami, 
allanarsa bir-ikki marta «gʻuvak-gʻuvak» degan tovush chiqardi. Obid aka Abdullani 
turtib, «eshit», dedi. Abdulla shu soʻzni eshitishi bilan bir bedanining «pidpildiq»lab 
ketganini payqadi. Ovoz juda baland va tiniq edi. Koʻp oʻtmay bedazorning har 
chekkasida bedanalar sayray boshladi. Abdulla qaysi biriga quloq solishini bilmay qoddi. 
U yosh boladek sevinib, ariq boʻylab u yoqdan bu yoqqa yugurar, qayoqda bedana 
balandroq sayrasa shu yoqqa oʻzini otardi. 
— Boshlaymizmi? — soʻradi Obid aka. 
— Birpas turing. 
 
Abdulla, oʻlim xavfini sezmay, oʻz ovozidan zavqlanib sayrayotgan bedanalarga quloq 
solish bilan band edi, u bu daqiqaning iloji boricha choʻzilishini istardi. 
— Kech boʻlib ketadi. Orqadan odam oʻtib qolishi mumkin, — dedi Obid aka, lekin 
joyidan qoʻzgʻalmadi. 

Odam boʻlish qiyin (roman) 
Oʻlmas Umarbekov 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
 
Bedanalarning xori tinganday boʻldi. U yer-bu yerdagina siyrak eshitilib qolardi. 
— Endi boshlaymiz! 
 
Obid aka oʻrnidan turdi. It bir sakrab ariq ichidan chiqdi-da, tizzasigacha botib, bedazor 
ichiga shoʻngʻidi. Besh metrcha doira chizib aylangach, egasining oldiga kelib, 
tumshugʻini choʻzdi. 
— Ol, — dedi Obid aka qoʻlini oldinga bigiz qilib. 
 
It yugurib ketdi. Obid aka belidagi ancha-muncha ilgak osilgan kamarini tuzatar ekan, 
Abdullani ogohlantirdi: 
— Faqat orqamdan yurasan. Yonimga ham, oldimga ham oʻtma. 
— Xoʻp, — dedi Abdulla hoʻl bedazorga qadam qoʻyib. — Ancha otamizmi? 
— Qancha kerak? 
— Besh-oltita otolarsiz? Obid aka kuldi. 
— Besh-oltita otish mumkin. Juda boʻlmasa... 
 
U gapini tutatmadi, «paq» etgan oʻq tovushi eshitildi. Abdulla nima boʻlganini anglab 
yetguncha, Teshavoyning ogʻzida bir qanotini silkitib turgan bedanani koʻrdi. It qoyil ish 
qilgandek, oʻzidan mamnun boʻlib, dumini likillatgancha Obid akaga tikilib turardi. 
— Opkel! — dedi Obid aka tizzasiga urib. 
 
It yugurib egasining oldiga keldi. Bedana hamon tirik edi. Qanotini silkitib, qon 
tumshugʻi bilan itning yuziga urilardi. Obid aka uni itning ogʻzidan oldi-da, kamaridagi 
ilgaklardan biriga boʻynidan ildi. Osilib qolgan bedana bir-ikki silkinib, tinchidi. 
— Semiz ekan, — dedi Obid aka miltiqni oʻqlar ekan. — Bu ham sening omading. 
 
Abdulla indamadi. Birinchi marta ovga chiqqani uchunmi, ovning bunday boʻlishini 
Hayoliga keltirmagan, otilgan narsa oʻsha zahoti oʻlar, deb oʻylagan edi. U koʻzini 
togʻasining belida likillab turgan bedanadan uzolmas, oʻq teshib majaq boʻlgan tumshugʻi 
koʻnglini aynatardi. «Hozirgina sayrab turuvdi, — Oʻyladi u bir-ikki tupurib... — Endi 
sayramaydi. Endi pati yulinadi, yuvilib, tozalanib oshga bosiladi. Kim yer ekan? Men 
yemayman..» 
— Qayoqda qolding? Yurmaysanmi? — qichqirdi Obid aka. 
 
Abdulla oʻziga kelib, togʻasining ancha ilgarilab ketganini, uning oldida it dumini 
choʻzib, nimanidir iskab turganini koʻrdi. Ovning zavqi baland kelib, Abdulla hozirgina 
ezilib Hayolidan oʻtkazgan gaplarni unutdi-da, itga tikildi, Teshavoy birpas tumshugʻini 
choʻzib turdi, keyin sakradi. Nimadir uning oldida pir etib koʻtarildi. Shu zahoti oʻq 
uziddi. Qush bir-ikki qanot qoqib yiqildi. It u tushgan joyga qarab yugurdi. 
— Opkel! — dedi Obid aka yana tizzasiga urib. Teshavoy nimanidir tishlab, egasining 
qarshisiga yugurdi. Bu ham bedana edi. Lekin bunisi oʻq tegishi bilan oʻlgan, shuning 
uchunmi, yo ikkinchi marta koʻrib koʻnikdimi, Abdulla jirkanmadi. 
 
Quyosh toshloq ustida odam boʻyi koʻtarilib, choʻgʻdek qizgʻish nurlarini socha boshladi. 
Kimningdir qichqirgani, keyin motor gurillagani eshitildi. Oddiy, har damgidek mehnat 
va zavq bilan toʻla yangi kun oʻz hayotini boshladi. Allaqaerda qoʻshiq yangray boshladi. 
Radiodanmi, yo qishloqning oʻzidanmi — Abdulla ajrata olmadi. Qoʻshiq bedanalarning 


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling