Berlin — Olmoniya poytaxti. Federal maʼmuriy birlik — Yerga tenglashtirilgan. Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda. Shimoliy va Boltik dengizlariga chiqiladigan kanallar boʻyida. Maydoni qariyb 890 km. Shaharning gʻarbi va sharqida koʻl koʻp. Iqlimi moʻʼtadil, sernam; oʻrtacha yillik temperatura 8,4°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—0,6°, iyulniki 18°. Bir yilda urtacha 587 mm yogʻin yogʻadi.
Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939 yilda 4,3 mln., 1945 yilda 2,8 mln., 1995 yilda 3,4 mln.
Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244 i.ga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486 yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. 17-asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisn tez oʻsdi. 19-asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edn. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945 yilgacha Berlin Olmoniyaning eng yirik fan. madaniyat va siyosiy markazi. 1933—45 yillarda Berlin gitlerchilar "uchinchi reyxi"ning poytaxti. Berlin Ikkinchi jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomooʻidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945 yil 2 mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet, AQSH, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |